O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Standart talablari 


167 
Ko‗chmas mulk qiymatini baholash quyidagi bosqichlardan tashkil 
topadi: 

baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini 
baholash to‗g‗risida shartnoma tuzish; 

axborot yig‗ish va uni tahlil qilish; 

ko‗chmas mulkdan eng maqbul va eng samarali foydalanishning 
tahlili; 

baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va 
qo‗llash; 

baholash natijalarini, qo‗llanilgan baholash yondashuvlarini 
muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash; 

baholash to‗g‗risida hisobot tuzish. 
Baholashga oid vazifani belgilash 
Baholashga oid vazifa buyurtmachi tomonidan baholovchi 
tashkilot bilan hamkorlikda tuziladi va baholash obyektini baholash 
to‗g‗risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholashga 
oid vazifada quyidagilar ko‗rsatilishi lozim: 

baholash obyektining tavsifi; 

baholash sanasi; 

baholash maqsadi (maqsadlari) va baholash natijalaridan 
foydalanish mo‗ljali; 

baholash maqsadiga muvofiq bo‗lgan qiymat turi; 

farazlar va cheklovchi shartlar; 

buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etishi lozim bo‗lgan 
boshlang‗ich axborot ro‗yxati; 

baholash ishlarini bajarish muddatlari. 
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga 
qarab baholashga oid vazifa qo‗shimcha shartlarni o‗z ichiga olishi 
mumkin. 
Baholash obyektining tavsifi quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim: 

baholash obyektining nomini; 

baholash obyektining manzili (joylashgan yeri)ni; 


168 

baholanayotgan ko‗chmas mulk tarkibi haqidagi uning har bir 
tarkibiy qismini identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‗lgan axborot 
ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni; 

baholanayotgan ko‗chmas mulkka bo‗lgan mulkiy huquqlar, 
shuningdek, mazkur huquqlarga doir cheklashlar va ularga boshqa 
shaxslar huquqlarining yuklanishi haqidagi ma‘lumotlarni. 
Baholash obyektiga nisbatan uchinchi shaxslarning mulkiy 
huquqlarini, mazkur obyektdan foydalanishdagi cheklashlarni va unga 
boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishini tasdiqlovchi hujjatlar 
bo‗lmagan taqdirda, uning qiymatini baholash, agar baholashga oid 
vazifada o‗zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‗lsa, baholovchi 
tomonidan ko‗rsatilgan huquqlar, cheklashlar va boshqa shaxslar 
huquqlarining yuklanishi yo‗qligi haqidagi farazdan kelib chiqib amalga 
oshiriladi. 
Baholash maqsadi sifatida baholash natijalaridan yoki baholash 
to‗g‗risidagi hisobotdan foydalanishning buyurtmachi tomonidan 
mo‗ljallanayotgan usuli ko‗rsatiladi. 
Ko‗chmas mulk qiymatini baholashda baholash obyektining bozor 
qiymati aniqlanishi lozim, agar baholash obyektini baholashda 
qo‗llanilayotgan normativ-huquqiy hujjatda yoki baholash obyektini 
baholash to‗g‗risidagi shartnomada o‗zgacha tartib o‗rnatilgan bo‗lmasa. 
Bozor qiymatidan boshqacha qiymat aniqlanishi lozim bo‗lgan 
holatlarda qo‗llanish sabablari hamda aniqlanayotgan qiymat va bozor 
qiymati o‗rtasidagi farqlar baholash to‗g‗risidagi hisobotda bayon 
etilishi va yoritib berilishi lozim.
Baholash obyektining bozor qiymati oldi-sotdi bitimini tuzish 
xarajatlari va bitim bilan bog‗liq bo‗lgan soliqlarni hisobga olmasdan 
aniqlanadi. 
Bundan tashqari ko‗chmas mulk qiymatini baholash jarayoni 10-
son MBMS bo‗yicha quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 

Axborot yig‗ish va uni tahlil qilish; 

Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili; 

Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va 
qo‗llash; 


169 

Baholash natijalarini qo‗llanilgan baholash yondashuvlarini 
muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash. 
Shu bilan birga, 10-son MBMS ―Baholash to‗g‗risidagi hisobotga 
qo‗yiladigan talablar‖, ―Ayrim turdagi ko‗chmas mulkni baholash 
xususiyatlari‖, ―Axborotni oshkor etishga qo‗yiladigan talablar‖, 
―Standartdan chetga chiqish shartlari‖ kabi bo‗limlarni o‗z ichiga olgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son 
MBMS) ―Ko‗chmas mulk qiymatini baholash‖ ilovasida mazkur 
strandartni qo‗llash tartibini belgilovchi 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə