O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə23/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Majmua-2023 tarix

Eron Ahamoniylarining O‘rta Osiyoga hujumi va ularga qarshi milliy ozodlik kurashlari (To‘maris, Shiroq, Frada qo‘zg‘olonlari misolida) Mil. avv. 559 yilda Eronda podsho Kir II ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil. avv. 545-540 yillarga kelib ahmoniy podsholari O‘rta Osiyodagi Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona kabi viloyatlar va ko‘chmanchi qabilalar ustidan o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar. O‘rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Xususan, ko‘chmanchi massaget qabilalari ahmoniylarning katta qo‘shinlarini tor-mor etdilar (mil. avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir II ham halok bo‘ldi. Shuningdek, mil. avv. 522 va 519-518 yillarda Marg‘iyonada hamda saklar o‘lkasida forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Shunday qo‘zg‘lonolar To‘maris va Shiroq boshchiligida ko‘tarilgan bo‘lib, uning asosiy sababi bosqinchilarning o‘lkadagi zo‘ravonliklari hamda mahalliy xalqlar boshiga solingan katta miqdordagi boj va o‘lponlar edi.
To‘maris va Shiroq haqidagi tarixiy o‘gitlar va pandlar garchand afsona bo‘lsada, azaldan ular insonlarni ma’naviyatli bo‘lishga chorlagan. Xususan To‘maris afsonasini oladigan bo‘lsak, unda qahramonlik xislatlari o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin. To‘maris massaget qabilalarining rahbari, hukmdor ayol. U o‘z faoliyatini mamlakat tinchligiga, barqarorligiga bag‘ishlaydi. Xalqparvar ayol sifatida maydonga chiqadi. Ammo ahmoniylar hukmdori Kir massaget qabilalarining barqaror turmush tarziga xavf tug‘dirib, avvalo massagetlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi. To‘maris o‘z qahramonligi bilan dushmanga zarba bera oldi.
Qayd qilinishicha, sak qabilalariing vakili bo‘lgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li bilan forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo‘yadi. Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar.
Umuman, o‘sha davrda yashagan mahalliy xalqlar va ularning qahramonliklari, abjir va chaqqon chavandoz, mohir mergan va chayir va chabdast jangchi bo‘lganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘plab uchraydi. Jumladan, zod, mohir va abjir bo‘lishishga intilish har bir yoshning kundalik harakat dasturiga aylanib bordi. Oqibatda ana shu jangavor harbiy ruhiyati jarayonida suvoriy oriylar tarkib topib, ular tomonidan o‘zga yurtlarni bosib olish chorvador qabilalarning muhim daromat manbaiga aylandi. Ana shu chorvador qabilalarning suvoriy harbiylari hayotda o‘zlarini ozod va erkin, xech kimga qaram va tobe his etmas, ular o‘zlarini doimo hayotda iqtisodiy va siyosiy mustaqil xis etuvchi ozodlar-oriylar edilar. Ularning Urug‘-aymoqlari ham qabila an’anasiga ko‘ra, o‘zlarini oriylar deb atashgan. Chunki, o‘sha davr chorvador jamoalarida harbiy demokratiya tizimiga xos tartib-qoidalar hukmron edi. Har bir oilada tug‘ilgan farzand yoshligidan qabila udumlariga sodiqlik ruhida tarbiyalanadi. Tarbiyaning maqsad yo‘nalishi esa har bir nufuzli chorvador siymosida oriyni shakllanishi bilan yakunlanadi.
Mil. avv. 522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o‘tiradi. U taxtga o‘tirishi bilanoq Parfiya, Marg‘iyona va saklar o‘lkasida forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-yilning oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga Frada ismli kishi boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo‘shinlarni qo‘zg‘olonchilarga qarshi jo‘natadi. Qo‘zg‘olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi.
519-518-yillarda bo‘lib o‘tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi. Saklarning ko‘pchiligi o‘ldirilib, ko‘pchiligi asir olinadi. Ularning yo‘lboshchisi Skunha asir olinib, o‘rniga boshqa yo‘lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O‘rta Osiyodagi mahalliy aholinining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga bo‘ysundirdilar.
Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, ma’lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko‘pgina imtiyozlarga ega bo‘lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi hisoblangan.
Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarirling boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo‘lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko‘rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.
Doro I hukumronligi davrida uning avlodlaridan bo‘lmish, Kurush va Kambis (529-522 yy) o‘zlariga qaram mamlakatlardan muayyan soliq olmaganlar biroq, tobe mulklardan ularga sovg‘a-salomlar yuborib turilgan. Doroni forslar savdogari deyilishiga sabab, u birinchi bo‘lib soliq tizimini joriy etganligidir. Shu bilan birgalikda bosib olingan mamlakatlardan qimmatbaho sovg‘a-salomlar (o‘lja, hadya tarzida) olinishi bilan birga, katta miqdorda soliqlar ham to‘langan. Haqiqatda, Doro qo‘l ostidagi har bir mamlakat va viloyat ularga katta miqdorda tayinli soliq to‘lab turganlar. Xususan, ahamoniylarga tobe okruglar (satraplik) dan o‘n ikkinchisiga kirgan «baqtriyaliklardan» «egllar» gacha (Xo‘janda atroflarida yashagan qadimgi urug‘ shunday atalgan) bo‘lgan hudud yiliga 360 talant (1 kg talant 30 kg kumushga teng bo‘lgan) to‘lab turishi kerak bo‘lgan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə