O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Mehnat bozori va pul. 
A.Smitning ko’rsatib berishicha,
taklifning 
talabga moslashuvi nafaqat 
tovarlar bozorida, balki faoliyatning boshqa sohalarida ham kuzatiladi. Masalan, 
aholining o’sishi ishchi kuchiga bo’lgan talab bilan tartibga solinib turiladi. Quyi 
sinflarda an’anaviy ravishda bolalarning tug’ilishi ko’p bo’ladi. Lekin ishchi kuchiga 
talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo’ladi, ularning ko’pi kambag’allikdan o’lib 
ketadi. Ish haqining ancha yuqori bo’lishi esa, ularning ko’pchiligining yashab 
ketishiga olib keladi. 
Xuddi shunga o’xshab pulga bo’lgan talab uning taklifini tartibga solib turadi. 
Mamlakatda tovar muomalasi uchun metall pullar qanchalik talab qilinsa, shunchalik 
mavjud. Agar mamlakatda tovarlar kamayib ketsa, unda pul foydasiz bo’lib qoladi va 
import tovarlarni sotib olish uchun chetga chiqariladi. Banklar ham ortiqcha 
miqdorda banknot biletlarini chiqarishdan manfaatdor bo’lmaydi. Agar ular juda ko’p 
74 


biletlarni chiqarsalar, unda tovarlar bahosi oshib ketadi, bilet egalari esa ularni oltin 
va kumushga almashtirib berish uchun da’vo qiladilar. 
Merkantilistlarning pul kontseptsiyasini rad etishga bo’lgan A.Smitning kuchli 
istagi uni boshqa jarga tortdi. U, har qanday boshqa tovarga qaraganda pulga bo’lgan 
zarurat kamroq bo’ladi, deb tasdiqlaydi. Uningcha, pul ancha qimmat muomala 
xarajatlari hisoblanadi. Shuning uchun, iqtisodig’t pul miqdoriga qancha kam muxtoj 
bo’lsa, jamiyat talafotlari shuncha kam bo’ladi. Mamlakatda pul massasini 
ko’paytirishga qaratilgan merkantilistlar sig’sati esa bema’nidir. A.Smitning pulning 
roliga etarlicha ahamiyat bermaslik qoidasini klassik maktab bo’yicha uning 
izdoshlari o’zlashtirib oladilar va o’z ta’limotlarida qo’lladilar. 
75 



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə