O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  A.Smitning iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

69 


A.Smitning iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasi. 
 
Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog’lab turuvchi va 
ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizmning 
bo’lishini taqozo etadi. Bunday mexanizm bozor hisoblanadi. Bozor to’g’risida 
A.Smit ta’limotidagi asosiy g’oya - bu iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning 
iqtisodig’tga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil 
topadigan baho g’rdamida iqtisodig’tning o’zini -o’zi boshqarish g’oyasi hisoblanadi. 
Uning ta’limotiga ko’ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi 
(koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlari-ni uyg’unlashtiradi. Bozor iqtisodig’ti 
novvoyni shirin non g’pishga, bog’bonni ekologik toza meva-sabzavot etishtirishga, 
savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlarni olib kelishga undaydi. 
Raqobat sharoitida iste’molchilar ehtig’jini yuqori darajada qondira oladigan ishlab 
chiqaruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko’proq foyda olish ishtig’qida bo’lgan 
tabirkorlarning egoistik manfaatlari, ularni jamiyatning boshqa a’zolari manfaatlariga 
xizmat qilishga majbur qiladi. 
Ammo A.Smit har qanday erkin tadbirkorlikka ko’r-ko’rona mahlig’ bo’lgan 
emas. U xususiy korxonalar foydasini ta’minlab beruvchi ikki shartning-shaxsiy 
manfaat va raqobatning
 
bo’lishini ko’rsatib berdi. Shu sababli A.Smit aktsionerlik 
jamiyatlarga salbiy munosabatda bo’lgan (bundan banklar, sug’urta jamiyatlari, 
kanallarni qurish g’ki asrash, shaharlarni suv bilan ta’minlash korxonalari mustasno), 
chunki ularda shaxsiy manfaat yo’qoladi. Har xil turdagi monopoliyalarga ham u 
keskin salbiy munosabatda bo’lgan, shu jumladan ayrim yirik kompaniyalar uchun 
amal qilag’tgan imtig’zlarga ham (masalan, Ost-Indiya kompaniyasi uchun). 
A.Smit iqtisodiy mexanizmlarning o’z-o’zidan (ob’ektiv) amal qilib turishini 
doimo qayd qilib o’tadi. U fiziokratlardan keyin «Olam o’z-o’zidan harakatlanadi», 
deb takrorlab o’tadi. Ammo ulardan farqli o’laroq, A.Smit tushunchasi bo’yicha, 
qachonki shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni qachonki 
jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig’indisi deb qaralsa, shundagina 
bozor qonunlari iqtisodig’tga ko’proq ta’sir ko’rsatadi. 
Amal qilib turgan tartib qandaydir bir buyuk tashkilotchining ishi emas, balki 
o’z manfaatlari yo’lida ish yuritag’tgan millionlab odamlar harakati natijasidir. 
Masalan, A.Smit fikri bo’yicha, mehnat taqsimoti bu barcha kishilarning bir buyumni 
ikkinchiga o’zaro ayirboshlashga bo’lgan tabiiy intilishlarining namog’n bo’lishidir.
A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo’lib iqtsodig’tni 
o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, ob’ektiv, odamlarning 
irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday tizim o’zining ichki 
qonunyatlariga muvofiq amal qiladi. 
Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo’lmaydigan iqtisodiy 
qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonunlarning amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit 
tushunchasi bo’yicha, erkin raqobat hisoblanadi. Uning fikricha, faqat raqobat bozor 
ishtirokchilarining baho ustidan xukmronlik qilishga yo’l ko’ymasligi mumkin. 
Sotuvchilar qancha ko’p bo’lsa monopolizm ehtimolligi shuncha kam bo’ladi. Bu 
70 


iste’molchilar uchun qo’l keladi, negaki «monopoliyalar mahsulotlar taqchilligini 
keltirib chiqargan holda o’z mahsulotlarini tabiiy bahodan ancha yuqori bahoda
sotadilar va o’z daromadlarini ko’paytiradilar». 
A.Smit kitobining asosiy mohiyatini hukumatning va boshqalarning erkin 
raqobatga aralashuvini tanqid qilishi tashkil etadi. A.Smitning fikricha, iqtisodiy 
hag’tda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin raqobatni cheklamasa, unda u 
dung’ni takomillashuvga olib kelgan bo’lar edi. Bunday tasdiqlashda, A.Smit
o’zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlarning mavjudligiga asoslangan. Ammo ushbu 
qonunlar o’zgarmas deb tan olingan sharoitdagina ularning muhokamasi unchalik 
ma’no kasb etmaydi. Ular odamlarga foyda keltiradimi g’ki zarar - uning ham 
ahamiyati bo’lmaydi, negaki biz ularni bekor qila olmaymiz. Birdan-bir talab 
qilinadigan narsa - bu ularning amal qilishiga halaqit beruvchi sun’iy to’siqlardan 
jamiyatni ozod qilish. 
A.Smit iqtisodig’tning davlat sektori samarasizligini ko’rsatib o’tadi. «Har xil 
sabablarga ko’ra,- deb g’zadi u, - hukumat doimo va beistisno tarzda isrofgar. Eng 
avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha 
o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan. Undan tashqari, hukumat xususiy 
korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur 
bo’lgan e’tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch funktsiyasini 
tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, jamiyat uchun zarur 
bo’lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash. 
A.Smit merkantilistlarning protektsionizm sig’satini tanqid qiladi. Uningcha, 
chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mumkin bo’lgan tovarni o’zida ishlab 
chiqarish be’mani narsadir. «Har qanday ongli oila boshlig’ining qoidasi shundan 
iboratki, sotib olishdan ko’ra uyda tayg’rlash qimmatga tushsa, uni uyda 
tayg’rlamaslik... Ayrim oilalar uchun oqilona hisoblangan narsa, bir butun davlat 
uchun be’mani hisoblanmaydi». 
A.Smitning nazariy qarashlaridan turli davlatlar, eng avvalo Angliya hukumati, 
keyinchalik esa ko’pchilik Evropa mamlakatlari
o’zlarining iqtisodiy sig’satida foydalandilar: 
- ishchi kuchi harakatidagi (mobilnost) cheklashlarni bekor qilish (mehnat bozoridagi 
erkinlikni har xil turdagi feodal qoldiqlari cheklab kelgan); 
- erkin er savdosi, er uchastkalarini taqsimlashni taqiqlovchi qonunlarni bekor qilish,
davlat ixtig’rida qolgan erlarni xususiy
shaxslar o’rtasida taqsimlash; 
- davlatning sanoat va ichki savdoni bo’ysundirish qoldiqlarini yo’q qilish; 
- eksport va importni cheklashni man etish; 
- mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə