O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Nazorat savollari 
 
1.
Ko‗chmas mulk bilan bog‗liq baholash faoliyatlari subyekti 
deganda nimani tushunasiz?
2.
Ko‗chmas mulk bilan bog‗liq baholash faoliyatlarini tashkil 
etish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? 
3.
Ko‗chmas mulk bilan bog‗liq baholash faoliyatlarining subyekti 
qanday tartibda litsenziyalanadi? 
4.
Baholash faoliyatlari baholovchisining malaka sertifikatiga ega 
bo‗lish tartibini izohlang. 
4. Ko‗chmas mulk qiymatini baholashga yo‗naltirilgan biznes 
menejmenti deganda nimani tushunasiz? 
5. Ko‗chmas mulk qiymatini baholash faoliyatida marketing 
o‗rnini izohlang. 
6. Developmentning mohiyati nimadan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 


163 
6-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATINI BAHOLASH 
STANDARTLARI VA ULARNI QO„LLANISH 
XUSUSIYATLARI 
 
6.1. Ko„chmas mulk qiymatini baholashning milliy standartlari va 
ularni baholash obyekti turlari bo„yicha qo„llanish xususiyatlari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlaridagi ko‗chmas mulkni baholashning 
xalqaro me‘yorlari talablariga aynan o‗xshash ko‗chmas mulk 
obyektlarini baholashning amaldagi tizimi O‗zbekistonda mavjud emas 
edi. 
Mavjud me‘yoriy usullar ikkilamchi bozor talablariga javob 
bermaydi, xorijiy investitsiyalarni hisobga olmaydi, bozor iqtisodiyoti 
sharoitlariga mos kelmaydi. 
Ko‗chmas mulkni baholash milliy standart (KMBMS)larining 
umuman yangi tizimini yaratish uchun asosiy shart-sharoitlar va talablar 
quyidagilardan iborat: 

rivojlanayotgan mamlakatning iqtisodiy sharoitlari; 

o‗tish davrida xatolarga yo‗l qo‗ymaslik; 

ko‗chmas mulkni baholash bilan bog‗liq fan va texnikadagi 
barcha yangiliklarni tatbiq etish; 

to‗plangan xalqaro tartibdan foydalanish; 

standartlarning ishlab chiqilishi zamonaning maqsadigina emas, 
balki talabi hamdir. 
KMBMSning bosh yo‗nalishi tashkilotlar, korxonalar va 
baholovchi-mutaxassislarning 
mustaqilligi 
va 
tashabbuskorligi 
rivojlanishi sharoitidagi ko‗chmas mulkni xolisona baholash hamda 
iste‘molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 
Ham xorijiy tajribadan, ham mamlakatimizdagi o‗ziga xos shart- 
sharoitdan kelib chiquvchi O‗zbekiston Respublikasi uchun ko‗chmas 
mulkni baholash milliy standartining quyidagi xususiyatlarini va 
xulosalarni ta‘kidlab o‗tish zarur: 
- deyarli barcha mamlakatlarda ko‗chmas mulk kadastri bo‗yicha 
hujjatlar tuzilib, kompyuterlarga kiritilgan. Ular texnik standartlar 


164 
asosida muntazam aniqlashtiriladi, yangilanadi va ko‗chmas mulk 
monitoringi darajasiga yetkaziladi; 
-
chet elda ko‗chmas mulkni baholash, texnik standartlar va 
me‘yoriy-huquqiy negiz asosida obyektni xolisona, malakali va mustaqil 
baholash maqsadida mustaqil, nodavlat organlar tomonidan amalga 
oshiriladi; 
-
ko‗chmas mulkni baholash, mustaqil sug‗urta kompaniyasi 
ishtirokida, turli falokatlar ro‗y berganida mulkning sug‗urtaviy 
ta‘minlanishiga imkon yaratadigan sug‗urta summasini ma‘lum qilish 
bilan birga amalga oshiriladi; 
-
texnik standartlar respublikaning qonuniy-huquqiy negiziga 
asoslangan, texnik me‘yor va qoidalar hamda rayonlarning zilzilaviy 
ko‗rsatkichlari, mintaqamizning yerlari, tuproq sharoitlari xususiyatlari 
hisobga olingan; 
-
imorat va inshootlarni baholashda ularning hozirgi kundagi 
texnik 
holati: mustahkamligi, 
ustuvorligi, 
ishonchliligi 
hamda 
zilzilabardoshliklar asos qilib olingan. 
O‗zbekiston Respublikasida baholash faoliyati oxirgi yillarda 
sezilarli darajada aniq va ahamiyatli natijalarga erishdi. Mulk qiymatini 
baholashning xalqaro standartlariga asoslangan holda mamlakatimizda 
15ta O‗zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti 
(MBMS) yaratildi va baholash faoliyatida majburiy qo‗llanish sharti 
bilan tegishli davlat organlarida tasdiqlanib qabul qilindi. Ulardan biri
O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‗mitasining 2009-yil 12- 
oktyabrdagi 01/19-18/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan 10-son MBMS. 
―Ko‗chmas mulk qiymatini baholash‖ milliy standartidir. Ushbu standart 
asosida mamlakatimizda ko‗chmas mulk qiymati baholanishi amalga 
oshiriladi. 
Mazkur Mulkni baholash Milliy standarti (10-son MBMS) 
O‗zbekiston Respublikasi ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuniga, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-
sonli ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va 
ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish 


165 
to‗g‗risida‖gi 
q
aroriga muvofiq O‗zbekiston Respublikasidagi baholash 
faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi. 
10-son 
MBMSning 
maqsadi 
ko‗chmas mulk qiymatini 
baholashning atama va tushunchalarini, axborotga qo‗yiladigan 
talablarni, baholashni amalga oshirish tartibini, baholash yondashuvlari 
va usullarini, baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‗yiladigan 
talablarni o‗rnatuvchi normalari va qoidalarini belgilashdir. 
Quyidagi ko‗chmas mulk obyektlari 10-son MBMS qoidalari 
tatbiq etiladigan baholash obyektlari hisoblanadi: 

bo‗sh turgan (yaxshilanmagan) yer uchastkalari; 

imorat qurilgan yer uchastkalari (yaxshilashlar amalga oshirilgan 
yer uchastkalari). 
Baholash obyektlari qiymati ularga bo‗lgan mulkiy (ashyoviy va 
majburiyat) huquqlar, ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi 
va mazkur huquqlarga doir cheklashlarni hisobga olgan holda 
aniqlanadi. 
10-son MBMS baholovchi tashkilotlar, baholovchilar hamda 
baholash xizmatlarining buyurtmachilari uchun mo‗ljallangan va 
ko‗chmas mulk qiymatini baholash bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatishda va 
ko‗chmas mulk qiymatini baholash to‗g‗risidagi hisobotlarning 
ishonchliligini tekshirishda qo‗llanilishi majburiydir.
10-son MBMS xususiylashtirish maqsadida ko‗chmas mulkni 
baholashda, shuningdek, mazkur maqsadda amalga oshiriladigan 
baholash to‗g‗risidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishda 
qo‗llanilmaydi. 
10-son MBMSni amaliyotda qo‗llashda ushbu 10-son MBMSning 
ilovasida keltirilgan uslubiy ko‗rsatmalardan foydalanish lozim. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə