O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  5. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti “Bozor qonuni”, “Qiymat va ishlab



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

81 


5. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti “Bozor qonuni”, “Qiymat va ishlab 
chiqarish omillari nazariyalari”. 
 
Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQShda butun XIX asr 
davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga 
qadar, klassik maktab g’oyalarining va kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida 
A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. Shu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini 
ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi. 
J.B.Sey har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi 
bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, 
davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hag’tidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim 
sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Sig’siy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit 
kontseptsiyasini sistemalashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib 
berishga harakat qildi. J.B.Sey bu asarini qayta ishlab yangi nashrga tayg’rladi. Lekin 
bu asarning ikkinchi nashri ancha cho’zildi. Uning sababi shundaki, «Traktatdagi» 
iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodig’tga va xo’jalik 
hag’tini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga oshirilishi 
harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya hukumatidagi real 
hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. J.B.Sey yangi tuzumni tan olmagan holda, 
Tribunatning birinchi konsulining moliyaviy loyihasini ikkinchi nashrga 
tayg’rlanag’tgan «Traktatda» to’g’ri deb tasdiqlashdan bosh tortadi. Birinchi konsul 
nafaqat «Traktatni» nashr etishni man etdi, balki J.B.Seyni Tribunatdan chiqarib 
yubordi.
Ammo tinib tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi va 
keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga «Traktatni» ikkinchi nashrdan 
chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt 
ichida yana uch marta qayta nashr etildi - muvofiq ravishda 1817, 1819 va 1826 
yillarda. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi. 
Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar 
J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib 
sig’siy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar 
o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini sistemalashtirish va ommaviylashtirish 
mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy 
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan sig’satning, ideologiyaning va statistikaning 
ajralib chiqishini ma’qulladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə