O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Taqsimot nazariyasi. 
 
A.Smitning taqsimot nazariyasi ishlab chiqarish nazariyasiga nisbatan unchalik 
ishonarli chiqmagan. Uni keyinchalik D.Rikardo va J.B.Seylar to’ldiradilar. 
A.Smitning taqsimot modelining zaifligi uning qiymatni tushunishdagi nuqsonlari, 
qishloq xo’jaligiga nisbatan fiziokratik bid’atlari, xizmat ko’rsatish sohasiga munosib 
baho bermasligi, kapital va mehnat evaziga daromadning shakllanishi to’g’risidagi 
hatosi (u foyda va foiz farqini ajratmadi, keyin unda ish haqi goh yashash vositalari 
minimumi qiymatiga kelib taqaladi, goh talab va taklif bilan tartiblanib turiladi) bilan 
bog’liq. A.Smitning taqsimot nazariyasi ko’plab sotsialistik g’oyalar uchun «manba» 
bo’lib xizmat qildi. 
A.Smit nazariyasi bo’yicha daromad uch qismga bo’linadi: ish haqi, renta va 
foydaga. Joriy moddiy sarflar ham pirovard natijada daromadga kelib taqaladi. («Smit 
dogmasi» atalmish narsa). Masalan, ko’ylakning qiymati yuqorida ko’rsatilgan 
daromad turlaridan tashqari gazlamaning qiymatini ham o’z ichiga oladi. Lekin
gazlama konkret ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va uni sotishdan tushgan 
tushum ham daromadga va xom ashg’ (ip) to’lovlariga bo’linadi. Ipning qiymati esa 
o’z navbatida ish haqini, rentani va foydani o’z ichiga oladi. Pirovard natijada 
hammasi daromadga kelib taqaladi, deb hisoblaydi A.Smit. 
U uch sinfni ajratib ko’rsatib beradi (daromadlar manbai mezoniga muvofiq): 
ishchilar, er egalari va kapitalistlar. Bu sinflar vakillarining daromadlari yig’indisi 
jamiyatning milliy daromadini tashkil etadi. Demak, milliy daromad uchta ishlab 
chiqarish omili (mehnat, er va kapital) ishtirokida yaratiladi. Daromadning boshqa 
turlari (xizmat ko’rsatish sohasidan, davlat xizmatidan keladigan) - ikkilamchi, 
milliy daromadni qayta taqsimlash tufayli vujudga keladi, ya’ni ishchilar, er egalari 
va kapitalistlar daromadidan to’lanadi. 
A.Smitning o’zi taqsimot sohasini juda yaxshi (ideal) tashkil etilgan deb 
hisoblamaydi (ayni chog’da, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi tabiiy tartib uni to’liq 
qoniqtirgan bo’lsada). Uning tasdiqlashicha, «renta va foyda ish xaqini eb tashlaydi 
va .yuqori sinflar quyi sinflarga zulm o’tkazadi». Kapitalistlar ishchilar bilan 
savdolashishda ustunlikka ega, negaki kapitalistlar bir-ikki yil ularsiz yashay oladilar
ishchilar esa doimiy daromad olishga muxtoj. Mehnat bozorida kapitalistlarning 
ustunlik holati natijasida mehnat xaqi normasi ishchi oilasi uchun zarur bo’lgan 
yashash minimumi darajasiga intiladi. Mazkur qoida «ish haqi fondi» (g’ki «ish 
haqining temir qonuni») kontseptsiyasi nomini olgan. Bunda shu narsani hisobga 
olish zarurki, ya’ni A.Smit qayd qilib o’tgan «mehnatning tabiiy bahosi» nafaqat 
jismonan yashab ketishini taqozo etadi, balki normal yashash shart-sharoitlarining 
bo’lishini (ular turli mamlakat va davrlarda har xil bo’ladi) ham ko’zda tutadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə