O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Yüklə 6 Mb.
səhifə39/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80

Ijtimoiy ong strukturasi. Ijtimoiy ong o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyat ma’naviy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan murakkab tizimiga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy ongning strukturasiga a) ijtimoiy ong sohalari; b) ijtimoiy ong darajalari; v) ijtimoiy ong shakllari kiradi. Ijtimoiy ong sohalariga kundalik va nazariy ong; darajalariga – ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura, shakllariga-axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy ong kiradi.

Voqelikni aks ettirish darajasiga ko‘ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo‘linadi. Ijtimoiy ongning quyi darajasi - oddiy (kundalik) ong va yuqori darajasi - nazariy ongdir.

Odatiy ong kishilarning kundalik amaliy faoliyati jarayonida, stixiyali tarzda, voqelikning tashqi tomonining empirik in’ikosi sifatida paydo bo‘ladi. Nazariy ong voqelikning ichki tomonini, muhim aloqalarini va qonuniyatlarini ifodalaydi, u bilvosita nazariy bilishni taqozo qiladi. Bolaning ongidagi turmushga oid oddiy, kundalik tushunchalar uning hayotiy faoliyatida shakllanadi. Ilmiy tushunchalar kundalik faoliyat negizida paydo bo‘lib turishi mumkin, ammo ularni shakllantirish uchun maxsus o‘qitish, muallim bilan muloqat kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon kishilik jamiyatida insonning hayoti uchun oddiy kundalik tushunchalar ham, ilmiy tushunchalar ham zururdir. Ilmiy tushunchalar turmushda har doim to‘g‘ri kelavermaganidek, oddiy tushunchalari bilan chegaralanish ham inson kamolotiga zavoldir.

Real hayotda nazariy va oddiy ong bir- biri bilan uzviy tarzda qo‘shilib chatishib ketadi. Falsafiy tahlil uchun ular alohida – alohida holda, “sof” tarzda olinadi. Nazariy va odatiy ong bir- birining o‘rnini bosa olmaydi, ammo bir- biriga o‘zaro ta’sir etib turadi. Nazariy ong odatiy ongning shaklini o‘zgartirishi, boshqacha tus berishi, madaniylashtirishi mumkin.

Ammo nazariy bilimlar, fan qanchalik rivojlanmasin, baribir kishilar hayotida odatiy ong zarur bo‘laveradi. Sog‘lom fikr, “sog‘lom aql” tarzida namoyon bo‘ladigan odatiy ongga tayangan holda ijtimoiy voqelik va tabiat hodisalarining hamma hodisa, voqealarini muhokama qilish, baholash mumkin. Ammo har doim ham uning hulosalari to‘g‘ri, adolatli bo‘lavermaydi. CHunki odatiy ongning imkoniyatlari cheklangan, u emperik umumlashtirishga, metofizik usulga tayanadi.

Odatiy ong nazariy onga nisbatan quyi darajadir. Ammo bu bilan uning ahamiyati kamsitilmaydi, kundalik hayotida zarurligi inkor qilinmaydi. Voqelikka emperik darajasi in’ikos etiladigan ong nuqtai nazaridan qaralsa, muhokama qilinsa, baholansa, ijtimoiy ongda xom hayollar, noto‘g‘ri tasavvurlar, xato qarashlar ham paydo bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham ijtimoiy fanlar nazariy ong darajasida bo‘lishi zarur, kundalik tasavvurlar va tushunchalar bilan almashtirilmasligi kerak, agar shunday bo‘lib qolsa, unda ular o‘zlarining ilmiylik darajasini yo‘qotadi.

Nazariy ong voqealar mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirib jamiyat taraqqiyotiga nisbatan teng bo‘lishi ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ilgarilab ketishi ham, yoki ortda qolib ketishi ham mumkin.

Ijtimoiy ongni kishilar hayotida tutgan o‘rniga qarab ikki qismga ajratish mumkin:



  1. Ijtimoiy psixologiya (ruhiyat)

  2. Mafkura (ideologiya)

Ijtimoiy psixologiya kishilarning mehnat va kundalik turmush faoliyatida stixiyali ravishda vujudga keladi,uni sistemalashtirish va nazariy jihatdan asoslash qiyin. U quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  1. Kishilarning barqaror psixik holatlari (hissiy kechinmalari, emotsiya, kayfiyati, urf-odatlar).

  2. Ruhiy hodisalar: odat, udum, ko‘nikma; turli kechinmalar.

  3. Ruhiy jarayonlar: taqlid qilish, ishontirish va shunga o‘xshash xususiyatlar.

  4. Sezgi, idrok, fahm, tasavvur, tafakkur, g‘oya (siyosiy, huquqiy, diniy, axloqiy belgilar) kabilar.

YUqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi asta-sekin ishonch, e’tiqod, udum, ko‘nikma, ijtimoiy pozitsiyani ifoda eta boshlaydi.

Ijtimoiy psixologiya - keng ommaviy ong bo‘lib, u bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladi: odat, ko‘nikma shakliga kiradi.

Ijtimoiy psixologiya ibtidoiy jamoa tuzumi davrida urug‘ va qabila a’zolari tomonidan guruh ongi sifatida stixiyali ravishda shakllangan. Bu ong shakli moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun xizmat qilgan.

SHuningdek, ibtidoiy jamoalarning barcha sohalari odat, udum, sadoqat kabilar yordamida boshqarilgan va hayotning barcha tomonlariga keng yoyilgan.

Jamiyatning rivojlanishi bilan ijtimoiy guruhlar (sinflar, elat, oila) va boshqa ijtimoiy uyushmalar shakllandi. Natijada ularning o‘ziga xos manfaatlari, psixologiyasi, ongi ham vujudga keldi.

Ijtimoiy psixologiyadan sinf, elat, xalq, millat, oila va boshqa ijtimoiy guruhlar psixologiyasi ajralib chiqdi. Ijtimoiy psixologiya nihoyatda murakkab va zidsiyatlidir.

Ijtimoiy psixologiyaning barqaror elementlari (hissiyot, xarakteri) ijtimoiy strukturani saqlash va uni mustahkamlashga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiyaning dinamik elementlari (ommaviy psixik holat, norozilik, ko‘nikmaslik, ruhiyatning o‘zgarishi ) jamiyatda tub o‘zgarish qilishni talab etadi. Ijtimoiy psixologiya stixiyali ravishda xalq ichida shakllanadi, har bir ijtimoiy guruh o‘ziga xos psixologiyaga ega bo‘ladi.

Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muhit, kundalik turmush sharoitlari ta’siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. U muayyan ijtimoiy guruh, elat, xalq yoki millatning odatlari, urflari, an’analari, yashash tarzidan kelib chiqqan psixologik o‘ziga xosliklarini aks ettiradi. Ijtimoiy psixologiyaning yana bir xususiyati shuki, unda muayyan bir hududdagi aynan sharoitlarda yashaydigan va bir-biriga bevosita ta’sir qiluvchi bir necha elat, millatlarga mansub kishilarning ongidagi o‘xshash xususiyatlar ham aks etadi. Bunga ba’zi millat vakillarining yashab turgan joylaridan ko‘chib ketishgani, ammo yangi joyda ular ko‘pincha o‘z millatdoshlari tomonidan tushunilmagani, u erda chiqishtirilmagani va nihoyat ularning yana ilgarigi hududga, mamlakatga qaytib kelishganiga oid ko‘plab misollarni keltirishimiz mumkin.

Mafkura (fikrlar majmui) ijtimoiy psixologiyadan farq qilib muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimini anglatadi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.

Mamlakatimizda milliy mafkura xuddi shu vazifani bajaradi. Islom Karimov ta’kidlaganidek “xalqni buyuk va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroni yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”. Garchi shunday bo‘lsa-da, Konstitutsiyamizda “hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilmaydi”, deb belgilab qo‘yilgan. Bu demokratiyaning muhim elementidir.

Ijtimoiy psixologiya va mafkura jamiyatning u yoki bu darajada rivojlanganligi bilan ham bog‘liq bo‘lib, agar u to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Insonlarni komillik sari etaklaydi, o‘z vatani, qadriyatlarini e’zozlashga o‘rgatadi, shu bilan birga vatanparvarlik, yurt tinchligi, xalq farovondigi yo‘lida xizmat qilishga chorlaydi.

Ayni paytda ijtimoiy psixologiya va mafkura o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir. Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy guruhlar hayotini muayyan his-tuyg‘ular, kayfiyatlarda bevosita aks ettirsa, ijtimoiy mafkura (bizda milliy istiqlol mafkurasi) ijtimoiy guruhlar ehtiyojlari, manfaatlarining ichki mohiyatini, sababini har xil g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar shaklida aks ettiradi. Ayni paytda mafkuraning o‘ziga xosligi shundaki, u vayronkor mafkura sifatida ham maydonga chiqishi mumkin. U holda u halokatli kuchga aylanadi.

Ijtimoiy psixologiya va mafkuraning o‘ziga xosligi bilan birga ularning umumiylik tomoni ham mavjud bo‘lib u jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishida ko‘rinadi. SHuningdek ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zaro ta’sirga ham egadir.

Ijtimoiy hayot rang-­barang, xilma-­xil bo‘lgani uchun ijtimoiy ong ham tegishlicha turli shakllarga bo‘linadi. Bular: iqtisodiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, estetik ong, ekologik ong bo‘lib, biz yana tarixiy ongni, ongning elementi sifatida, shu jumladan tarixiy ongning muhim elementi sifatida tarixiy xotirani ham bunga qo‘shish mumkin. Ijtimoiy ongning barcha shakllari o‘zaro bog‘liq, o‘zaro munosabatda, o‘zaro birikadi va bir­-birini o‘zaro to‘ldiradi. Ular o‘zi aks ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra farq qiladi.

Ijtimoiy ong shakllarini bir - biridan quyidagi 4 ta belgilar bo‘yicha farqlash mumkin:

Birinchidan, ular bir- biridan in’ikos ettirish mavzui bo‘yicha farq qiladi. CHunonchi, siyosiy ong sinflar, millatlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni, hokimiyatga munosabatni ifodalaydi. Huquqiy ong huquqiy munosabatlarni aks ettiradi.

Ikkinchidan, ular bir-biridan in’ikos etish shakllari bilan farq qiladi. Masalan, fan voqelikni tushunchalar, gepotezalar (ilmiy taxminlar), nazariyalar, modelar shaklida aks ettiradi. San’at voqelikni badiiy obrazlar shaklida, axloq ahloqiy his- tuyg‘ular va axloqiy normalar, qadriyatlar, ideallar shaklida aks ettiradi. Ammo ijtimoiy ong shakllarining hammasi ham in’ikos ettirish shakli bo‘yicha bir- biridan farq qilavermaydi. Masalan, falsafa va fan, axloqiy va huquqiy ongni bu belgi bo‘yicha bir- biridan farqini topish qiyin.

Uchinchidan, ular bir-birlaridan rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Buni fan bilan san’atni bir- biriga taqqoslaganda yaqqol sezish mumkin. Fandagi rivojlanish bilishdagi taraqqiyot bilan amalga oshadi va bunda uning oldinga qarab ilgarilab harakat qilishi o‘z ifodasini topadi. San’atda esa bilish sohasidagi progress san’atidagi taraqqiyotning asosiy ko‘rsatgicha bo‘la olmaydi. san’atda esa estetik mezonlar muhim rol o‘ynaydi.

To‘rtinchidan, ular o‘zlari bajaradigan ijtimoiy funksiyalari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, fan bilish funkitsiyalarni bajaradi. Axloqiy ong shaxsini axloqiy jihatdan shakllanishi, insonni o‘z- o‘zini nazorat qilishi, uning boshqa kishilarga munosabatining omili bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy funksiyalari bo‘yicha ijtimoiy ongning burcha shakllarini ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga siyosiy, huquqiy, axloqiy ong kiradi. Bular kishilarning o‘zaro munosabatlarini boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘langan va ijtimoiy voqelikni ma’naviy- amaliy o‘zlashtirishning shakllari hisoblanadilar. Ikkinchi guruhga fan, san’at va falsafa kiradi. Bular insonni qurshab turgan voqelikning ma’naviy va ma’naviy- amaliy o‘zlashtirishning shakllari hisoblanadi. Ular voqelikni bevosita ijtimoiy munosabatlar va kishilarning amaliy faoliyatlari orqali o‘zlashtirishning shakllari hisoblanadi. Din esa dunyoqarashning shakli ham, kishilarning o‘zaro munosabatlarini boshqarish, nazorat qilish shakli ham bo‘lib hizmat qiladi.

Siyosiy ong jamiyatning ob’ektiv tarzda mavjud bo‘lgan ijtimoiy- siyosiy strukturasi va unga xos bo‘lgan siyosiy faoliyatning turlarini, ularga muvofiq keladigan siyosiy tashkilotlar va muassasalarni aks ettiradi. Siyosiy ong siyosiy faoliyat bilan uzviy bog‘langan.

Siyosiy faoliyat jamiyatning ob’ektiv tarzda mavjud siyosiy tuzimini, tartiblarini saqlash, mustahkamlash, takomillashtirish, rivojlantirish yoki boshqa siyosiy tuzum tartiblarini o‘rnatishga qaratilgan bo‘ladi. Siyosiy faoliyat davlat mahkamalari, tashkilotlari, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy arboblar, siyosiy nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy faoliyatni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari, muassasalar ham ishtirok etadi. Siyosiy faoliyat muayyan siyosiy maqsadni amalga oshirish orqali nomoyon bo‘ladi.

Siyosiy ong tizimida siyosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarning roli g‘oyat katta. Ular ijtimoiy guruhlar, ularning partiyalari, boshqa tashkilotlarning siyosiy manfaatlari, maqsadlari, vazifalarini, faoliyatlarning yo‘l-yo‘riqlarini, siyosiy uslublar sistemasini asoslab beradi. Ular muayyan ijtimoiy guruh va uning siyosiy tashkilotlarining siyosiy faoliyatdagi strategik vazifalari va taktikasini belgilaydi.

Siyosiy ong darajalariga kundalik-amaliy siyosiy ong va g‘oyaviy- nazariy siyosiy ong kiradi. Kundalik- amaliy siyosiy ong kishilarning amaliy faoliyati, ijtimoiy tajribasi orqali va ularni bevosita qurshab turgan muhitning ta’siri natijasida stixiyali tarzda shakllanadi. Unda oqilonalik va his-tuyg‘u, sof, ya’ni turmush tajribasi va an’analar, bir zumlik, o‘tkinchi kayfiyat va barqaror yo‘l-yo‘riqlar nazariy jihatdan ishlanmagan va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanmagan bo‘ladi. Kundalik-amaliy siyosiy ong ko‘p hollarda barqaror bo‘lmaydi. CHunki u his- tuyg‘u va o‘zgarib turuvchi bevosita tajribaga bog‘liq bo‘lgani sababli omonat turadi. SHu bilan u ko‘p jihatdan turg‘un bo‘ladi. Undagi barqarorlik tomonlar fikrining o‘zgarib, moslashib borishiga xalaqit beradi. Bir ijtimoiy guruh vakillarining iqtisodiy ahvolida umumiylik bo‘lgani uchun ularning kundalik siyosiy ongida ham umumiylik bo‘ladi. Hokimiyatga munosabat kundalik hayotning minglab dalillarida namoyon bo‘ldi. Unda aql-zakovatning umumlashtirish, tahlil qilish faoliyati nomoyon bo‘lmaydi, keng tarixiy istiqboli, nazariy formulalar va falsafaiy kategoriyalar bo‘lmaydi.

Kundalik- amaliy siyosiy ong ob’ektiv iqtisodiy voqelikka to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgani uchun uning kundalik konkret mazmunida muayyan ijtimoiy guruhning nazariy- siyosiy mafkurasining kurtaklari bo‘ladi. Nazariy mafkura kundalik ongning mazmunini tanqidiy tahlil qilib, aniq tarixan va ijtimoiy jihatdan asoslab berilgan siyosiy dasturni ishlab chiqadi. Mafkura mavjud kayfiyatlarni passiv o‘rganish emas, balki strategik va taktik sistemadir, u ijtimoiy ongga aktiv ta’sir qilishga qaratilgan. U qat’iy, izchil, sistemaga solingan, nazariy ishlangan, asoslab berilgan qarashlar, usullar, yo‘l- yo‘riqlar sistemasidir. Mafkura kishilarning maxsus mustaqil guruhi- mafkuralar tabaqasi orqali shakllanadi. Har bir ijtimoiy guruhning o‘ziga xos nazariyotchilari, ideologlari bo‘ladi. Nazoriyotchi, ideologning shaxsi uning qobiliyati, talanti ham muhim rol o‘ynaydi. Mafkura bilan kundalik- amaliy siyosiy ongning o‘zaro munosabati murakkabdir. Bu, ommaning o‘ta ta’sirchanligi, jushqinligi va qat’iy mafkuraviy ko‘rsatmalarga tayanadigan totalitarizmga intilish, uni o‘rnatilishida namoyon bo‘ladi. Mafkuraning kundalik ongdan nisbiy “erkinligi” jamoatchilikni chalg‘itish uchun ham foydalaniladi, uning manfaatiga yot bo‘lgan g‘oyalarni kiritish vositasi ham bo‘lib qoladi.

Siyosiy mafkura ijtimoiy ongga ta’sir qilish uchun g‘oyat katta imkoniyatlarga ega. CHunki u faqat qarashlar, g‘oyalarning sistemasidangina iborat emas, balki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, davlat hokimiyati kabi muassasalardan iborat g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish vositalariga ham ega.



Huquqiy ong davlat bilan birga paydo bo‘ladi. Huquq xulq-atvor normasi sifatida davlat tomonidan joriy etiladi, muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi. Xulq, eng avvalo guruh manfaatlarini, keyin xalq manfaatlarini himoya qiladi.

Huquqiy ong ikki shaklda namoyon bo‘ladi:

a) huquqiy ong ijtimoiy psixologiya shaklida kishilarga qonuniy va qonunsizlik, adolat va adolatsizlik haqida, sinflar, millatlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasavvur beradi. Huquqiy hodisalarga adolat hissi, jinoyatga nisbatan chora ko‘rish zarurligi, burch va javobgarlik singari hodisalarni kishilar huquqiy ong darajasida baholaydilar va unga o‘z munosabatlarini bildiradilar.

v) huquqiy ong ideolog‘iya darajasida huquqiy qarashlarning ma’lum sistemasi: huquq nazariyasi, ta’limot, kodekslar va boshqalarni ifoda etadi.

Huquqiy ong ijtimoiy aloqalar tizimida qator funksiyalarni bajaradi:

a) bilish, ma’lumot berish, ma’rifat tarqatish funksiyasi: huquqiy ongning shaxs, individ tomonidan o‘zlashtirilishi va boshqalar;

b) baholash funksiyasi: sub’ekt o‘zining manfaat, maqsadi nuqtai nazaridan qat’i nazar ma’lum huquqiy kategoriyalarga asoslanib baho beradi. “Minnatdorchilik”, “ezgulik”, “yaxshilik”, “yomonlik”, “foyda”, “zarar” va boshqalar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladi;

v) boshqarish funksiyasi: huquqiy ong kishilarning huquqiy fe’l-atvori, hatti-harakatini boshqaradi. SHuningdek, ularning huquqiy munosabatlari, ehtiyojlarini ham belgilaydi va boshqaradi.

Huquqiy ong ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan, ayniqsa, siyosiy ong, axloqiy ong bilan uzviy bog‘langandir.

Huquqiy ong siyosiy ongdan farq qiladi. Siyosiy ong ijtimoiy guruhlar, millatlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirsa, huquqiy ong hayotni ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etayotgan kishilarning huquqlari va majburiyatlari nuqtai nazaridan aks ettiradi. Agar siyosiy ong ob’ektiv tarzda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga bog‘liq bo‘lsa, huquqiy ong aql-zakovat, odob, axloqiy baholarga tayanadi. Huquqiy ong axloqiy ongdan ham farq qiladi. Huquqiy ong davlat organlariga tayanadi. Huquqiy normalarni bajarish majburiydir, bajarmaganlar jazolanadi. Axloqiy normalar, qoidalarni bajarish majburiy emas, axloq jamoatchilik fikri va nazoratiga tayanadi.



Axloqiy ong huquqiy ongga nisbatan kengroq tushunchadir. Axloqiy ong kishilarning jamiyatdagi hatti- harakatlari, yurish- turishlari, yashash normalari, prinsiplari, qoidalari, shuningdek, ularning o‘zaro bir-biriga hamda ijtimoiy guruhlarga jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloqiy ong huquqiy ongga yaqin turadi, u ham kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ular o‘rtasida farq ham bor. Huquqiy normalarning bajarilishi majburiy, ular davlat organlariga tayanadi. Axloqiy qoidalarga roiya qilish jamoatchilik fikri bilan amalga shiriladi va oddatda ishontirish va namuna kuchiga tayanadi.

Axloqiy ong axloqiy faoliyat bilan uzviy bog‘langan. Axloqiy faoliyat deb o‘ziga xos axloqiy motiv, sabab, intilish bilan, ya’ni yaxshilik qilish, burchga sodiq xolda harakat qilish, muayyan axloqiy ideallarni amalga oshirish maqsadida qilingan faoliyatlariga aytiladi. Kishilarning hamma faoliyatidan hulq- atvor, yurish-turish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlar, tomonlar bor. Ammo ularni axloqiy faoliyat bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Axloqiy faoliyat deganda muayyan axloqiy maqsadlarga ongli ravishda bo‘ysindirilgan faoliyatlarga aytiladi.

Kishilarning axloqiy faoliyati jarayonida ular o‘rtasida shakllanadigan, mavjud bo‘ladigan aloqalar, bog‘lanishlar, munosabatlarning sistemasi axloqiy munosabatlar deyiladi. Axloqiy munosabatlar shasx bilan jamiyat o‘rtasida, shaxs bilan ijtimoiy guruh o‘rtasida, shaxs bilan jamoa, birlashma o‘rtasida, shaxs bilan shaxs o‘rtasida, shaxs bilan insoniya o‘rtasida bo‘lishi mumkin.

Axloqiy munosabatlar ham ob’ektiv va sub’ektivdir. Ularning ob’ektivligi shundaki, ular boshqa kishilarning manfaatlariga dahldor bo‘lgan real, moddiy harakatlar bilan qo‘shilib ketadi, shuning uchun ayrim kishilarning irodasi bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatda kishilarning barqaror aloqalarining jihati tarzida shakllanadi. Ular axloqlilik va ahloqsizlik to‘g‘risidagi istaklar, niyatlar, tasavvurlarni ifodalaydi, burch va vijdon amridan kelib chiqadi. Bu uning sub’ektiv holatidir.

Axloqiy munosabatlar kishilarning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro munosabatlaridir, ularning aloqalari urf-odatlarda mustahkamlangan qadriyat sinchidir, karkasidir, ularning kayfiyatini, o‘z borlig‘ining mazmun va axamiyati, qadrini tushunishini belgilaydi. Binobarin, axloqiy munosabatlar kishilarning bir- biri bilan axloqiy aloqalari, bog‘lanishlari, xulq- atvorni nazorat qilish, boshqarishning kanallaridir, axloqiy tajribani berish, tarqatish usulidir.

Axloqiy qarashlar axloqiy ong, axloqiy odobning mazmuni, mohiyati, jamiyatda, kishilar hayoti, faoliyati, taraqqiyotidagi o‘rni, axamiyati to‘g‘risidagi qarashlar va g‘oyalarning sistemasidir. Ularning to‘g‘riligi, haqiqatligi, ijtimoiy borliqni to‘g‘ri aks etirishi, jamiyat taraqqiyotiga, komil insonni kamoltoptirishga ko‘maklasha olishi bilan belgilanadi.

Axloqiy ongni shakllantirishda axloqiy tarbiyaning roli haddan tashqari kattadir. YAngi iqtisodiy- ijtimoiy munosabatlarga ma’naviyat, axloq-odobni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Bozor munosabatlarini ilmiy jihatdan asoslangan jiddiy axloqiy tarbiya orqaligina shakllantirish mumkin.

Diniy ong insonni qurshab turgan moddiy olam, tabiy va ijtimoiy hodisalarni g‘ayritabiiy tarzda, fantastik shaklda aks ettiradi. Diniy ong asosida g‘ayritabiiy kuchlar (xudolar, ruhlar, maloyiklar, farishtalar, shayton va hakozalar) haqiqatan ham borligiga komil ishonch hamda ular madadiga tayanish yotadi.

Diniy ong diniy faoliyat bilan uzviy bog‘langan. Diniy faoliyatga dindorlarning diniy majburiyatlarni bajarish, diniy marosimlarni amalga oshirish, ularda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari, ruhoniylarning diniy marosimlarni boshqarish, diniy qarashlarni himoya qilish, targ‘ib qilish va boshqa faoliyatlari, diniy tashkilotlarning faoliyatlari kiradi.

Diniy ong diniy munosabatlar bilan ham uzviy bog‘langan. Diniy munosabatlarga dindorlarning o‘zaro munosabatlari, ruhoniylar bilan dindorlar o‘rtasidagi munosabatlar, diniy tashkilotlar bilan dindorlar o‘rtasidagi munosabatlar, dindorlarning olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlariga munosabatlari va boshqalar kiradi.

Diniy ongning darajasiga diniy his- tuyg‘u, kayfiyatlar, kechinmalar, yuqori darajadagi diniy qarashlar, g‘oyalar kiradi. Diniy ongga xudo (Islomda Alloh, xristianlikda uchyuzli yakka xudo, buddaviylikda Budda, iudaizmda YAxve va hokazo) g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. Bunga ko‘ra, olam, undagi hamma narsalar, hodisalar, kishilar xudo tomonidan yaratilgan, hamma hodisa uning irodasi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Diniy aqidalar asosida yaratilgan ta’limotlarga ilohiyot deyiladi.

Diniy ong ma’naviy madaniyatning bir elementi. U jamiyat, kishilarning hayotida, faoliyatida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. U jiddiy ijtimoiy funksiyalarni badaradi. Diniy ong axloqiy va estetik qarashlar rivojlanishi bilan, bunday qarashlarni ijtimoiy hayotda umuminsoniy qadriyatlarga aylantirish ehtiyojlari tufayli ham vujudga kelgan. Diniy ong g‘ayritabiiy kuchlar borligiga ishonch ruhini singdirish orqali inson o‘z- o‘zini anglash dunyoni estetik va axloqiy his etishga tarixan yordam berib kelmoqda.

Xulosa shuki, estetik, axloqiy va diniy ong kishilarning estetik, axloqiy, diniy his- tuyg‘ulari, qarashlari, g‘oyalarni aks ettiradi, ular jamiyat, kishilarning hayoti, faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.

Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida ITI jarayonida ijtimoiy ongning yangi shakllari vujudga keldi.

Bu ekologik va demokratik ong bo‘lib, ilgarigi darsliklarda bu tushunchalar ijtimoiy ong shakllariga kiritilmagan.

Ekologik ong tabiatga, uning boyliklariga, o‘simlik olamiga, hayvonot dunyosiga keltiriladigan g‘oyat katta zarur, xavf natijasida kishilarda paydo bo‘lgan achinish, xafa bo‘lish, vahimaga tushish, qayg‘urish va boshqa his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, kechinmalardan iborat. Ekologik ong tabiatning go‘zal olami, ijobiy boyliklaridan unumli, tejab-tergab foydalanib, o‘simlik, hayvonot olamini qirilib ketishining oldini olish, suv, havo, tuproq, tog‘ jinslarining zaharlanishini oldini olishga qaratilgan qarashlar g‘oyalar, nazariyalardan iborat.

Demokratik ong kishilarning ozodlik, erkinlik, ijtimoiy adolat, fikrlar xilma- xilligi, oshkoralik va mulohazalar erkinligi haqidagi his- tuyg‘ularning mujmuidir. Demokratik ong ham yangi hodisa, ammo chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xalqlarning ozodlik, erkinlik, adolat, oshkoralik, mulohazalarining xilma- xilligi haqidagi o‘ziga xos intilishlari, qarashlari, udumlari asosida bunday ongning tarixiy zaminlari bor.

YUqorida ko‘rib o‘tgan ijtimoiy ong shakllari o‘zaro bog‘liq hamda taqozolangan bo‘lib, ular hamkorlikda inson dunyoqarashini tashkil etadi, shu bilan birga ijtimoiy faoliyat va munosabatlar mazmunini ham belgilab beradi.



Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə