O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tahlil fanining “Statistika fani” bilan bog‘liqligi



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   377
Moliyaviy tahlil

Tahlil fanining “Statistika fani” bilan bog‘liqligi. 
Tahlil fanining statistika fani bilan bog‘liqligi shundaki, bunda hodisa va 
jarayonlarning, samara va natijaviylikning miqdoriy ko‘rsatkichlari baholansa, 
tahlilda ko‘proq qiymat ifodasidagi ko‘rsatkichlarga, moliyaviy ko‘rsatkichlarga 
ustunlik beriladi. Jumladan, har ikkita fanda ham bir xil axborotlar va iqtisodiy usullar 
to‘plamidan foydalaniladi. Shu bilan birga statistik ustunlik ko‘proq makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarish tendensiyalariga qaratiladi. Tahlilda esa asosiy 
jihat mikrodarajada, ya’ni korxona uning bo‘limlari va bo‘g‘inlari bo‘yicha
baholanadi. Shuningdek‚ statistika ko‘proq dinamik o‘zgarishlarni aniqlashga 
qaratilsa tahlilda sabab oqibat bog‘lanishlariga, omilli o‘zgarishlarga, ichki 
imkoniyatlarni aniqlashga, ularning yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rishga 
qaratiladi. Shuningdek‚ statistik hisobotlar tahlil uchun zaruriy hisobot manbaa 
hisoblanadi. 
Tahlil fanining iqtisodiy matematika fani bilan bog‘liqligi
. Tahlil, iqtisodiy 
matematika fani bilan mikro ko‘lamda faoliyat samaradorligi va natijaviyligini 
analitik, tahliliy modelini yaratishda, matematik algoritmini shakllantirishda uzviy 
aloqada bo‘ladi. 
Yuqorida qarab chiqilgan korrelyatsion, regression, determinant, logorifmlar, 
nazariy o‘yin, integral usullari tahlilda keng qo‘llaniladigan usullar qatoriga kiradi. 
Tahlil fani shuningdek moliya, investitsiya, soliqlar va soliqqa tortish, makro va 
mikro iqtisodiyot, muhandislik fanlari bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. 
1.8. Moliyaviy tahlil subyektlari (haqiqiy va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, 
mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek‚ hukumat 
muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor 
foydalanuvchilar) va ularning qiziqishlari 
 
Moliyaviy tahlil subyektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. 
Ularni shartli ravishda ichki va tashqi subyektlarga bo‘lish mumkin. Ichki tahlil 
subyektlariga faqat shu firma, kompaniya xodimlari kirsa, tashqi subyektlarga haqiqiy 
va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, 
xodimlar, shuningdek‚ hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va 
boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qatoriga 
kiradi.
Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: 
Mulk egalari (qatnashchilar va ta’sischilar) va investorlarning e’tibori ko‘proq 
xo‘jalikning ustav kapitalida xissali qatnashishidan oladigan dividendlar summasini 
mavjudligiga, jalb qilingan investitsiyalar yuzasidan xavf-xatarlarning yo‘qligiga 
qaratiladi. 


70 
Kreditorlar – o‘zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki 
yo‘q ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdorlar; 
Mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida-o‘zlariga tegishli 
summa o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘q ekanligini aniqlashga imkon beradigan 
axborotdan manfaatdorlar; 
Xaridorlar – ayniqsa‚ (ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsalar yoki mazkur 
xo‘jalik yurituvchi subyektga bog‘liq bo‘lsalar) xo‘jalik yurituvchi subyektning 
uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdorlar;
Xodimlar – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va 
rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ular ham xo‘jalik yurituvchi 
subyektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo‘yicha 
ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan 
axborotni olishdan manfaatdorlar; 
Davlat 
boshqaruvi 
organlari-resurslarning 
taqsimlanishi 
va 
binobarin, 
subyektlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdorlar. Ularga ham xo‘jalik 
yurituvchi subyektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini 
belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash 
uchun asos sifatida axborot kerak; 
Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga 
ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot 
yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. 
Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi 
axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. 
Tashqi tahlil subyektlari qatoriga shuningdek, reyting kompaniyalarini ham 
kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
boshqa xo‘jalik subyektlarga nisbatan iqtisodiy o‘rnini aniqlashga imkon beruvchi 
axborotlarni tahlil etish va ularni doimiy kuzatuvini olib borish bilan shug‘ullanadilar.
Moliyaviy tahlil subyektlari xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini kompleks 
(to‘liq) baholashlari ham mumkin. Bu borada auditorlik faoliyatida olib boriladigan 
tahliliy protseduralarni ham misol qilib keltirish mumkin. Qolgan hollarda 
analitiklarning va buyurtmachilarning maqsad, manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
zaruriy bo‘lgan obyektlar bo‘yicha xulosalar chiqarishga etadigan tahlillar o‘tkaziladi. 
Moliyaviy holatning kompleks tahlili ko‘proq faqat ichki moliyaviy tahlilga hos 
jihatdir. Tashqi tahlil subyektlari odatda o‘zini qiziqtirgan masala yuzasidan 
axborotlarning jozibadorligiga ahamiyat qaratadilar. 
Moliyaviy tahlil subyektlari va ularning manfaatlar mushtarakligini quyidagi -
jadval ma’lumotlaridan ko‘rib chiqish mumkin.


71 
1.54-jadval 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə