O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə22/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Kompyuterdan foydalanish jarayonida baxtsiz hodisalar ro‘y bermasligi va sog‘lig‘ingizga zarar yetmasligi uchun xavfsizlik texnikasi qoidalariga so‘zsiz rioya qilishingiz kerak!
Sanitariya-gigiyena talablari. Esda tuting, kompyuterda ishlash davomida kerakli talablarga rioya etmaslik inson salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ko‘z, qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pog‘onasi zaiflaShuvi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Bularning oldini olish hamda kompyuterda ishlash davomida salomatligingizga zarar yetmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qilishingiz va ularni esdan chiqarmasligingiz kerak:




  1. kompyuter stolidan 20 sm o’zoqlikda o‘tiring;

  2. ko‘zingiz kompyuter ekranidan 50-60 sm o’zoqlikda bo‘lsin, har 20-30 daqiqadan so‘ng ko‘zga dam berib turish va kompyuterda ishlash kuniga 180 daqiqadan oshmasligi zarur;

  3. yelka va qo‘l tirsagi orasidagi burchak 90-120° ni tashkil qilsin;

  4. kompyuter oldida o‘tirganingizda gavdangizni tik tuting;

  5. oyoq kaftingiz polga to‘laligicha tegib tursin;

  6. qo‘l kaftingizni va barmoqlaringizni erkin tuting;

  7. qo‘lingizni tanangizga yaqin masofada ushlang;

  8. tizza osti burchagi 90° ni tashkil qilsin.

Kompyuter oldida noto‘g‘ri o‘tirish umurtqa pog‘onangizda og‘riqlar paydo bo‘lishiga hamda tez toliqishingizga sababchi bo‘ladi.
Kompyuterdan foydalanishda sog‘lig‘ingizga zarar yetmasligi uchun ko‘z mashqlari va harakat mashqlarini bajarib to’ring!
1-mashq. Ko‘z mushaklarini 4 soniya qattiq yumib to’ring, so‘ngra ularni ochib, 6 soniya o’zoqlarga tiqilib to’ring. Bu mashqni 3-4 marta takrorlang.
2-mashq. Ko‘zlaringizni 4 soniya burun uchiga qarating, so‘ngra 6 soniya o’zoqlarga tiqilib to’ring. Bu mashqni ham 3-4 marta takrorlang.
3-mashq. Boshni burmagan holda ko‘zingizni oldin o‘ngga qarating va Shu holatni biroz saqlab to’ring, so‘ngra ko‘zingizni to‘g‘riga qaratib, o’zoqlarga 6 soniya tiqilib to’ring. Xuddi Shu mashqlarni ko‘zingizni chapga, pastga va yuqoriga qaratib bajaring. Mashqni 1-6 hisobda takrorlang.
4-mashq. Ko‘zni yuqori o‘ng qismidan diagonal bo‘ylab pastki chap qismiga o‘tkazing, so‘ngra o’zoqlarga 6 soniya tiqilib to’ring. Xuddi Shunday usulda faqat ko‘zni yuqori chap qismdan pastki o‘ng qismga o‘tkazing va 6 soniya o’zoqlarga tiqilib to’ring. Bu mashqni 3-5 marta takrorlang.


Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə