O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


II BOB. SANOQ SISTEMALARI. AXBOROT TURLARI. TEXNIKA XAVFSIZLIGI



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə16/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

II BOB. SANOQ SISTEMALARI. AXBOROT TURLARI. TEXNIKA XAVFSIZLIGI.

2.1-§. Sanoq tizimlari.


Sanoq sistemasi berilgan maxsus belgilar (raqamlar) yordamida sonlarni yozish usulidir. Insoniyat faoliyatida pozitsion va nopozitsion sistemalaridan foydalaniladi.
Odatda kod harflar, raqamlar va ba’zi maxsus belgilardan iborat alfavit asosida yaratiladi. Har bir kod o‘zining o’zunligi va tarkibi bilan xarakterlanadi.
Nopozitsion sanoq sistemalarida sondagi raqamning hissasi (ya’ni, uning sonni ifodalash uchun ahamiyati) uning pozitsiyasiga bog‘liq emas. Masalan, Rim sanoq sistemasida XXXII (o‘ttiz ikki) sonida X raqamining ixtiyoriy pozitsiyadagi hissasi o‘nga teng.
Pozitsion sanoq sistemasida sondagi har bir raqam hissasi o‘zining pozitsiyasi, ya’ni o‘rni bilan bog‘liq. Pozitsiyali sanoq tizimidagi har qanday A soni ushbu tizim alifbosidagi ai koeffitsientlari yig‘indisi sifatida hisoblash tizimining S bazasi darajalariga ko‘paytirilishi mumkin:
AS=anan-1an-2…a2a1a0,a-1a-2…a-m=
=an*Sn + an-1*Sn-1 + an-2*Sn-2 + …a2*S2 + a1*S1 + a0*S0 +a-1*S-1 + a-2*S-2 + … + a-m*S-m.
Masalan, 757,7 sonida birinchi 7 raqami yo’zliklar soni, ikkinchi 7 raqami birliklar soni va uchinchi 7 raqami 1 ning o‘ndan bir hissalari sonini anglatadi.
757,7 sonining o‘zini esa quyidagi hisoblanadigan ifoda orqali belgilash mumkin: 700 + 50 + 7 + 0,7 = 7*102 + 7*101 + 7*10° + 7*10-1 = 757,7.
Pozitsion sanoq sistemasining asosi ushbu sistemada sonlarni ifodalash uchun ishlatiladigan raqamlar va belgilar sonidir.
Kompyuterlarda boshqa sanoq sistemalaridan quyidagi imkoniyatlari bilan farqlanuvchi ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi:

  • uni ishlashini tashkil etish uchun ikki turg‘un holatli qurilmalar zarur ( tok bor – tok yo‘q, magnitlangan yoki magnitlanmagan);

  • axborotni ikki holat orqali tasvirlash ishonchli va ta’sirlarga chidamli;

  • ikkilikdagi arifmetika boshqalaridan sodda.

Ikkilik sanoq sistemasining asosiy kamchiligi – sonlardagi xona (razryad) larning juda tez ortib ketishidir. O‘nlik sanoq sistemasidan ikkilikka va teskari o‘tkazishlarni kompyuterning o‘zi bajaradi. Lekin kompyuterning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish uchun uning tilini tuShunish zarur bo‘ladi. Shular sababli sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari ishlab chiqilgan.
Bu sistemalardagi sonlar o‘nlik sanoq sistemasi kabi oson o‘qiladi, lekin ikkilik sanoq sistemasidagi sondan 3 (sakkizlikda) va 4 (o‘n oltilikda) marta kam razryad talab qiladi, chunki 8 = 23 va 16 = 24.
Ikkilik sanoq sistеmasida ifodalangan sonlar ustida ham barcha arifmеtik amallarni bajarish mumkin. EHM da saqlanadigan eng kichik axborot o‘lchov birligi bit dеb qabul qilingan bo‘lib, bit ikkilik sanoq sistеmasidagi 0 va 1 raqami bo‘lishi mumkin. Sakkiz bitdan iborat kеtma - kеtlik bayt dеyiladi. Ikki bitlik kеtma - kеtlikdan foydalanib nеchta sonni ifodalash mumkin? Bu sonlar quyidagilar: 00 - 0, 01 - 1, 10 - 2, 11 - 3.
Dеmak ikki bitdan foydalanib to‘rtta sonni ifodalash mumkin. Umuman, n bitdan foydalanib 2ning n darajasidagi sonni ifodalash mumkin.
"Bayt" birligi uchun quyidagi hosilot birliklari mavjud:
1024 bayt = 2 bayt = 1 kb (kilobayt)
1024 kb = 2 bayt = 1048576 bayt = 1 mb (mеgobayt)
Matn ko‘rinishidagi axborotlarning tashkil etuvchilari harflar, tinish bеlgilari, riyoziyot bеlgilari turli maxsus bеlgilardir.


Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə