O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  4. Uning “Ko’rinmas qo’l”, unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

71 


4. Uning “Ko’rinmas qo’l”, unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi 
ta’limotlari. 
 
Bozor iqtisodig’ti bir markazdan turib boshqarilmaydi. Shunday bo’lsada, u 
muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo’jalik faoliyatining har bir ishtirokchisi o’z 
maqsadini ko’zlagan holda ish yuritadi . Biroq bunday sharoitda alohida kishilarning 
manfaatlari qanday uyg’unlashadi, barcha jamiyat manfaatlari qanday realizatsiya 
qilinadig’ Birinchi bo’lib bu muammoni ilmiy darajaga ko’targan A.Smit bo’ladi. U 
shunday g’zadi: «Har bir kishi o’z kapitalini ko’proq qiymat keltiradigan qilib 
ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga ta’sir ko’rsatishni nazarda 
tutmaydi va unga ancha ta’sir ko’rsatag’tganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini 
nazarda tutadi, faqat o’z foydasini ko’zlaydi. Shunday bo’lsada, bunday sharoitda
ko’rinmas qo’l uni maqsad sari yo’naltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga 
kirmagan bo’lsa ham. O’z manfaatlarini ko’zlagan holda u jamiyat manfaatlariga tez-
tez ko’proq xizmat qilib turadi, ataylab unga xizmat qilgandan ko’ra». Mazkur qoida 
«ko’rinmas qo’l» kontseptsiyasi nomini olgan. 
A.Smit aytib o’tgan «ko’rinmas qo’l» - bu bozor mexanizmi. U bozorning o’z 
funktsiyasini bajarib turishini ta’minlaydi. Bozor mexanizmi eng avvalo baho orqali 
iqtisodig’tda «tartib o’rnatadi». Iqtisodiy nazariyada baho bozor xo’jaligining asosiy 
tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o’zgarishi to’g’risida ishlab 
chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib turadi, ularni
bir-birlarining manfaatlariga moslashishga majbur etadi. Bozor mexanizmida raqobat 
muhim rol o’ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni resurslardan samarali foydalanishga 
va xaridorlar ehtig’jini hisobga olishga majbur qiladi, resurslarning tarmoqlar 
bo’yicha ratsional taqsimlanishiga imkoniyat yaratib beradi. 
Demak, bozor mexanizmi normal ishlab turgan sharoitda odam faqat boshqa 
kishilarga xizmat qilish va o’z mehnati hamda mehnat mahsulotini ayirboshlashga 
taklif qilish orqali o’zining manfaatlari yo’lida ish yuritishi mumkin. Odamlar bir 
birlariga g’rdam beradilar va bir vaqtning o’zida jamiyatning rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatadilar, garchi ularning har biri egoist va faqat o’z manfaatlari yo’lida kuyib-
pishag’tgan bo’lsa ham. Odamlarning o’z moddiy ahvolini yaxshilashga bo’lgan 
tabiiy intilishi - bu shunday kuchli stimulki, agar uning amal qilishga halaqit 
berilmasa, unda u o’z-o’zidan jamiyatni faravonlikga olib kelish qurbiga ega, deb 
hisoblaydi A.Smit. Shunday qilib, A.Smit nazariyasi bo’yicha, foyda ketidan quvish 
va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi. (Sobiq Ittifoqda uzoq yillar davomida bu 
fikrga qarshi kurashib kelingan).

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə