O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


T.Maltusning “Nufus qonuni” ijtimoiy siyosatga munosabati. Maltus va



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
6. T.Maltusning “Nufus qonuni” ijtimoiy siyosatga munosabati. Maltus va 
hozirgi zamon. 
 
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan mualliflarni sharmanda 
qilish «an’anasi» bor edi. Ehtimol eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz
olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: 
kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng 
qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki 
ularning asosiy muxolifatlari bo’lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq
ustunliklariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega T.Maltusni 
shunchalik g’mon ko’rishgang’ Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish 
mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli 
kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarag’nlarini ongli ravishda ijtmoiy 
tartiblash tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, 
turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy 
manfaatdolik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham 
pessimizm g’t bo’lgan. 
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida 
tug’ilgan. Kembridj universitetini tamomlagach qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa 
sig’siy iqtisod professori bo’ldi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida 
85 


tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815), 
«Sig’siy iqtisodning boshlanishi» (1820) hisoblanadi.
«Nufus qonuni».
 
Er kurrasidagi resurslarning cheklanganligi va aholi ehtig’jlarining cheksizligi 
g’sh ingliz ruhoniysini iqtisodig’t bilan shug’ullanishga da’vat etadi. U 32 g’shida 
g’zgan «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarida o’zining bu mavzu bo’yicha butun 
dung’da katta qiziqish uyg’otgan, hozir ham unutilmagan mulohazalarni bag’n etgan. 
T.Maltus o’z mulohazalariga statistik materiallarni, katta hajmdagi faktlarni asos qilib 
olgan. Ularni o’rgangan holda T.Maltus, o’z tarixi to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega 
bo’lgan barcha
xalqlar o’zini-o’zi takror hosil qilishda shu qadar yuqori qobiliyatga ega bo’lganki, 
agar bu hodisa yashash vositalarining etishmasligi g’ki boshqa sabablar (kasalliklar, 
urushlar va b.) bilan to’xtatib turilmasa, balki odamlarning soni juda tez va muttasil 
ko’payib borgan bo’lar edi, deb isbotlab berishga uringan. 
T.Maltusning g’zishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta 
mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini etarli hajmda 
iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Iqtisodig’t, eng 
avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi o’zining ishlab chiqarish 
imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
Muallifning xulosa qilishicha, o’tmishda bo’lgan narsalar kelajakda ham 
qaytarilishi extimol, aholi o’sishi ham, agar u ongli suratda cheklanmasa, unda
kambag’allik,urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to’xtatilib 
turiladi. T.Maltus aholining tez o’sish sur’atini pasaytirish maqsadida 
kambag’allarning nikohdan o’zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif 
qiladi. Lekin uning o’zi ham o’z tavsiyalarining to’g’riligiga unchalik ishonmagan. 
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi 
kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat 
sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki 
hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq
bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi.
Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, 
qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik 
progressiyada o’sishi (eslatib o’tamiz , arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5.... 
ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib 
boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sishi mumkin (eslatib o’tamiz, 
geometrik
progressiyada o’sish 1,2,4,8,16,… ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 
2 barobar ko’p bo’ladi). 
Arifmetik progressiya geometrik progressiyaga nisbatan sekin oshib borganligi 
sababli, T.Maltus hisobidan kelib chiqadi: agar er kurrasi aholisi sonining o’sishi 
cheklanmaydigan bo’lsa, u chog’da odamlar dahshatli ocharchilikka duch keladilar. 
Bu erda T.Maltus insoniyat manfaati nuqtai nazardan o’limning ko’payishiga olib 
86 


keluvchi barcha omillarni - epidemiya, ocharchilik qirg’ini, urushlarni ijobiy 
baholash kerak, deb xulosa qiladi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’uli, eng ma’yusli 
hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari 
asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga tuproq unumdorligini 
oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 
imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi 
J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi - texnik 
jarag’n planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiyalashi va uning 
yuqori hag’t darajasini ta’minlashi mumkin.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə