O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə24/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Vazifasiga kora, axborot ma’lumotnoma, tavsiyanoma, me’yoriy va signalli turlariga bo‘linadi.

  • Ma’lumotnoma axborot ko‘proq tanishtiruvchi xususiyatiga ega, ob’yektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma’lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo‘ladi.

  • Xorijiy ma’lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga o’zluksiz ko‘payib bormoqda.

  • Tavsiyanoma axborot o‘z navbatida bosma nashrlarda e’lon qilingan va tijorat ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o‘tkazish natijalariga ko‘ra shakllanadi.

  • Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi.

Taqdim etish usuliga kora axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, Shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida maxsus dasturiy vositalar qo‘llanilmoqda.
Axborot o‘zining barqarorligiga kora o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’yektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o‘lchamini aks ettiradi, Shu bois ular o’zoq vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi.
Axborot texnologiyalari hozirgi kunda barcha sohalarda keng qo‘llanilmoqda va jadal rivojlanmoqda. Tibbiyot sohasi ham bundan mustasno emas.
3.2-§.Tibbiyot axborot tizimlarni turlari
Sog’liqni saqlashni axborotlashtirishni eng asosiy yo‘nalishi bu axborot tizimi hisoblanadi. Tibbiyot axborot tizimlarini klassifikatsiyasi sog’liqni saqlash tizimini bir necha pog’onali to’zilishiga asoslangan.
1. Tibbiyot axborot tizimini - bunda asosiy maqsad turli yo‘nalishdagi shifokorlarni kompyuter ko‘magi orqali qo‘llab-quvatlash; bular profilaktika va laboratoriya tashxislarni qo‘yish ishlarini sifatini oshiriradi, ayniqsa shoshilinch holatlar va vaqt yetishmovchiligi paytida malakali mutaxassislar vaqtini tejash. Ularni yechadigan masalalariga qarab quyidagi turlaga ajratish mumkin:
- axborot –so‘rovnoma tizimlari (foydalaniuvchi so‘roviga ko‘ra tibbiy axborotlarni qidirish va berishga mo‘ljallangan)
- tashxis qo‘yishga ko‘maklaShuvchi tizimlar (turli yo‘nalishdagi kasalliklarda, patologik holatlarda tashxis qo‘yishga, pronoz qilish va davolash yo‘llarnini taklif qilish uchun)
- uskunali kompyuter tizimlari (axborot ko‘magi yoki bemorni organizimi bilan to‘g’ridan-to‘g‘ri bog‘langan holda tashxis qo‘yish va davolash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun)
- mutaxassislarni avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlari (mutaxassislar orqali bajariladigan barcha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va vrachlarga tashxis qo‘yish va taktik yechimlar qabul qilishda axborot ko‘magini berish uchun).
2. Davolash va sog‘liqni saqlash muassasalari uchun. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:

  • konsultatsiyalar berish markazlari axborot tizimlari (mos bo‘limlar faoliyatini ta’minlash va vrachlarga konsultatsiyalar berishda axborot ko‘magini tashkillash)

  • tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasasi banki (muassasa xodimlar haqidagi sonli va sfit ko‘rsatikichli ma’lumotlar, aholiga bog‘langan statistik ma’lumotlar, xizmat ko‘rsatish xarakteristikalari va boshqalar uchun)

  • aniq shaxslarga bog‘langan ro‘yxatga olish tizimlari (aniq bir tekshiruvdagi kontingent uchun bog‘langan formalizatsiyalangan kasallik tarixlari yoki tibbiy kartalarni shakillantirishga mo‘ljallangan tizimlar)

  • skrining tizimlar (aholini ommaviy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda mutaxassis yordamiga muhtoj xavfli kasalliklar guruhini topish uchun)

  • davolash va tashxis qo‘yish muassasasi axborot tizimi (muassasadagi barcha ma’lumotlarni va axborot oqimlarni avtomatlashtirish yordamida bitta tizimga birlashtirish orqali muassasa faoliyatini boshqarish maqsadida)

  • tibbiyot OTMlari va ilmiy tadqiqot institutlari axborot tizimlari (asosan 3 masalani yechish uchun mo‘ljallangan: ta’lim berish jarayonini axborotlashtirish, ilmiy tekshirish ishlarini va muassasani boshqarish)

3. Viloyat sog‘liqni saqlash tizimi axborot tizimlari

  • Hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish tashkiloti axborot tizimi

  • tibbiy-texnologik masalalarni yechishga, maxsus tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tibbiyot xodimlariga axborot ko‘magini besh.

  • yagona hududiy axborot maydonini tashkil etuvchi kompyuterlashgan tibbiyot telekommunikatsiya tarmoqlari

4. Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi axborot tizimi.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə