O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə31/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Hercules

Oq-qora

80x25, 2 ta rang

720x348, 2 ta rang

EGA

Rangli

80x25, 16 ta rang
80x43, 16 ta rang

640x350, 16 ta rang

VGA

Rangli

80x25, 16 ta rang

640x480, 16 ta rang

SVGA

Rangli

80x25, 16 ta rang

800x600, 256 ta rang

Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur. Videoadapter - tasvir to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo‘yicha) taqsimlab, shakllantiradi.


Klaviatura - ma’lumotlarni kiritish qismi. IBM PC SHK klaviaturalari 2 xilda ishlab chiqariladi. Kichik - 83 ta va katta -101 ta tugmachaga ega bo‘lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay. Klaviatura harflar joylanishi bo‘yicha ingliz (QWERTY) va franso’z (AZERTY) standartlariga bo‘linadi. Ba’zi hollarda kichik klaviatura - kichik razryadli klaviatura, katta klaviatura esa katta razryadli klaviatura deb ham yuritiladi. SHKning imkoniyatiga qarab kichik klaviaturaning 83, 89 tugmali variantlari respublikamizda keng tarqalgan. Katta klaviaturalarning 101, 104, 107 tugmali standart variantlari bor. Katta klaviaturalarning multimediali variantlar ham bo‘lib, ularda 108-124 tagacha tugmachalar bor.

3.2-rasm. Klaviatura.

Klaviaturaning asosiy yoki alfavit tugmalari 57 ta tugmadan iborat bo‘lib, 37 tasi lotin harf va belgilar, 10 tasi raqam va 10 tasi maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan. Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mosligidir. Til standartini o‘zgartirish klaviaturalarda har xil (o‘ng [Alt] + [Shift], ikkita [Shift], o‘ng [Ctrl] + [Shift] tugmalarni birga bosish orqali) bo‘ladi.


Maxsus tugmalar [Shift] - agar siz harflar tugmasini bossangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo‘lsa u holda maxsus [Shift] tugmani bosib, qo‘yvormasdan Shu harf tugmasini bosishingiz kerak (masalan, [Shift] + [a] bosilsa ekranda "A" hosil bo‘ladi). Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo‘lsa, u holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosilganda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa, u holda siz maxsus tugmani bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishingiz kerak (masalan, [Shift] + [1] bosilsa ekranda "!" hosil bo‘ladi). [Ctrl] va [Alt] - Shu tugmalarni bosib turib boshqa tugmani bosganimizda har xil amallar bajariladi. [Caps Lock] - bu tugma yordamida [Shift] bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki o‘chiramiz. [Tab] - keyingi bo‘limga yoki qismga o‘tish. [Backspace] - oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o‘chirish uchun foydalaniladi. [Enter] - yangi satrga o‘tish yoki ma’lumotlarni kiritish (ba’zi bir klaviaturalarda (Return) yoki (SR)). [Esc] - oxirgi harakatdan voz kechish.
Funksional tugmalar. Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari [F1] - [F12]. Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
Yo‘nalish tugmalari. Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitish imkoniyati.
Yordamchi tugmalar. [Home] - satr boshiga o‘tish. [End] - satr oxiriga o‘tish.
[PageUp] - bir sahifa yuqoriga o‘tish. [PageDown] - bir sahifa pastga o‘tish. [Insert] - belgilarni o‘chirib, ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rnatish. [Delete] - keyin (o‘ngda) joylashgan bitta belgini o‘chirish.
Raqam tugmalari. Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. [0], ...,[9] gacha raqamlar va [/],[*],[-],[+] belgilari mavjud.
Tugmachalarning maxsus majmualari.
[Ctrl] + [Break] - ishlayotgan dastur yoki buyruqni tugatilishini ta’minlaydi.
[Ctrl] + [Alt] + [Del] - masalalar dispecherini chaqiradi yoki operatsion tizimni xotiraga qayta yuklaydi.
[Shift] + [RrintScreen] - ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va o‘chirishni ta’minlaydi.
[Ctrl] + [Numlock] - dastur ishini to‘xtatib turadi va davom ettiradi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə