O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekistonda sud –huquq islohatlarining hayotiy zaruriyati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə102/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4. O`zbekistonda sud –huquq islohatlarining hayotiy zaruriyati
Mamlakatimizda barsa sohalarda o`tkazilayotgan islohotlarning o`ziga xos xususiyati, bu ularning bosqichma-bosqichligida namoyon bo`ladi, chunki har bir bosqichda aniq choralarning amalga oshirilishi ijtimoiy, moddiy va tashkiliy shart-sharoitlarning mavjudligiga bog`liqdir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining sudlarni ixtisoslashtirishni nazarda tutuvchi 2000 yil 14 avgustdagi "O`zbekiston Respublikasi sud tizimini takomillashtirish to`g`risida" gi Farmoni sudlarning mutlaqo yangidan tuzilishiga asos soldi.
Mazkur Farmon suddagi ishlarning adolatli va o`z vaqtida ko`rib chiqilishini ta'minlash, fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy hukuq va erkinliklarini qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirdi. Shuning uchun fuqarolarning sudlarga bo`lgan ishonchlari ortib, buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan sudga murojaatlari ko`paymoqda. Sudyalikka nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish masalasi ijro hokimiyati aralashuvidan butunlay holi qilindi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 24 sentabrdagi Farmoni bilan "Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi" ning yangi tahrirdagi nizomi qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega bo`ldi.
Sud-huquq tizimidagi islohotlar fuqarolar turmush tarziga to`liq kirib kelayotganligi kundan kunga yaqqol sezilib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan jazo amaliyotini liberallashtirish masalasi kun tartibiga qo`yilgach, ijtimoiy xavfi uncha katta bo`lmagan jinoyat sodir qilgan shaxslarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo turlarini qo`llash, iqtisodiy sohada jmnoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda idtisodiy ta'sir choralaridan foydalanish, bir so`z bilan aytganda, jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash jinoyatchilikning oldini olishda samaraliroq usul ekanligi qonunlashtirildi. Yurtboshimiz sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chukurlashtirishni talab qilish bilan birga sudlanuvchilarga og`ir jazo tayinlanish amaliyotini qattiq qoraladilar. Haqiqatan ham jazo tayinlashdan maqsad jinoyat sodir etgan shaxsga azob berish emas, balki uni qayta tarbiyalashdir.
Iqtisodiy jinoyatlarni sodir kilgan va jinoyat oqibatida keltirilgan zararni qoplagan ko`plab mahkumlar qamoq joylaridan ozod etildi. Statistik ma'lumotlardan ko`rinishicha, mazkur qonun amalga kiritilganidan buyon bir yil davomida jinoyat oqibatida yetkazilgan 2.514.335.000 so`mlik moddiy zarar qoplanganligi tufayli 2026 shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bo`lmagan jazolar tayinlangan.
Demokratik va adolatli fuqarolik jamiyati qurishning asosi aynan sud-huquq sohasidagi ijobiy o`zgarishlarga bogliq ekanligini Yurtboshimiz ko`p bora ta'kidlagan. Xususan, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to`qqizinchi sessiyasida so`zlagan nutqida ham mamlakatimizda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida "Sud-hukuq sohasini isloh qilish bo`yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirish" zarurligini alohida uqtirib o`tdilar.
Darvoqe, davlatimiz rahbari o`z ma'ruzasida ta'kidlaganidek: "Bu sohadagi eng muqim vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini so`zda emas, amalda ta'minlash bo`lmog`i zarur. Sudlar tom ma'noda mustaqil bo`lgan holdagina qonunlarning qat'iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so`zsiz ta'minlanadi. qayerda sud mustaqil bo`lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar"
Ba'zi protsessualchi olimlar fikricha, sud hokimiyati «qonun-ga bo`ysundirilgan va sud ishlarini yuritish tartibida qonunni qo`llashga da'vat etilgan organlar tizimini tashkil qiladi»13. Sud hokimiyatini ta'riflashga doir boshqacha yondashuv uni sud ishlarini ko`rib chiqish bilan borliq faoliyat sifatida tushunishdan iboratdir. Har ikkala konsepsiya tarafdorlari tomonidan takdim etilgan sud hokimiyati tushunchasida uzviy birlikni tashkil etadigan ikkita asosiy jihat ajratib ko`rsatiladi.
Sud hokimiyatini amalga oshirish tartib-qoidalarining bir necha ko`rinishlari qaror topganki, ularga sud ishlarini yuritishning konstitutsiyaviy, fuqarolik, xo`jalik, jinoiy va ma'muriy turlari kiradi. Bunday sud ishlarini yuritish maxsus qonun hujjati bilan tartibga solinadi.
Fuqarolarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining faoliyatida asosiy mazmunga aylanmori kerak. Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo`lib qolishi lozim”15.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan sudlar ixtisoslashuvining joriy etilishi, ya'ni umumiy yurisdiksiyali sudlarning fuqarolik ishlarini ko`rib chiqadigan va jinoyat ishlarini ko`rib chiqadigan sudlarga ajratilishi sud tizimini isloh qilishdagi jiddiy qadam bo`ldi. Bu narsa, albatta, fuqarolar xukuq va erkinliklari himoyasi kafolatlanishini yanada kuchaytiradi, sudlarda ishlarning sifatli va o`z vaqtida ko`rib chiqilishini to`laroq ta'minlaydi. Sudlar ixtisoslashuvi odil sudlovni amalga oshirish uchun qo`shimcha kafolat bo`ladi.
Bir qator rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniyada ko`plab o`n yilliklar davomida odil sudlovning ixtisoslashgan sudlar tomonidan amalga oshirilishi o`zini oqlab kelmokda. Shu mamlakatlarning ayrimlarida sudyalar ixtisoslashuvi bundan ham kengroq bo`lib, masalan, oila, mehnatga oid ishlar, voyaga yetmaganlarning ishlari va shu kabilar bo`yicha tabaqalashtirilgan. O`zbekiston Respublikasi ham sud faoliyatini yanada ixtisoslashtirish yo`lidan ildam bormokda.
“ Sudlar to`g`risida”gi qonundagi asosiy yangiliklardan biri umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi-fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha mustaqil sudlar tashkil etilishini joriy qilishdan iborat bo`ldi. Qonun ilk marta umumiy yurisdiksiya sudlarida protsessual qonunchilikning eng muhim institutlaridan biri- ishlarning apellatsiya tartibida ko`rib chiqilishining joriy etilishini nazarda tutadi.
Bunday institut xalqaro amaliyotda sinovdan o`tgan va respublikada xo`jalik sudlari tizimida qo`llanib kelinadi. Ishlarning apellatsiya tartibida ko`rib chiqilishi yuqori sud instansiyasiga dalillarni bevosita tekshirib chiqish va ishning mohiyati bo`yicha qaror qabul qilish imkonini beradi, bu esa, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasining kafolatlarini ancha kuchaytiradi, sud ishlarini yuritish samaradorligi va operativligini oshiradi, davlat mablag`larining jiddiy tejalishiga olib keladi.
Jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual qonunlariga o`zgartirishlar kiritilishi sudlar ixtisoslashuvi joriy etilishining mantiqiy davomi bo`ldi, bunday o`zgartirishlar tufayli protsess ishtirokchilari huquqlariga rioya qilinishining protsessual kafolatlari kengaydi, sudda himoyalanish hukuqini amalga oshirishga doir qonuniy mexanizm kuchaytirildi, sud protsessida tortishuv tamoyili ta'minlanishi tomon keskin qadam qo`yildi.
Bundan tashqari, sud ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko`rib chiqish institutlarining joriy etilishi sudda yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatolarni o`z vaqtida tuzatish uchun qo`shimcha kafolat hisoblanadi.
“Sudlar to`g`risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi davr talabi edi. Bu qonun sudlar mustaqilligini mustahkamladi, sudyalik lavozimiga tavsiya qilishning yangi tartibini belgiladi. Qonunning ushbu talabi ijrosini ta'minlash uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tavsiya qilish bo`yicha Oliy malaka komissiyasi to`g`risidagi Nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.
Sudyalarning mustaqilligiga erishish, sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika va mablag` bilan ta'minlash masalalarini takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 sentabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli organ-sud karorlarining ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash Departamenti va uning joylardagi bo`linmalari tashkil etildi.
Departamentning asosiy vazifasi sud hujjatlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va mablar bilan ta'minlashga doir ishlarni tashkil etishdan tashqari, sudlar binolarini qurish va ta'mirlash uchun ajratilgan kapital mablag`larning samarali o`zlashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat. Sudyalar va sud protsesslari xavfsizligini ta'minlash, sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo`yish ham Departament vazifalariga kiradi.
Sud-huquq islohoti yangi bosqichining boshlang`ich nuqtasi, shubhasiz, ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasi bo`ldi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov sessiyada so`zlagan nutqida O`zbekiston mustaqillikka erishganligining g`oyat katta ahamiyatini, mamlakatning o`n yil davomida demokratiya va taraqqiyot yo`lidan mustaqil rivojlanishi sharoitida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilgan.
Tub o`zgartirishlar muhimligini ta'kidlab, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jinoyat qonunchiligini insonparvarlik, adolatparvarlik, huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillariga mos ravishda liberallashtirish masalalari xususida alohida to`xtalib o`tdi.
Ushbu sessiyada respublika parlamenti O`zbekiston Respubli-kasi Prezidenti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida taqdim qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari xamda Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ko`rib chikdi.
Oliy Majlis tomonidan sud-huquq islohotlarining ikkinchi bosqichini boshlab bergan qonunning qabul qilinish natijasida jinoyat qonun hujjatlarining umumiy yo`nalishi butunlay o`zgarib, huquqiy demokratik davlat qoidalariga, fuqarolik jamiyatini shakllantirish shart-sharoitlariga yanada ko`proq darajada muvofiq bo`ldi.
Sud-huquq tizimining demokratik asoslarini yaratishdan, umuman olganda, xususan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarinmng mentalitetini o`zgartirishdan iborat bo`lsa, hozirgi asosiy vazifa erishilgan natijalarni mustaxkamlash, ularning samaradorligi va realligini " so`zda emas, qog`ozda emas, balki amaliy hayotda fuqarolarning huquqiy va erkinliklarining zarur kafolatlarini ta'minlovchi demokratik prinsiplarni" ro`yobga chiqarishdan iborat bo`lib qoldi. Bularning hammasini jamlab olganda oldimizda sud-huquq islohotlarini rivojlantirishning yangi istiqbollari ko`ndalang bo`ladi, eng avvalo, ularni nazariy jihatdan chuqur o`rganish, ularga har tomonlama yondoshish va izchil ravishda amalda ro`yobga chikarish taqozo etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning ko`shma majlisida "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" nomli ma'ruzasida davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa sifatida hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o`rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish, sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish, shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo`llash uchun sanksiya berish huquqini sudga o`tkazish, jazolash tizimidan o`lim jazosini chiqarib tashlash vazifalarini qo`ydi va ular-ni bugungi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalarda olib borilayotgan islohatlarning ustuvor yo`nalishlari ekanligini ta'kidladi.
Shuni aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko`tarildi. Bu islohotlarning asl mohiyati xalq farovonligini oshirish, jamiyatda ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyillarining ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan bo`lib, ularning sur'ati va natijalari har birimizning bugungi kundagi shijoatimiz va harakatimizga bog`liqdir.
Sud-huquq tizimini bundan buyongi isloh qilishning mohiyati va ma'nosi "Adolat qonunni og`ishmay ro`yobga chiqarishdadir" degan qoidadan iborat bo`lmog`i lozim. Ayni mana shu g`oya sud-huquq islohotlari tamoyilining o`zagiga, uning ruhi va mohiyatiga aylanishi, sud-huquq tizimini isloh qilishning butun jarayoniga daxl qilib qolmay, balki jamiyat davlat qurilishini butunlay isloh qilish jarayonining tarkibiy qismiga ham aylanishi kerak. Shu munosabat bilan modernizatsiyalash qonunning shak shubhasiz ustuvorligi qoidasiga qat'iy rioya etgan holda amalga oshirilishi lozim. Bu esa, sud-huquq tizimi nuqtai nazaridan olganda quyida keltiriladigan prinsipial masalalarni qonun yo`li bilan hal etishni taqozo qiladi:
Sudyalar va sudlarning ixtisoslashuvini davom ettirish, shak shubhasiz, sud hokimiyati faoliyatining samaradorligini oshirish borasida tashlangan muhim va amaliy qadam bo`ldi.
 XIII MAVZU. O`zbekiston Respublikasi Prokuraturasi

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə