O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə23/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Nazorat savollari:


  1. Sanoq tizimi deganda nima tuShuniladi?

  2. Qaysi sanoq tizimlaridan hisoblash texnikasida ko‘p foydalaniladi?

  3. Bir sanoq tizimidan ikkinchi sanoq tizimiga o‘tkazish qoidasini tuShuntiring.

  4. 1 baytli xotiraga o‘nlik sanoq sistemasidagi saqlanishi mumkin bo‘lgan maksimal son nechaga teng?

  5. Pozitsion sanoq tizimi bilan nopozitsion sanoq tizimning farqi nimada?

  6. Sanoq tizimining alifbosi deganda nimani tuShunasiz?

  7. Sanoq tizimining asosi nima deb hisoblanadi?

  8. Informatikada qanday sanoq tizimlaridan foydalaniladi?

  9. Ikkilik raqamlar bilan arifmetik amallarni bajarish qoidalari qanday?

  10. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish nima uchun zarur?

  11. Elektr toki bilan bog‘liq qanday qoidalarni bilasiz?

III-BOB. TIBBIYOT MASALALARINI YECHISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI.




3.1-§. Tibbiyotda axborot texnologiyalarini asoslari.


Sog‘liqni saqlash tizimini barcha yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari katta rol o‘ynamoqda. Axborot texnologiyalarini tibbiyotda qo‘llanilishi, sohani aniq ishlashi va effektiv boshqarishga olib kelmoqda.


Tibbiyotdagi axborot oqimini tashkillash, o‘rganish va boshqarish tibbiyot axborot texnologiyalari sifatida o‘rganilmoqda.
Hozirda, xorijda tibbiyot axborot texnologiyalari alohida fan sifatida o‘rganilmoqda. Tibbiyot axborot texnologiyalari bu ikki soha, tibbiyot va axborot texnologiyalarni birgalikdagi natijalari mahsuli hisoblanadi, bunda tibbiyot o‘zining bir qator masalalar-metodini qo‘ysa axborot texnologiyalari buni yechish usullari va yo‘nalishlarini butun bir metodik taminlash bilan Shug’ullanadi.
Tibbiyot axborot texnologiyalarini o‘rganish predmeti bu tibbiy –biologik, klinik va profilaktik axborot jarayonlar hisoblanadi. Tibbiyot axborot texnologiyalarini o‘rganish ob’yekti esa sog‘liqni saqlashda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari hisoblanadi.
Informatika so‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan Shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yo’zaga keldi.
Informatika termini lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tuShuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi.
Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differentsial tenglamalar va matematik fizika, funksional tahlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha o’zoqda ham mashhur deb yozadi O‘zbekiston Respublikasininig birinchi Prizedenti Islom Abdug‘anievich Karimov.
Inson faoliyatidan mustaqil soha sifatida informatikaning ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi.
Informatika axborotni qayta ishlash, ularni tanlash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirining EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o‘rganuvchi ilmiy fan sohasidir.
Informatika bu jihatdan axborot modellarini to’zishning umumiy metodologik tamoyillarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari ob’yekt, hodisa, jarayon va hakazolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko’p qirrali bo‘lib, uning turli tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha tushunchani tavsiya etamiz. Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligi tarzida namoyon etadi.
Informatikani tor ma’noda uch o‘zaro aloqador qismlar - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jihatlardan: xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Informatika xalq xojaligi tarmogi sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan Shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo‘ladi.
Informatika funtamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’yektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan Shug’ullanadi.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan Shug’ullanadi:
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, tarqatish);
b) inson faoliyatining turli sohalarida komunikatsion-axborot modellarini yaratish va hokazo.
1994 yil dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish kontspetsiyasini qabul qildi.
Ushbu Kontspetsiyaning asosiy maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:

  • milliy axborot-hisoblash to’rini yaratish;

  • axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy hujjatlarini yuritish;

  • axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;

  • informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;

  • axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

  • informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.

Tibbiyotda axborotni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin:
Olish usuli boyicha axborot quyidagi natijaga ko‘ra ajratiladi:

  • tadqiqotni olib borish chog‘ida bevosita so‘rov o‘tkazish orqali;

  • davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish;

  • ma’lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli taShuvchilar vositasida o’zatish.

Qayta ishlash usuliga ko‘ra, ma’lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo‘linadi. Jumladan boshlang’ich axborot odatda muhitda yo’z beruvchi jarayonlarni ko’zatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot o‘z asosiga ko‘ra birlamchi ma’lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir.
Tadqiqot ob’yekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashki makromuhit ta’sirini hisobga olgan holda ma’lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yo‘nalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Funksional vazifasiga kora axborot quyidagicha tasniflanadi:
a) yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lishini ochib beruvchi axborot;
b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot va hokazolar.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə