O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   377
Moliyaviy tahlil

Takrorlash uchun savollar 
“Tahlil” so‘zining ma’nosi, uning fan va tadqiqot usuli ekanligi. 
Induksiya va deduksiya 
Tahlil va sintez
Sabab va oqibat 
Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni va ahamiyati 
Moliyaviy tahlil va uning fan sifatida shakllanishi 
Moliyaviy tahlil va uning rivojlanishi 
Zamonaviy moliyaviy tahlil va uning muhim xususiyatlari 
Moliyaviy tahlil fanining perdmeti 
Moliyaviy tahlil fanining obyekti 
Moliyaviy tahlil fanining maqsadi va vazifalari 
Moliyaviy tahlilning muhim tamoyillari 
Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
Moliyaviy tahlil fanida foydalaniladigan oddiy usullar 
Moliyaviy tahlil fanida foydalaniladigan iqtisodiy matematik usullar 
Moliyaviy tahlilning individual, maxsus usullari 
Moliyaviy tahlil turlari: ichki va tashqi moliyaviy tahlil 
Moliyaviy tahlil subyektlari va ularning manfaatlari 


73 
2-BOB. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari 
2.1. Moliyaviy tahlilni tashkil etish, yuritish, xulosalarni shakllantirish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning me’yoriy asoslari 
Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar asosida ishlab 
chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‘lga qo‘yish va 
yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, 
yo‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan 
birgalikda tahlilning o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga muhim e’tibor 
qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me’yoriy hujjatlar asosida tashkil 
etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‘z 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar. 
Rasmiy me’yoriy asoslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jalik 
faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin: 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash; 
Norasmiy asoslarda o‘rganiladigan masalalar ko‘lami juda keng doirada amalga 
oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili; 
- moliyaviy barqarorlik tahlili; 
- to‘lov layoqati va likvidlik tahlili; 
- ish va bozor aktivligi tahlili; 
- pul oqimlarining tahlili; 
- xususiy kapital tahlili; 
- foyda va zararlar tahlili; 
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili; 
- innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili; 
- investitsion faoliyat tahlili; 
- soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili; 
- logistik tahlil va h.k. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator 
analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida 
buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning 
kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va 
tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi 
sifatida qaraladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan 
foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish 
va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik 


74 
(bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya 
qilishda; moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘l 
keladi. 
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar 
yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi 
subyektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan 
kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi: 
tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; tahlilda 
foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar bazasini 
shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan 
natijalarni umumlashtirish. 
Tahlil etishning metodologik asoslari ko‘pincha huquqiy manbalarga tayangan 
holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil 
etishning amaldagi normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS); 
“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish 
mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot 
vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi qarori; 
“Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” 
Vazirlar Mahkamasi qarori; 
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS). 
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb 
nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. 
“Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, 
moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi: investitsiya 
qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi 
subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib 
topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho 
berish; rahbar organlarning ishiga baho berish. 
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt 
nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, 
to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi, 
subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish 
imkoniyatini prognozlash, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash, iqtisodiy 
resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash zarurligi qayd etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‘zida turli davrlar bo‘yicha axborotlarni 
jamlashi ham ularning tahliliyligini ta’minlash uchun qilingan zaruriy talabdir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor 
korxonalar ishlari Qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli 
monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga 


75 
muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi 
ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi: to‘lov layoqati yoki qoplash 
koeffitsiyenti; o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti; korxona 
aktivlari va xarajatlari rentabelligi. Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz 
mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
koeffitsiyenti; asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan 
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati 
samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi 
ko‘rsatkichlarni baholashni tavsiya etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar, soliqlar va 
amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat va daromadlarning o‘zaro 
nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; aksionerlik kapitali rentabelligi; 
investitsiyalangan kapital rentabelligi; aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik 
koeffitsiyenti; moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; kreditorlik majburiyatlari 
aylanuvchanligi; debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‘lovga 
qobillik) koeffitsiyenti; dividend to‘lash koeffitsiyenti; debitorlik majburiyatining 
kamayish koeffitsiyenti.
2. Samaradorlikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari: asosiy vositalarning eskirish 
koeffitsiyenti; asosiy vositalarni yangilash koeffitsiyenti; mehnat unumdorligi; fond 
qaytimi; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; energiya 
samaradorligi (mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot 
tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga xarajatlarning jami 
xarajatlar tarkibidagi salmog‘i; xodimlarni o‘qitish xarajatlari salmog‘i; kadrlar 
qo‘nimsizligi koeffitsiyenti; rejalashtirilgan investitsiya dasturining bajarilish darajasi; 
quvvatlarni ishga tushirish koeffitsiyenti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarni bankrot (iqtisodiy nochor) deb e’lon qilish va ularni tugatish 
shartlari davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. Bunday vakolatga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi 
huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi ega.
13
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga amal 
qilishlari lozim: 
- mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish; 
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erishish; 
- debitor qarzlarni ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor qarzlarni 
muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish; 
- kreditor qarz majburiyatlarini to‘lov muddati bo‘yicha nazoratini olib borish. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi 
ko‘rsatkichlar tizimiga tayanishi lozim: 
13
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги ҳузуридаги Иқтисодий ночор корхоналар 
ишлари Қўмитасининг “Корхоналарнинг молиявий иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини 
ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисидаги қарори” 2005 йил 14-апрель, 1469 сон


76 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarni to‘lov layoqati, qoplash koeffitsiyentini 
o‘rganishi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini 
o‘rganishi; 
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‘rganish; 
- o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi nisbatni o‘rganish; 
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish; 
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‘rganish; 
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish; 
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish. 
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga yoki 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli 
majburiyatlar yoki to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy 
davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb 
e’tirof etiladi. 
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish 
mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
- iqtisodiy barqaror; 
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli); 
- iqtisodiy nobarqaror*-**: 
*

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə