O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Yüklə 6 Mb.
səhifə37/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80

Adabiyotlar


  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2003.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.-T., 2009.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni //O‘zbekistonda siyosiy partiyalar.-T.: Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi, 2007.

  4. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri).//O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, № 9-10 (1329-1330), 2003.

  5. O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni. //O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, № 2 (1250), 1997.

  6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. --Toshkent:. Ma’naviyat, 2008

  7. Karimov I. A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. -T., 2005.

  8. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11. – T.: O‘zbekiston, 2003.

  9. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., O‘zbekiston, 2000.

  10. Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari.//YAngicha fikrlash va ishlash - davr talabi.T.5. -T.: O‘zbekiston, 1997.

  11. Nazarqosimov S. Siyosiy barqarorlik. -Toshkent:. Istiqlol, 2011.

  12. Falsafa ensiklopedik lug’at:. Toshkent:. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2010.

  13. Mo’minov E. Jamiyatni modernizasiya qilish konsepsiyasi:. / Jamiyat va boshqaruv, 2010 yil, 1-son.

  14. Amonov B. Jamiyatning siyosiy modernizasiyasi va mohiyati masalalari. / Falsafa va huquq, 2010 yil, maxsus soni.

  15. Odilkoriev X. T., Razzokov D..X. Siyosatshunoslik.. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. -T., O‘qituvchi, 2008.

  16. Qo’ng’irov I. O’zbekistonda siyosiy modernizasiya jarayonlari:. / Ta’lim tizimida ijtimoiy gumanitar fanlar. 2008 yil, 4-son.

  17. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati:. – -Toshkent:. Akademiya, 2007.

  18. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. T., Navro‘z, 2005.

  19. KomarovS.A. Obshaya teoriya gosudarstva i prava: Uchebnik. 7-e izd. –SPb.: 2004.

  20. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi:. 6-jild, - Toshkent:. 2003.

  21. Demokratik ko‘ppartiyaviylik va parlamentarizm tamoyillarini rivojlantirish masalalari. //O‘zbekiston: fuqarolik jamiyati sari.-T.:SHarq, 2003.

  22. Alekseev P.V. Sotsialnaya filosofiya: Uchebnoe posobie. - M.: OOO "TK Velbi", 2003.

  23. Dyui D. Obщestvo i ego problemы. M., 2002.

  24. Gobozov A. Filosofiya politiki. M., 2002.

  25. Davlat va huquq nazariyasi / Mas’ul muharrirlar H. B. Boboev, H. T. Odilqoriev. – T., 2000.

  26. Islomov Z.M.Davlat va huquq: umumnazariy masalalar. –T., Adolat, 2000.

  27. Barulin V. S. Sotsialnaya filosofiya. M., 2000.

  28. Fedoseev A. A. Osnovnыe elementы sovremennoy politicheskoy sistemы // Osnovы sovremennoy filosofii. SPb., 1999.

  29. Saidov A., Tadjixanov U. Davlat va huquq asoslari. – T., 1999.

  30. Degtyarev A.A. Osnovы politicheskoy teorii.-M.: Vыssh. shk., 1998.

  31. Krapivenskiy S.E. Sotsialnaya filosofiya. Uchebnik dlya vuzov.- Moskva, Gumanitarno-izdatelskiy sentr “VLADOS”, 1998.

  32. Teoriya gosudarstva i prava / Pod. red. N. I. Matuzova, A. V. Malko. – M., 1997.

  33. V.M. Sыrыx. Teoriya gosudarstva i prava. Bыlina, 1998.

  34. Starostin B.S. Modernizatsiya va nasionalnaya kultura. – M., 1995

  35. Ilin I.A. Sobr. soch. V 10 t. T. 2. Kn. 1. M., 1993.

  36. Aron R. K. F. Demokratiya i totalitarizm. M., 1993.

  37. Hantington S. Political Order in Changing Societies. – New Haven, 1970.

  38. Almond G., Paull D. Comporative Politology.Approach from the position of Development conception. – Princeton, 1996.


JAMIYAT MA’NAVIY HAYOTI
1-mashg‘ulot

Reja:

1.Jamiyatning ma’naviy hayoti: vorislik va yangilanish

2. Ijtimoiy ong – jamiyat ma’naviy hayotining asosi

3. Ijtimoiy ong strukturasi


Tayanch tushunchalar
Ma’naviyat, ma’naviy hayot, ma’naviy ehtiyoj, ma’naviy faoliyat, ma’naviy munosabat, ma’naviy o‘zlashtirish, ma’naviy vorislik, ma’naviy integratsiya, ma’naviy meros, ma’naviy mahdudlik, ijtimoiy ong, individual ong, ijtimoiy mafkura, ijtimoiy ruhiyat, ijtimoiy ong shakllari.
Jamiyatning manaviy hayoti: vorislik va yangilanish. Jamiyat ko‘p o‘lchamli tizim bo‘lib, uning mavjudligi va taraqqiy etishi nafaqat moddiy asosga, shu bilan birga ma’naviy shart-sharoitlar yaratish bilan ham uzviy bog‘liqdir.

Avvalo, jamiyatning ma’naviy hayotideganda kishilarning ma’naviy ishlab chiqarish faoliyatlari, uning natijalari hamda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida shakllanadigan aloqa va munosabatlar nazarda tutiladi.

Ma’lumki ishlab chiqarishsiz jamiyatning o‘zi bo‘lishi mumkin emas, zotan ishlab chiqarish kishilarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Ishlab chiqarish faoliyati ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

1) moddiy ishlab chiqarish

2) ma’naviy ishlab chiqarish

Ma’naviy ishlab chiqarish deb siyosiy va huquqiy mafkura, axloq, san’at, fan, falsafa, din sohasida ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishga aytiladi. Uning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlari bor. Ma’naviy ishlab chiqarish muayyan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish uchun, muayyan ma’naviy maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Ijtimoiy ong ham ma’naviy ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘langan. CHunonchi, ijtimoiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar ham ma’naviy ishlab chiqarish mahsulidir.Demak, jamiyatning ma’naviy hayoti deganda unda ishlab chiqarilgan xilma-xil qarashlar, g‘oyalar nazarda tutiladi.

Jamiyatning ma’naviy hayoti o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega. Uning asosiy elementlari deganda:

a) ma’naviy faoliyat

b) ma’naviy ehtiyoj

v) ma’naviy o‘zlashtirish

g) ma’naviy munosabatlar nazarda tutiladi.

Ma’naviy faoliyat yoki ma’naviy ishlab chiqarish inson faoliyatining muhim ko‘rinishi bo‘lib, kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan narsalarni yaratishini nazarda tutadi. Ma’naviy ishlab chiqarish insonning olamga foal munosabatini ifodalaydi. Ayni vaqtda ma’naviy ishlab chiqarish o‘zining bir qator jihatlari bilan moddiy ishlab chiqarishdan farqlanadi.

a) Agar moddiy ishlab chiqarish natijalari narsalar dunyosini ishlab chiqarishga, moddiy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan bo‘lsa, ma’naviy faoliyat natijalari g‘oyalar bilimlar, ma’naviy qadriyatlarning shakllanishiga olib keladi.

b) Moddiy ishlab chiqarish kishilar hayotiga bevosita zarur narsalarni yaratishga yo‘naltirilgani holda ma’naviy ishlab chiqarish jamiyat hayoti uchun oqibat natijada muhim ahamiyat kasb etadi.

v) Moddiy ishlab chiqarish natijalari bo‘lmish mahsulotlar predmetli xarakterga ega bo‘lsa, ma’naviy ishlab chiqarish natijalari bilim, axborotlar shaklida namoyon bo‘ladi.

g) Ma’naviy ishlab chiqarish jamiyat hayotining boshqa barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy) ning yanada takomillashib borishiga xizmat qiladi.

d) Ma’naviy ishlab chiqarish turli shakl va ko‘rinishlardan iborat bilimlarning shakllanishi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.

e) Ma’naviy ishlab chiqarish ijtimoiy fikrning shakllanishiga xizmat qiladi. Bunda g‘oya, g‘oyaviylik muhim o‘rin tutadi.

j) Ma’naviy ishlab chiqarish olamni nazariy, ratsional bilish asosida quriladi.

z) Ma’naviy ishlab chiqarishda ijodning ustivorligi kuzatiladi.

y) Ma’naviy ishlab chiqarish deganda ishlab chiqilgan g‘oyalarni jamiyat hayotiga yoyish ham nazarda tutiladi.

Ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni insonni, uning ongini o‘stiradi, boyitadi. Ayni vaqtda odamlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bilimlar, g‘oyalar, nazariyalar, badiiy obrazlar va boshqa ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Ma’naviy va moddiy ishlab chiqarishni aslo bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Bu yaxlit ishlab chiqarish jarayonining o‘zaro uzviy bog‘liq ikki tomonini tashkil etadi.

Ma’naviy ishlab chiqarish jarayonining o‘zi muttasil rivojlanib boradi. Dastlab ma’naviy ishlab chiqarish xalq ijodiyotida o‘z ifodasini topgan.

Aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi ma’naviy ishlab chiqarish sohalarining shakllanishi va taraqqiyotiga xizmat qilgan. SHu asosda ma’naviy ishlab chiqarish ixtisoslashib borgan.

Ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni, uning natijasida yaratilgan jamiki narsalar: adabiyot, axloq, til, san’at, fan jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi va rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.

Ma’naviy ishlab chiqarish keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, uning jarayonida:

a) obrazlar, g‘oyalar, nazariyalar yaratiladi.

b) insonning o‘zi va jamiyat takomillashib boradi.

Jamiyatning ma’naviy hayoti uzviy bir-biriga bog‘liq jarayonlardan tizimidan iborat. Bu tizimni ma’naviy ehtiyoj-ma’naviy faoliyat-ma’naviy o‘zlashtirish tarzida ifodalash lozim.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatning ma’naviy hayoti ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, deb hisoblash lozim. Ma’naviy ehtiyoj deganda, ma’naviy qadriyatlarni yaratish va o‘zlashtirish ehtiyoji nazarda tutiladi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat “qorin g‘ami”, “tirikchilik tashvishi” bilangina yashay olmaydi. Unda moddiy ehtiyojdan kam ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’naviy ehtiyoj ham bor. Bu ehtiyoj “ruh ehtiyoji” deb ham yuritiladi. Inson aqliy etuklikka, axloqiy barkamollikka intiladi. U o‘z tabiatiga ko‘ra olamni tobora ko‘proq bila boradi, doimo go‘zallikka intiladi. Bularning hammasi ma’naviy ehtiyojga taalluqli.

Insoniyat jamiyati taraqqiyotining quyi bosqichlarida ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlardan ajralmagan va kishilarning kundalik hayoti va faoliyati bilan taqozolangan. Moddiy ishlab chiqarish taraqqiyoti ma’naviy ehtiyojlar uchun dastlabki imkoniyatlarni yaratgan davridan boshlab ma’naviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali ma’naviy ehtiyojlarni qondirish imkoni yaratilgan.

Tarixan ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlardan keyin shakllangan, lekin bundan ma’naviy ehtiyoj moddiy ehtiyojlardan kelib chiqadi, degan xulosaga kelish xatodir.

Ma’naviy o‘zlashtirish, deganda ma’naviy qadriyatlar: bilim, til, adabiyot, san’at, ahloq normalari kabilarni iste’mol qilish nazarda tutiladi.

Ma’naviy ishlab chiqarish natijalari (bilimlar, badiiy va xokazo ijod namunalarining jamiyat hayotiga kirib borishi-ma’naviy o‘zlashtirishdir.

Jamiyat o‘zaro bir-biri bilan aloqa – munosabatga kirishgan kishilar jamoasidir. Jamiyat a’zolari orasida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan aloqa va munosabatlar ijtimoiy munosabatlar, deb yuritiladi. Kishilar orasidagi aloqa va munosabatlar qanchalik xima-xil bo‘lmasin, ular ikki asosiy ko‘rinishga ega:

a) Moddiy, iqtisodiy munosabatlar

b) Ma’naviy munosabatlar

Ma’naviy munosabatlarga axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy munosabatlarni kiritish mumkin.

Moddiy, iqtisodiy munosabatlar inson ongidan tashqarida sodir bo‘lsa-da, ammo unga bog‘liqholda shakllanadi. Ma’naviy munosabatlar ong orqali amalga oshadi va bunda jamiyatdagi g‘oyalar, ma’naviy qadriyatlar ma’naviy munosabatlarga hal qiluvchi darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’naviy munosabatlarning o‘ziga xos ko‘rinishi – shaxslararo munosabatlardir.

Jamiyat ma’naviy hayoti ma’naviyat tushunchasida o‘z ifodasini topadi.

Insoniyat yaratilibdiki u mukammallikka intilib keladi. Albatta bu o‘rinda ma’naviyatning, bilim va tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. CHunki inson bolasi bilim va tarbiya vositasida ulg‘ayadi. Agar u bilim olmasa, yaxshi tarbiya topmasa hayotda o‘z o‘rnini topishi dargumon. Demak, olingan bilim va tarbiyaning inson ongida uyg‘unlashib uning turmush tarziga aylanishi inson ma’naviyatini yuzaga keltiradi.

Ma’naviyat deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlarning inson tafakkurida mujassamlashuvi va bu bilimlarning ko‘nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. YOki bo‘lmasa, ma’naviyat – insonning ruhiyatini, o‘z-o‘zini anglash, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir.

Ma’naviyat - odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir, ya’ni insonning taffakuri shakllanishidan boshlab, o‘z "men"ligini anglashiga qadar borliqdagi hodisa va jarayonlarga munosabat bildirishi asosida takomillashgan insoniy munosabatlar hosilasidir. SHuningdek, ma’naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlantiruvchi tushunchadir157.

“Ma’naviyatga mazmun jihatidan yaqin keladigan ma’rifat, madaniyat, axloq, tamaddun (sivilizatsiya) tushunchalari mavjud. Ma’naviyat ular orasida umumiyroq mazmun-mohiyatga ega. Garchi bu tushunchalarning har biri ma’naviyat iborasidan ozmi-ko‘pmi farq qiladigan muayyan ma’noni anglatsa ham, kengroq nuqtai nazardan qaraganda, ular ma’naviyat tushunchasi doirasiga kiradi.”158

SHunday qilib ma’naviyat (arabcha, ma’nolar majmui) kishilarning falsafiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuini tashkil etib, “insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”159. SHu jihatdan olib qaraganda, I.A.Karimovning “ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman”, degan fikrlari muhim ahamiyatga egadir.

Ma’naviyat insonning ongi, tuyg‘usi, hissiyoti, bilimi va e’tiqodida mujassamlashgan ruhiy sifat bo‘lib, u shaxs kamoloti va barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. CHunki fuqarolari ma’naviy barkamol jamiyatgina ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksak cho‘qqilarga ko‘tariladi.

Jamiyat rivoji va barqarorligining asosiy omili sifatida mustaqillik yillari Prezidentimiz ma’naviyatning erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol insonni kamol toptirishdagi ahamiyati haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e’tiborni qaratgan edi, ya’ni har bir fuqaro:

- o‘z haq-huququni taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin;

- o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin;

- atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;

- shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin160.

Darhaqiqat, ma’naviyat inson ijtimoiy qiyofasini shakllantirish orqali jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchiga aylanadi.

Ma’naviyat ham muayyan ijtimoiy tushuncha asosida taraqqiy etib boradi. Insonning ma’naviy olami ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatadigan omil hamdir. Odamlarda ahloq, odob, iymon, vijdon, halollik, mehnatsevarlik, baynalmilalchilik, insonparvarlik, e’tiqod, vatanparvarlik, milliy va insoniy tuyg‘usi, burch va mas’ulyatni his qilish imkoniyati qanchalik kuchli bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayadi,tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma’naviy kamolotida yangi davrni yuzaga kelishidir.

Har bir tuzum, davr muayyan maqsadlar, talab va ehtiyojlar asosida ijtimoiy taraqqiyotga yo‘nalish berib turadi. SHunga asosan inson tarbiyasining biror tizimi, usullari va shakli kelib chiqadi. Taraqqiyotning har bir bosqichida inson ma’naviyati qay darajada ekanligini aniqlash, qanday bo‘lish kerakligini belgilash, anglash muhim ahamiyatga egadir161.

Ma’naviyat ayniqsa inson va jamiyat hayotida turli muammolar yuzaga kelgan vaziyatda uni oqilona hal qilish imkonini beruvchi omilga aylanadi. Zero, YUrtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin”162.

Ma’naviyat o‘z navbatida tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ma’naviy o‘zlashtirish tarbiyasiz sodir bo‘lmaydi. Tarbiya orqali inson ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Tarbiya orqali chinakkam jamiyat taraqqiyoti uchun jon kuydiradigan shaxslarni shakllantirish va shu yo‘l bilan jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan ulkan ezgu maqsadlarga erishishi mumkin bo‘ladi. Ana shuni nazarda tutib: “Agar biz o‘z kuchi, salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or kishilari bilan teppa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab, beshafqat hayotning pastu baland, tangu tor ko‘chalaridan Alloh bergan aql-zakovati bilan to‘g‘ri yo‘lni adashmay topa olishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab etishtirsak, o‘ylaymanki, o‘z maqsadimizga to‘la erishgan bo‘lamiz”,163degan edi YUrtboshimiz.

SHuningdek, ma’naviyat va u bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning ma’naviy hayoti o‘z-o‘zidan stixiyali tarzda rivojlanmaydi. Uning taraqqiyoti muayyan qonuniyatlar asosida sodir bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni ikki turga bo‘lishimiz maqsadga muvofiq:


  • Integratsiya yoki o‘zaro ta’sirlanish qonuni;

  • Vorislik qonuni.

Birinchi qonun ma’naviy hayot taraqqiyotining makonga bog‘liq xususiyatlarini ifodalaydi. Bu qonunga ko‘ra ma’naviy hayot turli shaxslar, guruhlar, xalqlar ongining o‘zaro tasirlanib, bir-birini ijobiy jihatlari bilan boyitib borishi natijasida taraqqiy etadi. Zero, ma’naviy hayot ochiq sistema sifatida faoliyat yuritadi. Agar bu qonuniyat sun’iy ravishda buziladigan bo‘lsa, ma’naviy hayot yopiq sistemaga aylanadi va rivojlanishdan to‘xtaydi. CHunki, hech bir jamiyat yo‘qki, u faqat o‘z salohiyatidan kelib chiqib ma’naviy taraqqiyotga erishgan bo‘lsin. Musta’bid tuzum davrida bu qonun buzildi, natijada jamiyat yopiq sistema sifatida ma’naviy mahdudlikka yuz tutdi. Boshqa xalqlarning ma’naviy yutuqlari “burjua” ko‘rinishda deb hisoblanib, o‘zlashtirilmadi.

Ikkinchi qonun ma’naviy hayotning zamon bo‘ylab tarqqiy etib borishini ifodalaydi. Har qanday ma’naviy yuksalish jarayonida ma’naviy boyliklarning avloddan avlodga o‘zatilish mexanizmi muhim rol o‘ynaydi. Bunda avlodlar o‘rtasidagi muloqot meros mexanizmi asosida vorislikni ta’minlaydi. Agar bu qonuniyat buzilsa, har bir avlod faqat o‘z salohiyatiga tayanishi, ma’naviy boyliklarni har safar yo‘q joydan yaratishi lozim bo‘lar edi. Bunday holda ma’naviy taraqqiyot haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Vorislikning muhim jihati shundaki, ma’naviy meros qanday bo‘lsa shunday qabul qilinmaydi, chunki bir davrda mavjud bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. SHuning uchun meros tariqasida olingan ma’naviy boyliklar o‘zgartirilib, yangilanib borishga zarurat sezadi. SHu ma’noda har bir avlod bu merosni zamon sharoitidan kelib chiqib sayqal beradi va keyingi avlodga uzatadi (Gegelning xalqlar tarixiy taraqqiyotida “estafeta tayoqchasi”ni boshqa xalqqa uzatishi borasidagi fikrlarini eslang). Ma’naviy hayotning ibtidoiy davrdan to hozirgi kungacha taraqqiy etib kelganligini shu qonun asosida tushunish mumkin.

Kishilarning ma’naviy madaniyati hech narcha yo‘q erga yangidan barpo etilmaydi. Kishilarning hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan tasavvurlari va qarashlari, ularning hamma g‘oyalari ilgari yaratilgan tafakkur xazinasi asosida vujudga keladi. Har qanday kishi muayyan sohada o‘zidan ilgari yaratilgan barcha bilimlarni chuqur o‘rganish asosidagina olim bo‘la oladi, yangi kashfiyot qila oladi. Eynshteyn vorisiylikni o‘rganish asosidagina nisbiylik nazariyasini kashf etdi.

Qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarning taraqqiyotidagi vorislik ijtimoiy hayotda, taraqqiyotda g‘oyat katta ahamiyatga ega. Agar kishilar ilgari yashagan ajdodlarning ma’naviy madaniyatidan foydalanmaganda edi, hamma narsani boshqatdan qilishga to‘g‘ri kelardi. Ilgari ochilgan qonunlarni yana kashf qilishiga kerakli mashinalar, mexanizmlarini yaratishning ilgari topilgan yo‘llarini qaytadan topishga to‘g‘ri kelardi. Vorisiylik tufayli bunday bo‘lmaydi. Vorisiylik kishilarga o‘tgan avlodning g‘oyat katta mehnatini takrorlamasdan, o‘z ajdodlarining ishini davom ettirishga, ularning yutuqlarini rivojlantirishga, takomillashtirishga, yuqori pog‘onaga ko‘tarishga imkon beradi. Insonlar tomonilan asrlar davomida vujudga keltiriladigan qimmatli ma’naviy boyliklardan foydalanganligi tufayli kishilar o‘z hayotining hamma tomonlarini, shu jumladan ijtimoiy ongni ham, uning shakllari bo‘lgan falsafa, fan, san’at va boshqalarni ham rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

YUqorida ko‘rib o‘tgan ma’naviy hayotning taraqqiyot qonunlari o‘zaro aloqadorlikda amal qiladi. Ular hamkorlikda jamiyat taraqqiyotining ma’naviy asoslarini belgilab beradi. SHu sababli mustaqillik yillarida mamlakatimiz Prezidenti jamiyat ma’naviyatini rivojlantirishda integratsion aloqalarga hamda tarixiy vorislikka qayta-qayta e’tibor qaratayotganligini tushunishimiz mumkin. Hususan, Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish konsepsiyasining muhim tomonini jamiyat ma’naviyatiga dahldor muammolar tashkil etadi. U “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy axloqiy negizlari ustida to‘xtalib, “O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirish to‘rtta negizga asoslanadi. Bular:

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

- vatanparvarlik”164ekanligini asoslab bergan edi.

Ayni bu fikrlarda ma’naviy taraqqiyotning yuqorida aytilgan qonuniyatlar asosida kechishi o‘z aksini topgan.

Ma’naviyat va jamiyat tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Jamiyat ma’lum ma’naviy kamolot darajasiga etib, umumiy maqsadlar, manfaatlar asosida uyushgan kishilarning birligidir.

Jamiyat taraqqiyoti va kishilarning ma’naviy kamoloti bir-biri bilan bog‘langan.

Jamiyat taraqqiyoti haqidagi g‘oyalar avvalo kishilarning ongida etiladi. Davlatning kuchi va qudratini ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lgan kishilargina belgilaydi. Ma’naviyatga e’tibor bermagan mamlakatda katta iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy fojealar sodir bo‘ladi. Jamiyat hayotidagi barcha buxronlarning tomiri ham kishilarning ma’naviy kamoloti darajasi va xolatiga borib taqaladi. Xalqi ma’naviy jihatdan qashshoq bo‘lgan mamlakat, tabiiy boyliklari behisob bo‘lsa ham, hech qachon buyuk davlat bo‘lolmaydi.

Jamiyatda barcha sog‘lom kishilar tafakkuri salohiyatiga ega. Bu – insonning tabiatidagi barcha jonzotlardan afzalligi, keng amaliy imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi sifatdir. Lekin insonga xos aqliy tafakkurning har qanday shakli, ular bilan belgilangan faoliyat hamma vaqt ma’naviy mezonlariga to‘la mos kelavermaydi. Har qanday yovuzlik, jirkanch ishlar, umumiy qirg‘inlar, axloqiy tubanlashish jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan xarakatlar inson tafakkuri asosida xosil bo‘ladi, uning ongiga singadi, faoliyatiga yo‘nalish beradi. Bunday salbiy xislatlar inson ongiga va faoliyatida o‘rin olsada uni ma’naviyat deb bo‘lmaydi. Aqliy saloxiyat u bilan belgilangan faoliyat jamiyat taraqqiyoti talablari, ehtiyojlariga mos keladigan ma’naviyat darajasi ko‘tariladi.

Jamiyat ma’naviy kamoloti o‘z – o‘zidan amalga oshmaydi.

Ma’naviy kamolot ham o‘ziga xos boshqariladigan jarayondir. Har bir davrning ma’naviy kamoloti etukligi, mavjud sharoit, ehtiyoj va imkoniyatlaridan taraqqiyot yo‘lida qay darajaa foydalana olishda namoyon bo‘ladi.

Vatanga sadoqat, kelajakka ishonch, xalollik, iymonlik, insoflilik, tadbirkorlik, etuk bilimlilik, axloq va odoblilik singari ma’naviy fazilatlar ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki jamoada, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar zaminida shakllanadi. Ta’lim- tarbiyaning asosiy maqsadi insondagi aqliy saloxiyat imkoniyatlari, ong va u bilan bog‘langan faoliyatni ma’naviy darajasiga ko‘tarishdir. Komil insonlik- etuk ma’naviyat shohi degan ma’noni bildiradi.

Ma’naviy kamolotning qonunlari ham jamiyat taraqqiyotidagi ichki zaruriy bog‘lanishlarning tarkibiy qismidir. Jamiyat taraqqiyoti va inson ma’naviy kamolotining mushtarakligi bu masalada ham yaqqol kuzga tashlanib turadi. Bu o‘rinda ularning qaysidir birlamchi, qaysidir ikkilamchi deb savol qo‘yish ham o‘rinsizdir.

Ma’naviy hayot asosan jamiyat moddiy hayotini aks ettiradi va shu asosida shakllangan barcha ma’naviy boyliklarning yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ular o‘rtasida salbiy-oqibatiy aloqalar ikki tomonlamadir. Ma’naviy hayot o‘zining keltirib chiqargan moddiy munosabatlariga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Demak, ma’naviyat kishilar ijtimoiy borlig‘ini muxim tomonlaridandir. U insoniyat faoliyati paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlarning ma’naviy elementi sifatida namoyon bo‘lgan. Tarixiy taraqqiyotning borishi bilan ma’naviyat nisbiy mustaqillika ham ega bo‘lib, uning turli shakllari qaror topa boshladi. Aqliy mexnatni jismoniy, moddiy va ma’naviy hayoti tushunchalari ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong kategoriyalaridan farq qilib, ularning o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. Ular faqat ma’naviyani moddiy hayotga bog‘liqligini ko‘rsatibgina qolmasdan, kishilarning mohiyatini, hayotiy faoliyatlarining asosiy shakllarini ham ifodalaydi.

Jamiyatning ma’naviy hayoti o‘z mohiyatiga ko‘ra, kishilar faoliyati, o‘zaro munosabatlaridagi real jarayonlardir, ijtimoiy hayot faoliyatining muayyan usulidir: ongli ravishda ijimoiy ishlab chiqarishning kengayishi va kishilarning ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan nisbatan mustaqil sohadir.

Jamiyat taraqqiyoti iqtisodiyot bilan ma’naviyatning bir-biri bilan bog‘langan murakkab jarayonidir. Iqtisodiyot va ma’naviyat har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotining o‘zaro ajralmas sohasi, muhim tomonlaridir.


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə