O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


To‘lov layoqati, moliyaviy barqarorlik va rentabellik



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   377
Moliyaviy tahlil

To‘lov layoqati, moliyaviy barqarorlik va rentabellik
ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili 
Qiyosiy ko‘rsatkichlar 
To‘lov layoqati 
Moliyaviy 
mustaqillik 
Xususiy 
kapital 
rentabelligi 
Joriy davr 
2.6 
0.52 
0.12 
Moliya rejasi bo‘yicha 
2.5 
0.55 
0.15 
O‘tgan yilning shu davri 
2.2 
0.53 
0.15 
Normativ ko‘rsatkich 
3.0 
0.50 
0.10 
Ilg‘or korxona ko‘rsatkichi 
3.4 
0.70 
0.16 
Tarmoq o‘rtacha ko‘rsatkichi 
2.2 
0.42 
0.07 
Farqi+,- 
Moliya rejasidan 
+0.1 
+0.03 
-0.03 
O‘tgan yilga nisbatan 
+0.4 
+0.01 
-0.03 
Normativ ko‘rsatkichga nisbatan 
-0.4 
-0.02 
+0.02 
Ilg‘or korxonaga nisbatan 
-0.8 
-0.18 
-0.04 
Tarmoq o‘rtacha ko‘rsatkichiga 
nisbatan 
+0.4 
-0.10 
+0.05 
Omilli tahlil.
Korxona moliyaviy holati haqidagi obyektiv ma’lumotlarni ifoda 
etuvchi natijaviy ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganish imkoniyatlarni baholashda muhim usul hisoblanadi. Omilli tahlil natijaviy 
ko‘rsatkichning qaysi omillar hisobiga o‘zgarganligini, ularning ijobiy va salbiy 
ta’sirlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa korxona faoliyatini samarali 
boshqarishning muhim yo‘nalishlarini belgilab olishda ahamiyatli hisoblanadi. Omilli 


65 
tahlilni moliyaviy faoliyat va uning samaradorligi, natijaviyligini xarakterlovchi 
barcha jihatlarga nisbatan qo‘llash mumkin. 
Omilli tahlil quyidagi shartlar asosida bajariladi.
-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlik ikki yoki undan ortiq bo‘lishi lozim; 
-natijaviy ko‘rsatkich bir xil o‘lchovli bo‘lishi lozim; 
-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni hisob-kitoblar orqali aniqlash 
mumkin bo‘lishi lozim; 
-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklar o‘rtasida uzviylik, bog‘liqlik, 
aloqadorlik bo‘lmog‘i lozim; 
-natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar turli jihatlarni aks ettirishi lozim 
(baho, tannarx, hajm, struktura va h.k. kabi).
Moliyaviy tahlilda omilli tahlildan ko‘proq korxona moliyaviy faoliyati 
natijaviyligini baholashda, foyda va zararlar o‘zgarishiga, rentabellik o‘zgarishiga 
ta’sir etuvchi birliklarni baholashda foydalaniladi. Aslida har bitta natijaviy 
ko‘rsatkichni omilli tahlilini amalga oshirish mumkin. Shu sababli moliyaviy holat 
tahlili yuzasidan omilli tahlil mavzularini quyidagicha tarkiblash mumkin 
-iqtisodiy resurslar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili; 
-aktivlar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarning 
omilli tahlili; 
-kapital 
va 
majburiyatlar 
samaradorligi, 
natijaviyligi 
bilan 
bog‘liq
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili; 
-moliyaviy faoliyat natijaviyligi va rentabelligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili; 
-korxonaning bozordagi faolligi va ish aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili. 
Omilli tahlil metodikasini xalqaro amaliyotda mashhur bo‘lgan, g‘arb tahlil 
maktabining buyuk nomoyandasi Dyuponning uch faktorli modeli misolida ko‘rib 
chiqish mumkin. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə