O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə21/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Majmua-2023 tarix

Qadimgi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d (So‘g‘diyona) va qadimgi Farg‘ona davlatlaridagi ijtimoiy-iqtisodi va madaniy hayot. Insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti natijasida mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘oniston) hududlarida ana shunday siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O‘sha davrda Marg‘iyona va So‘g‘diyona qadimgi Baqtriya va Xorazmda davlatchilik shakllana boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor.

Qadimgi Xorazm davlati O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlardan biri bo‘lib, bu davlat birlashmasi mil. avv. VII-VI asrlarda Amudaryoning o‘rta oqimi qismidan Orol havzalarida vujudga kelgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari o‘rta Amudaryo oqimidagi yerlar orqali o‘tganligi aniqlandi. Xorazmning yirik sug‘orish inshootlari mil. avv. VII- VI asrlarga oiddir. Manbalarda qayd etilishicha VII-VI asrlarda Xorazmda ulkan sug‘orish inshootlari mavjud ekanligi ma’lum.
Qadimgi Xorazmda baliqchilik, keyinroq dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik rivojlangan. Iqlim sharoitidan kelib chiqib, dastlab tabiiy toshqinlar va yomg‘ir suvlaridan foydalanilgan bo‘lsa, keyinroq dehqonchilikda sun’iy sug‘orishga o‘tila boshlangan. Natijada ishchi kuchidan foydalanish shakllari ham o‘zgara borgan. Sodir bo‘lgan bunday o‘zgarishlarni Markaziy Osiyoning turli joylardan topilgan arxeologik topilmalar ham tasdiqlaydi.
Hatto yunon tarixchisi Strabon (mil. avv. 63-milodiy 24 y.) xorazmiylarning ajdodlari massagetlarga borib taqalishini uqdiradi. Darhaqiqat, massaget qabilalari totemlarida ot kulti markaziy o‘rinda turgan. Shuning uchun ham Xorazm tangalarida ot kultini iloxiylashtirish bejis emas edi. Arxeologik materiallarga ko‘ra, Xorazm tarixining massagetlargacha bo‘lgan davrida bu zaminda suvyorgan va tozabog‘yob madaniyatlari simbiozida tarkib topgan qovundi qabilalari yashar edilar. Ular miloddan avvalgi II-ming yillikning oxirgi choragida qadimgi Xorazmning massaget nomi ostida yuritilgan ko‘chmanchi qabilalarining asosini tashkil etgan.
Akademik A. Asqarovning fikricha, ularning bir qismi Amudaryoning kuyi tarmoqlari havzalaridagi dehqonchilikka qulay pastkam, sernam tekisliklarda ziroatchilik bilan shug‘ullana boshlagan bo‘lsa (Amirabod madaniyati), boshqa qismi to‘qayzor jilg‘alar va dashtlarda chorvachilik bilan shug‘ullanishda davom etadilar (Kuyi soy madaniyati). Mahalliy aholining dehqonchilik xo‘jaligi bronza davrining nomozgoh va sopolli madaniyatlari sohiblarining dehqonchilik xo‘jaligidan tubdan farq qilardi. Qadimgi Xorazmning amirabod madaniyatida ibtidoiy dehqonchilik endigina shakllana boshlagan, uning aholisi esa yarim yerto‘la tipidagi kulbalarda yashar, qadimgi shahar madaniyatiga xos hayotdan xali juda uzoq edi. Nomozgoh va sopolli madaniyatlari aholisi allaqachon qadimgi Sharq sivilizatsiyasi-ning ilk davlatchilik bosqichini o‘tamoqda edi.
Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmiga kelganda Amudaryoning kuyi havzalarida siyosiy-iqtisodiy va etnomadaniy vaziyat o‘zgardi. Yarim yerto‘la shaklidagi kulbalarda yashab, motiga dehqonchiligi va ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Xorazmda atrofi osmon o‘par mudofaa devorlari bilan o‘ralgan Ko‘zali-qir va Qal’ali-qir kabi qal’a- shaharlar qad ko‘tardi. Xorazm haqidagi ma’lumotlar Avestoning Mitra Yashtida, Yashtning Sharqiy Eron viloyatlari haqida yaratilgan misralarda keltiriladi.
Qadimda Markaziy Osiyo hududi, xususan Qadimgi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Choch, Qang‘ davlat bilashmalari xususida jumladan, akademik S.P.Tolstov, mahalliy olimlardan akademik Ya.Gʻulomov, akademik A. Sagdullayev, E. Rtveladze, K.Shoniyozov, A. Buryakovlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar tahsinga loyiqdir. Ular turli davrlarga mansub bo‘lgan qadimiy shaharlar, qo‘rg‘onlar, maqbaralar, sug‘orish inshootlari, turli xil istehkomlarni ochib o‘rganganlar. Shu sababli, bizning davrimizga kelib bu hududlarda ko‘plab ilmiy tekshirishlar olib borilganligi masalaning ilmiy tadqiq qilinishida muhim omil bo‘lmoqda.
Qadimgi davrlardayoq Xorazm vohasining qirlarida Ko‘zali qir, Kal’ali qir, Qo‘yqirilgan qal’a, Jonbos qal’a kabi mahobatli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan qal’a-shaharlar, kanal va ariqlar asosida rivoj topgan sug‘orma dehqonchilik madaniyati shakllandi.
O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari nafaqat mintaqa davlatlari bilan, balki Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya kabi davlatlar bilan ham jadal savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yganlar. Bunday aloqalar shubhasiz chet ellik savdogarlar, katta yer egalari, hukmdorlar, tadqiqotchilar, hatto tarixchilarni ham o‘lkaga qiziqishini orttirgan. Xususan, qadimgi grek va rimliklar O‘rta Osiyoning tabiiy-geografik o‘rni, aholisining turmush tarzi xususida ma’lumotlar berib o‘tganlar, bu esa mintaqalar o‘rtasida o‘z davrida savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanganligidan dalolatdir. Jumladan, ana shunday qadimgi ma’lumotlar hozirgi ikki daryo o‘rtasida umrguzaronlik qilib kelayotgan xalqlarning ota-bobolari, qadimgi saklarga va ular yurtiga tegishlidir. Unda shunday deyiladi:
"Apasiaklar Oks va Yaksartning oralig‘ida yashaydilar. Daryolarning birinchisi Girkan dengiziga, ikkinchisi Meotida ko‘liga quyiladi. Ikkalasi kemalar qatnaydigan darajada salmoqlidir. Ko‘chmanchilarning otdan tushmay ulardan Girkaniyaga o‘tib yurishlari juda qiziq. Bu haqda ikki xil gapirishadi. Birinchisi juda oddiy, ikkinchisi esa g‘aroyi bu, biroq imkonsiz deb bo‘lmaydi. Oks suvlarini Kavkaz tog‘laridan olib, ularning qo‘shiluvi hisobiga Baqtriyada ulkan daryoga aylanadi-da, keng tekislikdan uzoq oqadi. Keyin sahroga yetib borganida katta va tik qoyalarga duch keladi. Pastga tashlanarkan, oqimning tezligidan suvi qoyalardan bir stadiyadan ortiqroq nariga borib tushadi. Apasiaklar ana shu sharsharaning tagidan qup-quruq joydan Girkaniyaga o‘taveradilar. Quyidagi ma’lumot esa yanada qiziqarlidir. Daryo oqib o‘tadigan yerlarda keng maydon va tekisliklar ko‘p. Tog‘u qoyalarga duch kelgan daryo ana shu maydon-larga shiddat-la tushib, ularni teshib kiradi-da, bir oz masofaga yer ostidan oqib, yana yuzaga chiqadi.
Mintaqaning tabiiy-geografik o‘rni, iqlim xususiyatlari xo‘jalikning qadimdan sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilik, yer egaligi, dasht va cho‘l tabiiy sharoitiga mos ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik kabi turlari muttasil rivojlanganligidan dalolatdir. Bu holat Xorazm davlatining ishlab chiqarish darajasining yuksalishiga, uning qudrati o‘sishiga turtki bo‘lgan. O‘z o‘rnida bunday xususiyat doimo mamlakat byudjetini shakllantiruvchi, uning harbiy va madaniy taraqqiyoti uchun asos bo‘luvchi soliq tizimini shakllantirishni taqozo etgan. Masalan o‘lkada sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanganligi uchun qadimdan ulkan miqdordagi ishchi kuchlariga ehtiyoj sezilgan. Xususan, miloddan avvalgi VII – VI asrlardayoq Xorazmda ulkan sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lganligi, ularni barpo etishda esa minglab chorakorlar xizmat qilganligi tarixdan ayon.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə