O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tahlil fanining “Audit” fani bilan bog‘liqligi



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   377
Moliyaviy tahlil

Tahlil fanining “Audit” fani bilan bog‘liqligi. 
Audit – mustaqil ekspertlar, auditorlar tomonidan korxona moliya-xo‘jalik 
faoliyatini tekshirishni anglatadi. Bunda nafaqat tekshirish balki korxonaning 
iqtisodiy, moliyaviy faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ham tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. 
Audit – ishonchlilik bo‘yicha mustaqil tekshiruv hisoblanadi. 
Audit – auditorlarning yoki auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi yoki 
moliyaviy hisobotlarni, buxgalteriya hujjatlari, soliqlar va boshqa majburiyatlarni 
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishdan iborat tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. 
Audit – bu korxonaning moliyaviy hisobotlarini ekspertizadan o‘tkazish, 
buxgalteriya hisobini yuritish tartibini, xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarni 
qonunchilik normalariga muvofiqligini, hisobotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini 
tekshirishga qaratilgan mustaqil faoliyat turidir. 
Audit – bu firma va kompaniyalar uchun ishlamaydigan, mustaqil sertifikatlangan 
auditorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi moliyaviy nazoratdir. Audit – bu sud-
buxgalteriya ekspertizasini amalga oshiruvchi keng faoliyat turidir. Audit – bu bevosita 
va bilvosita manfaatdor bo‘lgan tomonlarning nomidan ish ko‘ruvchi mustaqil 
ekspertlar faoliyatidir. 
Tahlilda audit va auditorlik faoliyati nafaqat axborotlar ishonchligi, to‘liqligi, 
haqqoniyligini ta’minlab beruvchi sifatida balki korxona boshqaruvi va biznes 
samaradorligini ta’minlashda, zaruriy axborotlar ta’minotchisi sifatida ham qatnashadi. 
Shu bilan birga auditorlik faoliyatida eng maqbul yechimga tahliliy amallardan 
uddaburonlik bilan foydalanish orqaligina ega bo‘linadi.
Auditorlik faoliyati va natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan xulosalar tahlilda 
eng ishonchli manba bo‘lib hisoblanadi. 
Tahlil fanining iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bog‘liqligi. 
Iqtisodiyot nazariyasi – cheklangan resurslardan odilona foydalanish orqali 
cheksiz ehtiyojlarni qondirishning eng samarali yo‘llarini tanlashning ilmidir. 


69 
Iqtisodiyot nazariyasida makro va mikro iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, ularning 
o‘zgarishi va rivolanish rendensiyalari tadqiq etiladi, baholanadi. 
Tahlil sabab-oqibat, induksiya-deduksiya, analiz va sintez bog‘lanishlaridan, 
bozor iqtisodiyotining muhim qonuniyatlari hisoblangan talab va taklif, qiymat, 
monetar qonuniyatlari, turli modellar tizimidan iborat metodologik, ilmiy va amaliy
asoslarga tayangan holda rivojlanadi, taraqqiy etadi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə