O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   377
Moliyaviy tahlil

1.7. Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan 
o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari 
Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida tutgan o‘rni 
g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikka va 
aloqadorlikka ega: 
- buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro va 
mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar, moliya 
matematikasi. 


67 
Tahlil fanining “Buxgalteriya hisobi” fani bilan bog‘liqligi. 
Moliyaviy tahlil va buxgalteriya hisobi (Moliyaviy hisob, Boshqaruv hisobi) 
uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik mavjud. Hech bir qayd etilgan, jamlangan va 
umumlashtirilgan hamda hisobotlangan axborot tahlilsiz, analitik qayta ishlovlarsiz 
boshqaruvda foydalanilmaydi. Uning eng muhim aloqasi tahlilda axborotlar oqimi 
bosh manbasi ekanligi bilan izohlanadi. Olingan axborotlarning 70-80 foizi 
buxgalteriya hisobidan olinadi. 
Buxgalteriya hisobining xizmat vazifalariga hodisa va jarayonlarni qayd etadi, 
hujjatlashtiradi, analitik va sintetik hisobini yuritadi, moliyaviy hisobotlarni tuzish 
kiradi. Ularni qayta ishlab, tahlil etish va prognozlash tahlil yordamida amalga 
oshiriladi. 
Xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, erkin raqobat, investitsion jarayonlarning o‘zi 
axborotlarni chuqur tahlil etishni va boshqarurning asosli qararlarini qabul qilishda 
tahlilni muhim dastakka xayotiy zaruriyatning o‘zi barcha subyektlarni tahlilni amalga 
oshirishini talab etadi. 
O‘ navbatida analitiklar, tahlilchilar buxgalteriya hisobining asosiy qoidalarini, 
normalarini bilmasdan turib zamonaviy tahlilni amalga oshira olmaydilar. 
Tahlil fanining “Moliyaviy hisobot” fani bilan bog‘liqligi. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy tahlil fanining axborot asosi hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotlar – foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo‘lgan 
talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot 
ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. Ayrim 
foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda bor bo‘lgan 
axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. Moliyaviy hisobotlar 
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) asosida tuziladi. Zarur hollarda 
kompaniyalar Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari (MHXS) asosida tuzishlari 
mumkin. 
Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan 
izohlar, mo‘ljallar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va 
jug‘rofiy hududlarning faoliyat turlari to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va 
narxlar o‘zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak. 
Moliyaviy hisobot – investitsiya qarorlari, kreditlar berishga doir qarorlarni qabul 
qilish, subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish, unga ishonib topshirilgan 
resurslarga munosabatiga, majburiyatlariga baho berishda, rahbar organlarining ishiga 
baho berishda muhim manba hisoblanadi. Bu baho berishlarni tahlilsiz amalga 
oshirishni tasavvur qilish qiyin. 
Foydalanuvchilar pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq 
baholaydilar, agar u xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli faoliyatini va 
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta’minlangan bo‘lsa. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini ko‘paytirish, 
ularning ko‘payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga erishish qobiliyatini 
baholash orqali boshqaruv qarorlarini sifatliligi albatta axborotlarning to‘liqligi, 
ishonchligi, haqqoniyligiga bog‘liqdir. O‘z navbatida axborotlarning to‘liqligi, 
ishonchligi, xaqqoniyligi tahlil sifatini ham belgilab beruvchi bosh omildir. 


68 
Moliyaviy tahlil shuningdek, turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
hisobotlarini qiyoslashni imkonini beradi. 
Moliyaviy hisobot – har bitta korxonaning hisob siyosatidan kelib chiqqan holda 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qiladigan 
usullar va ularning qoidalari hamda asoslariga muvofiq ravishda tuziladi. 
Buxgalteriya hisobini guruhlarga ajratish va xo‘jalik faoliyati faktlariga baho 
berish, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanmasi, mol-mulkni ro‘yxatga olishni 
tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobida hisobotlarni qo‘llanish usullari, hisob 
registrlari tizimi, axborotlarni ishlab chiqish va o‘ziga tegishli usullar, uslubiyatlar 
buxgalteriya hisobini yuritish usullariga kiradi. 
Moliyaviy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‘jalik 
yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga 
kirishidan qat’i nazar‚ shu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrdagi 
faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. 
Moliyaviy hisobotlar‚ shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyati 
tomonidan resurslarni boshqarish natijalarini ko‘rsatadi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə