O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

 
 


13 
Sintez rejasi 
Ish rejasi to’rt qismga bo’linadi: 1) reaksiya uchun kerakli reaktivlar 
tayyorlash va asbob yig’ish; 2) reaksiyani o’tkazish; 3) hosil bo’lgan moddani 
reaksiyada hosil bo’lgan boshqa birikmalardan ajratib olish: 4) moddani 
tozalash. 
Har qaysi qismda bajarilishi kerak bo’lgan operasiyalar batafsil yoziladi. 
Ishning har bir bosqichida ishlatiladigan moddalarning miqdori ko’rsatiladi. Eng 
muhimi xavfsizlik texnikasi qoidalariga (oson alangalanuvchi kuydiradigan,va 
h.k moddalar bilan ishlash qoidalariga )ko’proq e’tibor beriladi. 
Asboblar rejada yozilmaydi, jurnalning chap betiga ularning sxemasi 
chiziladi. Kolbalarning hajmi, qanday hammomdan foydalanish kerakligi 
sovitgich va boshqalarning xillari ko’rsatiladi. 
Reja oxirida sintez qilinayotgan moddaning ko’rsatma bo’yicha 
chiqadigan miqdori va konstantalari, albatta, ko’rsatilishi lozim. 
Ish rejasi va sintezning hisobini albatta o’qituvchi tasdiqlashi kerak. 
Hisobot 
Hisobot ishni bajarish vaqtida tuzuladi, unda planda ko’rsatilganlarni 
takrorlamasligi lozim. Hamma punktlarni bajarishda nima kuzatilganini 
hisobotda ko’rsatish lozim. Eksperimentator aralashmada sodir bo’layotgan 
hamma o’zgarishlarni (qizish, sovush, loyqalanish, rangning o’zgarishi va 
boshqalarni) kuzatish kerak. Moddalarni tozalashda tozalaniladigan moddaning 
tashqi ko’rinishi va konstantalarining o’zgarishi qayd etiladi. Qattiq moddalarni 
qayta krisstallantirishda uning krisstallga tushguniga qadar va undan keyingi 
og’irligi, erituvchining miqdori va kristallizatsiya usul, sharoit ko’rsatiladi. 
Suyuq moddalarni tozalashda fraksiya usuli uning sanasi, haydash 
temperaturasini intervali, fraksiyalar massasi ko’rsatiladi. 
Ayrim operatsiyalarning davom etish vaqtini, shuningdek reaksiya biror 
operatsiyada to’xtalib keyin davom etirilsa o’sha vaqtlarni ham hisobga olib 
ko’rsatish kerak. Agar ekstperimentatr sintezni bajarayotgan vaqtida bironta 
o’zgartirish kiritib ko’rsatmadan bir oz chetga chiqsa bulaning hammasini 
hisobotda ko’rsatishi va bu o’zgartirish natijalarning xulosasini chiqarishi kerak. 
Shuningdek, hisobotda reaksiya mexanizmlarini ko’rsatib tushuntirib 
yozish kerak, masalan berilgan ishda reaksiya muvozanatini teskari tomonga 
siljitish uchun qanday usul qo’llanilgani ko’rsatiladi, etirefikasiya reaksiyalarida 
reaksion aralashmaga mineral kislota nima uchun oz miqdorda katalizator 
sifatida qo’shiladi? Nima uchun uning ortiqcha miqdori reaksiya natijasida hosil 
bo’layotgan mahsulotni kamaytiradi? Nima uchun reaksion aralashmani 
ko’rsatmada ko’rsatilgan temperaturadan yuqori temperaturada qizdirib 
bo’lmaydi?
Hisobot oxirida sintez qilingan moddaning miqdori va konstantalari 
jadvali tuziladi (2-jadval). 


14 
Moddaning konstantalari 
Moddaning miqdori 
(gr) 

Reaksiyada olingan 
moddaning nomi va 
formulasi 
Amalda 
topilgani 
Adabiyotda 
berilgani 
Nazariyaga 
berilganiga 
nisbatan 
Ko`rsatmada 
berilganiga 
nisbatan 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə