O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
 «Asr stagnatsiyasi». 
 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, D.Rikardo XVIII-XIX asrlarda 
kuzatilgan foyda normasining pasayish tendentsiyasini tushuntirib berishga harakat 
qildi. Uningcha, jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo’lgan talabning ko’payishiga olib 
keladi - bu esa aholining o’sishini rag’batlantiradi. Aholing o’sishi g’mon er 
uchastkalarini ishlashga majbur etadi va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat
mahsulotlari bahosining oshishini (demak, nominal ish haqining ham) va er 
rentasining ko’payishini keltirib chiqaradi. Shuning uchun tadbirkorlar er egasi va 
g’llanma ishchilarning daromaddagi hissasini (garchi bunda ularning real ish haqi 
oshmasa ham) ko’paytirishi kerak. Shunga muvofiq tadbirkorning daromaddagi 
ulushi kamayadi. Demak, foyda normasining pasayish tendentsiyasi xo’jalik 
rivojlanishining natijasidir, degan xulosaga keladi D.Rikardo. 
Bunday qonuniyat iqtisodiy o’sishning ob’ektiv chegaralarini keltirib 
chiqaradi: foyda normasining pasayib borishi bilan birga investitsiyaga va ishlab 
chiqarishni kengaytirishga bo’lgan qiziqish kamayadi. Iqtisodig’t ertami-kechmi o’z 
rivojlanishini to’xtatadi. Bunday prognoz T.Maltusning pessimistik qarashlariga 
o’xshab ketadi. D.Rikardo, «asr stagnatsiyasi» tendentsiyasini eng zarur bo’lgan 
tovarlar qiymatini pasaytirish tufayli sekinlashtirish mumkin, deb hisoblagan. Bunga 
texnika taraqqig’ti (mehnat sig’imini kamaytiruvchi va shu sababli mahsulot bahosini 
pasaytiruvchi) va chet mamlakatlardan erkin don olib kelish yo’li bilan erishiladi.
Ammo uning tasdiqlashicha, texnika taraqqig’ti ham, jahon savdosi rivojlanishi ham 
taraqqig’tning umumiy mantig’ini buza olmaydi. 
80 


Qig’sli ustunlik nazariyasi. 
D.Rikardo birinchilardan bo’lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, 
balki mamlakatlar o’rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning 
foydaliligini isbotlab berdi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda, u qig’sli 
ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir 
mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni 
sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi 
savdodan foyda ko’radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun 
boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. Shu boisdan, qig’sli 
ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u g’ki bu 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtsoslashishi kerak. 
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni 
tayg’rlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik 
mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish 
uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat 
sarflash zarur. Bu sharoitda Portugaliyaga vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali, 
garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat 
evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham. Gap shundaki, resurslarni gazlama 
ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qig’sli ustunlikka ega bo’lgan, vino 
tayg’rlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik 
mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi 
mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o’z kuchini 
gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi 
vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga 
olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa 
ko’rinadiki, qig’sli ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala 
mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti va 
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə