O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


   «Bozor qonuni»



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

82 


 «Bozor qonuni». 
J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi 
savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va protektsionizmning har 
qanday qo’rinishiga yo’l qo’ymaslik printsiplarini qo’llab quvvatladi va ularni 
ko’klarga ko’tardi. Agar bu printsiplar qo’llanilsa, J.B.Sey bashoratiga ko’ra, 
ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham 
bo’lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu 
g’oyani rivojlantirib o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. Bu qonunning mohiyatiga 
ko’ra, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi g’ki boshqacha so’z bilan 
aytganda, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori avtomatik ravishda yaratilgan barcha 
tovarlar qiymatiga teng daromadni keltirib chiqaradi. Bu shu narsani bildiradiki
daromad egasining maqsadi pul topish emas, balki har xil moddiy buyumlarni sotib 
olish hisoblanadi, ya’ni olingan daromadning barchasi sarflanadi. Bunda pul faqat 
vositachilik rolini o’ynaydi, ya’ni u faqat yangi tovarlarni sotib olish uchun 
ishlatiladi. Bozor orqali tovarlar bir birlariga o’zaro xizmat qiladi. Shuning uchun, 
J.B.Seyning aytishicha, tovarlarning umumiy massasi talabning umumiy miqdoriga 
teng bo’ladi, o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi. Demak, jamiyat miqg’sida taklif va talab 
muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish 
faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga 
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik 
kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. 
«Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining 
asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning 
tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga sarflanmaydilar, balki 
ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi 
talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat 
Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq 
iste’molga sarflanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga ajratiladi. 
Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o’rtasidagi muvozanat 
buziladi. 
Ammo, «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy 
liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa ishlab chiqarish 
(taklif) o’ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning passiv roliga 
asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida albatta shunday daromadlarni 
keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin realizatsiya qilinadi. Iqtisodiy
liberalizm kontseptsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonuni» shu 
ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi
xo’jalik kon’yukturasidagi o’zgarishga darhol moslasha oladi, iqtisodig’tning o’zini-
o’zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan. 
83 


Haqiqatdan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli 
iqtisodig’t amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, 
ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə