O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi


LABORATORIYADA ISHLATILADIGAN IDISH VA ASBOBLAR



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

LABORATORIYADA ISHLATILADIGAN IDISH VA ASBOBLAR 
Odatda, laboratoriya ishlari uchun shisha idishlar ishlatiladi. Shisha 
boshqa materiallarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega. Masalan, shishadan 
yasalgan idishlar ko`pgina kimyoviy reagentlar ta`siriga chidamli bo`ladi. 
Shisha buyumlar tiniq, oson yuviladigan va termik qayta ishlash oson bo`ladi. 
Asbob reaksiya muhitiga , reaksiya uchun olinadigan va reaksiya natijasida hosil 
bo`ladigan moddalarning xossalariga mos qilib tuziladi. Hamma hollarda ham 
asboblar shtativ qisqichlariga mahkamlab o`rnatiladi. Asbobning qismlari bir-
biri bilan po`kak va rezina probkalar yoki rezina naylar, shuningdek, standart 
shliflar orqali ulanadi. Asboblarni yig`ishda shunga e`tibor berish kerakki, 
ulanayotgan joy qiyshiq yoki qattiq bo`lmasligi kerak.
Probkalar.
Shisha asboblarning qismlarini bir-biriga birlashtirish va 
idishlarni zich qilib berkitish uchun po`kak va rezina probkalardan 
foqdalaniladi. Asbobning qismlarini birlashtirish uchun probkalarni yaxshilab 
tanlash kerak. Moddalarning bug`I ta`sirida rezina probkalar bo`kishi, erishi va 
qattiq bo`lib qolishi mumkin, bunday hollarda po`kak probkalardan 
foydalaniladi. Po`kak probkalarni shunday tanlab olish kerakki,probkaning 
diametric idishning berkitiladigan teshigi diametridan uncha katta bo`lmasin. 
Kolbalar.
Eksperiment qilish uchun yassi va tubi yumaloq kolbalar 
ishlatiladi (1-rasm). Tubi yassi kolbalar haydalayotgan moddalarni yig`ib olish, 
shuningdek eritmalar tayyorlash va ularni saqlash uchun ishlatiladi. Moddalarni 
vakuum ostida haydash hamda yuqori temperaturagacha qizdirish ishlarida 
umuman tubi yassi kolbalarni ishlatmaslik kerak. Yumaloq tubli kolbalar 
moddalarni qizdirish uchun ishlatiladi. Yumaloq tubli kolbalar har xil: keng va 
tor bo`g`izli, uzun va kalta bo`g`izli, bir, ikki, uch va to`rt bo`g`izli bo`ladi. Nay 


15 
chiqarilgan (Vyurs kolbasi), deflegmator o`rnatilgan (Klyazen kolbasi) yumaloq 
tubli kolbalar haydashning turli hollarida ishlatiladi (2-rasm) 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə