O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə22/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Majmua-2023 tarix

Qadimgi Baqtriya mil.avv VII-VI asrlarda sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo‘lib, aholining, qudratli shaharlar va qal’alarning ko‘pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi kabilar bilan shuhrat topgan. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O‘zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-Gʻarbiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston yerlari kirgan. Ilk o‘rta asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya yerlarida ko‘chmanchi turkiy qabila-toxarlar keng yoyilishi munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan.
Mintaqaning tabiy-geografik o‘rni, iqlim xususiyatlari xo‘jalikning qadimdan sun’iy sug‘roishga asoslangan o‘troq dehqonchilik, yer egaligi, dasht va cho‘l tabiiy sharoitiga mos ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik kabi turlari muttasil rivojlanganligidan dalolatdir. Bu holat davlatlarning ishlab chiqarish darajasini yuksalishiga, ularning qudratining o‘sishiga turtki bo‘lgan. Masalan o‘lkada sun’iy sug‘rorishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanganligi qadimdan ulkan miqdordagi ishchi kuchlariga ehtiyoj sezilgan. Xususan, miloddan avvalgi VII – VI asrlardayoq Xorazmda ulkan sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lganligi, ularni barpo etishda esa minglab chorakorlar xizmat qilganligi tarixdan ayon. Sun’iy sug‘orishga bunchalik katta ahamiyat berilganligi mazkur davlatlarda ajdodlarimiz hayotida dehqonchilik naqadar katta o‘ringa ega ekanligidan guvohlik beradi.
Ushbu davlat xususidagi ma’lumotlar shuningdek, qadimgi yunon muarrixlari asralarida ham uchraydi. Jumladan, Qadimgi Baqtriya podsholigi yunon tarixchilarining fikriga ko‘ra, dunyoning sharqiy chegaralaridagi oxirgi davlat bo‘lgan. Unga chegaradosh qadimgi Baktriya esa oltin va la’li lojuvard tosh konlariga boy o‘lka bo‘lganligi ta’kidlanadi. Masalan yunon mualliflaridan biri Ktesiy Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi Oksiard (boshqa manba’larda Zaratushra) urushlari haqida, Kir II ning baqtriyaliklar bilan to‘qnashuvi to‘g‘risida hiqoya qiladi. Baqtriyaning juda ko‘p istehkomlari va qal’alari to‘g‘risida, uning baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan poytaxti Baqtra nomli shahar bo‘lgani, unda podsho qasri joylashgani to‘g‘risida ma’lumotlar keltiradi.
Olimlarning izlanishlariga ko‘ra qadimgi Baqtriya hududida miloddan avvalgi I-ming yillikning birinchi yarmiga oid ikki yuzdan ortiq qishloq- qo‘rg‘onlar, qal’alar va shahar qoldiqlari topib o‘rganilgan. Aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Uy-qurilishi, diniy va dunyoviy monumental binolar qurilishi, ko‘p tarmoqli xunarmandchilik va savdo- sotiq, ayniqsa uning kulolchilik, metallurgiya, zargarlik, to‘qimachilik va ko‘nchilik soxalari Baqtriyada yuksak darajada rivojlanganligidan guvohlik beradi. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (Sopolli, Jarqo‘ton va b.) keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivojlanadi. Natijada Mil. avv. IX-VIII asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi.
Mil. avv. VIII-VII asrlarga kelib Qadimgi Baqtriya davlati Sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik va yozma manbalar ma’lumotlari ham to‘la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu davr Baqtriya tarkibiga Marg‘iyona va So‘g‘diyona ham (Tarixiy-madaniy birlik sifatida) kirgan bo‘lishi mumkin. Baqtriyaning tabiy boyilklari qadim davrlardayoq Sharq davlatlarida mashhur edi. Buyuk Ipak yo‘lidan ancha ilgariyoq qadimgi yo‘llarning Baqtriya orqali o‘tganligi bejiz emas.
Ushbu davlatning poytaxtidan topilgan ko‘p sonli turli-tuman topilmalar bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida hamda Yaqin Sharq va Old Osiyo bilan o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalar gurkirab rivojlanganligidan dalolat beradi.
Agar Avestoda Baqtriyani “eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo‘lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka” deb ta’riflansa, yunon mualliflari “ming shaharli davlat” deb ataydilar. Gerordotdan oldin “baqtriya xalqi” tushunchasini buyuk Esxil “Forslar” tragediyasida ishlatadi va forslarda yosh baqtriyalik jangchilardan Tenagan va Aritom ismlarini tilga olib, ularni Salamin jangida (miloddan avvalgi 480 yilda) qahramonlarcha kurashib xaloq bo‘lganini eslaydi.
Olimlar tomonidan o‘lkamiz hududlarida bu davrga oid ko‘pgina shahar va qishloqlar xarobalari ochib o‘rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom g‘isht va paxsadan qad ko‘targan bo‘lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlanganligi haqida talablalarga ma’lumotlar beriladi. Sug‘diyona- geografik hudud. Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzasi. Xozirgi Tojikistonning Panjikent tumani, O‘zbekistonning Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari o‘rniga to‘g‘ri keladi.
So‘g‘diyona haqida «Avesto», ahmoniylar davri, mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlar beradilar. Qashqadaryodagi bir qator turar-joylar va uy-qo‘rg‘onlar qoldiqlari mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. So‘g‘diyonada Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo‘shni viloyatlar va davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi. Darvoqe, o‘z o‘rnida o‘lkaning tabiiy sharoiti, iqlim xususiyatlariga mos ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlari, xususan, donchilik, bog‘dorchilik, polizchilik kabi sohalar rivoj topgan.
O‘lkada sun’iy sug‘orishga bunchalik katta ahamiyat berilganligi ajdodlarimiz hayotida dehqonchilik naqadar katta o‘ringa ega ekanligidan guvohlik beradi. Darvoqe o‘z o‘rnida o‘lkaning tabiiy sharoiti, iqlim xususiyatlariga mos ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlari, xususan, donchilik, bog‘dorchilik, polizchilik kabi sohalar rivoj topishi barobarida, ulardan olinayotgan daromad hisobidan kelayotgan soliqlar ham hukmron davlatlarning byudjetini boyishiga xizmat qilgan.
Ushbu davlat hukmronligi davrida chet davlatlar bilan jadal savdo- iqtisodiy munosabatlar o‘rnatar ekanlar, harbiy yurishlar mahalida mag‘lub davlat g‘olib tomonga o‘lpon tarzida katta miqdorda soliqlar to‘laganlar. Shuningdek, o‘lkada yetishtirilgan qishloq xo‘jalik, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari, shisha, qog‘oz, jun, qorako‘l teri, qovun, tarvuz, ot, tuya kabilar chet elliklar e’tiborini tortgan.
Miloddan avvalgi II - I asrlarda rivojlangan davlatlardan biri, qadimgi Farg‘ona (Dovon, Davan) davlatidir. Ushbu davlatning Xitoy bilan aloqalari kuchaygan. Shu maqsadda xitoyliklar ushbu o‘lkaga bir necha marotaba yurishlar qiladilar. Birinchi yurish muvaffaqiyatsiz tugagach, ular miloddan avvalgi 102 yilda bu yerga ikkinchi marta yurish qiladilar, ularning e’tibori asosan ushbu davlatning poytaxtini zabt etishga qaratilgan edi. Bu yurishda qurol-aslaha va oziq-ovqat bilan yaxshilab ta’minlan-gan 60 ming kishilik qo‘shin ishtirok etadi.
Dushman poytaxtni qamal qilish bilan bir vaqtda, yaqin atrofdagi chorvador xalqlarni ham talar edilar. Bu voqealardan xabar topgan Guyshan oqsoqollari yig‘ilib, maslahat qiladilar. Ularning fikricha, «Yu» shahrida Dovon podshosi Muguan tomonidan birinchi yurish davrida «Xitoy elchisining o‘ldirilishi va Dovon otlarini bosqinchilarga bermasdan, yashirib qo‘yilishi Xitoy qo‘shinlarini ikkinchi marta bostirib kelishlariga sabab bo‘lgan. Endi Dovon arg‘umoqlari ularga taqdim etilsa, xitoyliklar urushni to‘xtatishlari mum-kin» - deydilar4. Agar xitoyliklar bosqinchilik urushini to‘xtatishmasa, o‘lguncha kurashishini asosiy maqsad qilib qo‘yadilar.
Xitoy qo‘mondonligi bilan muzokaralar olib borish uchun poytaxtning obro‘li oqsoqollaridan birini elchi qilib yuboradilar. Elchi Xitoy sarkardasi Li Guan-li huzuriga borib, oqsoqollar yig‘inida bo‘lgan gaplarni unga aytib, «arg‘umoqlardan tashqari farg‘onaliklar Xitoy armiyasini yetarli darajada oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Agar bu shartlar qabul qilinmasa, dovonliklar barcha arg‘umoqlarni o‘ldiradilar, shu orada qang‘uylardan kutilayotgan yordamchi kuch ham yetib keladi» - deb Xitoy qo‘shinini qurshovda qolganligini bildiradi.
Shunday qilib, Qadimgi Farg‘onada mavjud bo‘lgan «arg‘umoqlar» (“samoviy nasldor otlar”) hamisha xitoylik savdogarlar, harbiylarni o‘z e’tibori bilan lol qoldirganligi ayon. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo‘lsalar-da, biroq ularning harakatlari behuda ketadi. Harbiy yurishlarning birida ular Dovon davlatining poytaxti Ershini qo‘lga kiritadilar, biroq aholining tazyiqi ostida o‘lpon va soliqlar evaziga uni tashlab chiqib ketganlar. Ikkinchi bor yurishlarida xitoyliklar Ershi shahrini qamal qildilar, shaharga keladigan suv yo‘llarini to‘sib qo‘yadilar. Dovon hukmdorlari qal’aga bekinib oldilar va sulh to‘g‘risida muzokaralar boshlaydilar, nihoyat xitoyliklarga samoviy otlardan berishga rozilik bildiriladi. Aks holda, barcha arg‘umoqlarni qirg‘in qilmoqchi bo‘ladilar. Qang‘ davlatidan madad yetib kelishidan cho‘chib, xitoyliklar sulhga rozi bo‘ladilar. Ular Ershiga kirmasdan zarur miqdordagi nasldor otlardan tovon olib, vatanlariga qaytadilar.
Farg‘onaning dehqonchilik vohalarida aholining o‘troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida esa obikor yerlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Kichik-kichik sug‘orish kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Sug‘orish texnikasi takomillashadi, sug‘orish tarmoqlari kegayadi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo‘lgan yirik sug‘orish tarmoqlari tarkib topishiga o‘sha paytlardayoq tamal toshi qo‘yilgan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə