64
Metodik jihatdan ushbu
usul gorizontal va vertikal, trend tahlili usullariga
o‘xshaydi. Lekin ulardan tubdan farq etadi. Taqqoslash
tahlilida esa ushbu tahlil
obyekti, yoki tahlil etilayotgan korxona bo‘yicha ma’lumotlar boshqa subyektlar
ma’lumotlari bilan, normativ me’yorlar bilan, reja ko‘rsatkichlari bilan,
tarmoq
bo‘yicha o‘rtacha, ilg‘or ko‘rsatkichlar bilan ham taqqoslanishi nazarda tutiladi.
Taqqoslash tahlilida moliyaviy hisobot elementlari va moddalarining o‘zgarishiga,
moliyaviy holatni xarakterlovchi ko‘rsatkichlarga baho beriladi. Mutlaq ifodalar,
nisbiy ifodalar bilan to‘ldiriladi.
Moliyaviy tahlilda taqqoslash tahlilining shartlari:
-taqqoslashni inverval oraliqlar bir xilda olinishi;
-taqqoslash ko‘rsatkichlari bir xil o‘lchovli bo‘lishi;
-taqqoslashni bazaviy ko‘rsatkichi, normativ ko‘rsatkichlarini
belgilab olishda
rasmiy jihatlarga amal etilishi;
-taqqoslashning obyektlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish qoidalari bir
xilda bo‘lishi;
-moliyaviy
hisobot elementlari, moddalarini tarkiblash va ko‘rsatkichlarini
aniqlash metodikasi bir xilda bo‘lishi lozim.
Taqqoslash usuli iqtisodiy tahlilning an’anaviy usullari qatorida eng ko‘p
qo‘llaniladigan usul hisoblanib undan tahlilning boshqa usullari bilan birgalikda
korxona moliyaviy holatini to‘la ochib berishda foydalaniladi. Bu jihati bilan qiyosiy
tahlil ham moliyaviy tahlilning ham boshqaruv tahlilining usuli sifatida qaraladi.
1.51-jadval
Dostları ilə paylaş: