O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

78 


 
Renta va ish haqi nazariyalari.
D.Rikardo tabiat va kapitalning qiymatni ko’paytirish
xususiyatini inkor etadi. Masalan, uning nazariyasida er rentasi (erdan foydalangani 
uchun ijara haqi) bu tabiat natijasi emas, balki sotsial omillarning qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining bahosiga bo’lgan ta’siri natijasidir. Odamlar, birinchi navbatda, eng 
unumdorli erlarda ishlaydilar. Ammo aholi sonining ko’payib borishi g’mon erlarni 
ham ishlashga majbur etadi. Chunki yaxshi erlarda etishtirilgan mahsulotlar o’sib 
borag’tgan aholining ehtig’jlarini qondira olmaydi. 
Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan er uchastkasida ishlashga 10 soat 
ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining o’sishi oziq-
ovqat tovarlari bahosining oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni 
g’mon erlarni ham ishlashga majbur qiladi. Bu erlardan ko’rsatilgan miqdordagi 
hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq 
mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam 
bo’lmasligi kerak, aks holda g’mon er uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. 
Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng 
mehnat sarflaydilar, o’z mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. o’rtadagi 5 birlik 
farq er egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta hisoblanadi. 
Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholining yana o’sishi kishilarni yana ham 
g’monroq erlarni ishlashga majbur etadi, bu esa qishloq xo’jalik mahsulotlari 
qiymatining o’sishiga va rentaning qo’payishiga olib keladi. 
Shunday qilib, er rentasi miqdori tuproq unumdorligiga va uchastkaning 
bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoida keyinchalik differentsial 
renta kontseptsiyasi nomini oladi. 
A.Smit ta’limotiga ko’ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta esa - er
unumdorligi natijasi hisoblanadi. D.Rikardoda ish haqi - mehnat sarflari natijasi, 
renta esa - kamg’blik va er uchastkalarining har xilliligi natijasi hisoblanadi. Renta 
qiymat yaratmaydi. Aksincha renta miqdori bozor bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. 
«Renta to’langani uchun non qimmat emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta 
to’lanadi... Agar, hatto, er egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning 
bahosi hech kamaymagan bo’lar edi», - deb g’zadi D.Rikardo. 
Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining ko’payib 
borish tendentsiyasi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishi va 
milliy daromadda renta miqdorining ko’payib borish tendentsiyasi D.Rikardoni juda 
tashvishga solgan. U, bundan qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga o’xshab,
tug’ilishni kamaytirish deb bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, g’mon erlarni 
ishlamaslikka imkon beruvchi yana bir vosita - mustamlakalardagi yuqori unumdorli 
erlardan foydalanish hisoblanadi. Uchinchi vosita - xalqaro savdoni rivojlantirish, 
aholisi zich bo’lmagan mamlakatlardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. 
Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi 
texnik taraqqig’tga ishonch hosil qilgan. 
79 


D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, mehnatning qiymati ishchining jismoniy jihatdan 
yashash va avlodini ko’paytirish uchun zarur bo’lgan hag’tiy vositalar qiymati bilan 
aniqlanadi. Demak, real ish haqi doimiy. Nominal ish haqi esa oziq-ovqat 
mahsulotlari bahosi oshishi sababli ko’payishi mumkin. Agar mehnat taklifi juda 
oshib ketsa, uning bahosi qiymatidan past bo’ladi. Bunday vaziyatda T.Maltusning 
aholining nufus qonuni amal qiladi: aholi o’sishi kambag’allikni kuchaytiradi, u o’z 
navbatida aholining o’sishini sekinlashtiradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə