O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Omillarning rentabellik darajasi o‘sishiga ta’siri hisobi



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   377
Moliyaviy tahlil

Omillarning rentabellik darajasi o‘sishiga ta’siri hisobi 
Omilli 
ko‘rsatkich 
Hisobot davridagi 
ko‘rsatkichlar darajasi 
i
x

b
i
i
x
Y

reja 
haqiqiy 
x
1
2,5 
2,4 
-0,1 
3,65 
-0,365 
x
2
90 
80 
-10 
0,09 
-0,900 
x
3
8,2 
8,0 
-0,2 
1,02 
-0,204 
x
4
22,0 
25,0 
+3,0 
-0,122 
-0,260 
x
5
30 
25 
-5,0 
+0,052 
-0,260 

25,0 
22,5 
-2,5 

-2,095 
5. Chiziqli dasturlash usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi 
Chiziqli dasturlash usuli iqtisodiyotda ko‘p uchraydigan ekstremal masalalarni 
hal qilishda ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu turdagi masalalarni yechimi funksiyalardagi 
o‘zgaruvchan miqdorlarni chetki qiymatlarini (maksimum va minimum) topishga 
qaratilgandir.
Chiziqli dasturlash qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lgan voqeliklarni o‘rganib, 
chiziqli tenglamalar tizimini (tenglama va tengsizliklarni qayta shakllantirib) 
yechishga asoslangan. O‘zgaruvchan miqdorlarning matematik ifodasi, ularning aniq 
tartibi, hisob-kitoblarning ketma-ketligi, mantiqiy tahlillarning chiziqli dasturlashga 
xos jihatlardir. Ushbu usulni faqat quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:
A) o‘rganilayotgan o‘zgaruvchan miqdorlar matematik aniqlik va miqdoran 
cheklangan bo‘lsa;
B) omillarni o‘zaro almashtirish asosida aniq ketma-ket hisob-kitoblar amalga 
oshirilsa; 
V) o‘rganilayotgan obyektning tushunishdagi mantiqiy asoslash bilan hisob-
kitoblardagi mantiq, matematik mantiq o‘zaro mos kelsa.
Chiziqli dasturlash qo‘llanib hal etiladigan barcha iqtisodiy masalalar aniq 
cheklangan sharoitlarda muqobil yechim topishi bilan farq qiladi. Demak, mazkur 
usulda masalani hal qilish - mavjud muqobil imkoniyatlar orasida eng maqbul hamda 
yaxshisini tanlab olishdir. Iqtisodiyotda chiziqli dasturlashdan foydalanishning 
qimmati va ahamiyati shu bilan izohlanadiki - mavjud ko‘p miqdordagi ahamiyatli 
muqobil variantlar ichida eng maqbul variant tanlanadi. Boshqa usullar yordamida 
mazkur turdagi masalalarni hal qilishning imkoni mavjud emas. 
Ushbu usul yordamida sanoat korxonalarida stanoklarning eng maqbul 
unumdorligi, qishloq xo‘jaligida minimal miqdor va qiymatdagi ozuqa ratsioni, 
transport masalalari hal etiladi.
Nazariy o‘yin usuli va tahlilda foydalanishning o‘ziga xos tomonlari. Nazariy 
o‘yin usuli o‘rganilayotgan voqelik tafsifiga ko‘ra undagi mavjud vaziyatlar ichida eng 
maqbul strategiyani topishni tadqiq qiladi. Bunda korxona uchun eng qulay va maqbul 
vaziyat strategiya qilib boshqaruv qarorlari asosida belgilab olinadi. Mazkur holatni 
matematik ko‘rinishga keltirishda har bir vaziyatni alohida o‘yin ishtirokchisi deb 


49 
belgilab olinadi. Har bir ishtirokchi esa o‘zining manfaatini maksimallashtirishni 
boshqa ishtirokchilar hisobidan amalga oshirishga harakat qiladi.
Nazariy o‘yin usulida masala aniq formulalashtirishni talab qiladi. Bunda o‘yin 
qoidasi va ishtirokchilar soni belgilanadi, ishtirokchilar imkoniyatidagi strategiyalar 
aniqlanadi, yutuqlar va yutqazishlar o‘rganiladi. 
Masalalarni hal qilishda algebraning chiziqli tenglamalar va tengsizliklar tizimi 
usullari va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
Nazariy o‘yin usulining mazmunini quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin. 
Korxona mavsumiy ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lib bolalar kiyimi ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan. Qishki mavsum uchun kurtka va palto ishlab chiqarish 
imkoniyati mavjud. Biroq, mahsulotlarni qaysi birini qancha ishlab chiqarish qish 
mavsumidagi ob-havoga bog‘liq. Agar, qish mavsumida o‘ta sovuq bo‘lishi 
kutilayotgan bo‘lsa palto mahsuloti ko‘p ishlab chiqariladi. Basharti, qish mavsumi 
iliqroq kelsa kurtka mahsulotiga talab ko‘p bo‘ladi. Yana, bu yerda shu holatlar 
kuzatiladiki qishning o‘ta sovuq bo‘lishi rejalashtirilgan bir paytda mavsum iliq kelishi 
mumkin, yoki aksincha. Bu esa, korxona ishlab chiqargan mahsulotlarini qaysi bir 
turini sotilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Demak, yuqorida ko‘rib chiqilgan vaziyatlarda 
korxonaning mahsulot sotishdan tushum, pirovardda esa foydasi (zarari) turlicha 
bo‘ladi. Maksimal tushumga, uning natijasida foydaga erishish (yoki zarar ko‘rish) 
korxona uchun eng ma’qul variant hisoblanmaydi. Chunki, qaysidir bir vaziyat ushbu 
maqsadni yo‘qqa chiqarishi mumkin. 
Shuning uchun, bu holatda tushum hamda foyda olishning o‘rtacha miqdorini 
belgilab olish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Chunki, ob-havoni qanday bo‘lishidan 
qat’iy nazar mahsulotlar miqdorini maqbul holatda rejalashtirish qo‘yilgan maqsadga 
erishishdagi eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ushbu usulni quyidagi misol yordamida o‘rganib 
chiqamiz. 
Bolalar ustki kiyimi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxona oktyabr va 
noyabr oylarida bir dona kurtka ishlab chiqarish uchun 30,0 ming so‘m xarajat qiladi, 
bir dona palto ishlab chiqarish uchun esa -40,0ming so‘m xarajat qiladi. Sotish bahosi 
esa kurtka uchun 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə