O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi. 
 
A.Smit «sarfli» qiymat nazariyasiga asos soldi. U tovarning foydaliligi 
(iste’mol qiymati) bilan almashuv qiymatini bir- biriga qarshi qo’ydi va almashuv 
qiymatining shakllanishini tahlil
72 


qilishda foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik bu nazariyadan ikki qarama-qarshi 
yo’nalish hisoblangan - iqtisodiy liberalizm va sotsializm vakillari o’zlarining 
printsiplarini asoslash uchun foydalandilar. 
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy 
o’zgarishlarning natijasidir deb ko’rsatib o’tadi. Lekin
boylikning «haqiqiy» qimmati doimo o’zgarib turishi mumkin emas. Shuning uchun 
A.Smit o’z oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya’ni uning qiymatini topish 
vazifasini qo’ydi. Bunda u bir vaqtning o’zida ikki har xil kontseptsiyadan 
foydalandi. Birinchisi - tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan 
aniqlanadi: qancha ko’p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo’ladi (bu 
kontseptsiya D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi). 
Ammo ushbu qoida, A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqig’tining dastlabki 
bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo’llaniladi. Lekin tsivilizatsiyalashgan 
jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va er ham hisobga olinadi. Ikkinchi 
kontseptsiya ana shunday paydo bo’ladi, unga binoan tovar qiymatini yaratishda 
barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, er) qatnashadi. Shunga muvofiq 
tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va er rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab 
chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o’z qarashlarida bu ikkala
kontseptsiyadan foydalandi (1-rasm). 
Ishlab chiqarish Taqsimot 
1-rasm.
Qiymatning tashkil topishi to’g’risidagi A.Smitning ikki 
kontseptsiyasi. 
Ushbu rasmda A.Smitning birinchi kontseptsiyasi «mehnat» so’zi g’zilgan 
yaxlit strelka ko’rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona
manba ekanligini ko’rsatdi. Mehnat bilan
yaratilgan daromad taqsimlanish jarag’nida ish xaqiga, foydaga va rentaga bo’linadi. 
A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasining asl ma’nosi «Kapital» va «Er» so’zlari 
g’zilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka g’rdamida ifodalangan. Bu kontseptsiya 
mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga kapital va er ham ishtirok 
etishini bildiradi. Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida 
bo’ladi. Mehnat ish haqi ko’rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko’rinishida 
daromad yaratadi, er renta ko’rinishida daromad yaratadi. 
A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni («qoloq 
jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiqot qilishga 
o’tish bilan bog’liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat 
Foyda 
Ish haqi 
Renta 
Kapital 
Mehnat 
Qiymat 
Er 
73 


qiymatning yagona manbai bo’la olmaydi. Oldin mehnat vositalari ishlab 
chiqaruvchiga qarashli bo’lgan. Kapital jamg’arilishi va erning xususiy mulkga
aylanishidan oldingi jamiyatda, deb g’zadi A.Smit, mehnat miqdorlari o’rtasidagi 
nisbat mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo’lib kelgan. Barcha mehnat 
mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’ladi va sarflangan mehnatning miqdori 
bahoning yagona o’lchovi hisoblanadi. 
Keyinchalik kapital jamg’arilib borgan sari vaziyat o’zgarib boradi. Tovarning 
qiymati ikki qismga bo’linadi: bir qismi ish xaqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga. 
Kapital egasi g’llanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab 
chiqaruvchiga qarashli bo’lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga
tegishli bo’ladi. Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo’la olmaydi. 
A.Cmitning fikri bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki, uning 
tarkibiy qismlari mehnat, kapital va er uchun to’lanadigan tabiiy normalarga
taxminan mos keladi. Bu tabiiy normalar mintaqalar bo’yicha farq qiladi va ular 
hag’t darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o’rtacha xarajatlar darajasiga va 
boshqalarga qarab o’rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» 
kontseptsiyasiga o’xshab ketadi. Ikkita g’ndashuvning farqi shundaki, 
F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o’rnatiladi, A.Smit 
bo’yicha esa, «tabiiy bahoning» shakllanishi - ob’ektiv bozor qonunlarining amal 
qilish natijasidir. 
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab 
undan yuqori g’ki past bo’lishi mumkin. Ushbu tebranish tufayli taklif talabga 
moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo’lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo’lgan 
bo’ladi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Va aksincha, talabning ortishi 
bahoning oshishini va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Natijada bozor bahosi 
«tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning etishmasligi, tabiiy va sun’iy 
monopoliyalarning mavjudligi bilan bog’liq holatlar bundan istisno. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə