O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə28/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Uchinchi avlod EHMlari – bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almaShuv qurilmasi (kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almaShuviga imkon beradi. Uchinchi avlod (1960- yillarning o‘rtasi va 1970- yillar) EHMlarining asosini integral sxemalar tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan). Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristalidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining yupqa qatlamini surtib qo‘ygan holda to’zish mumkinligini ko‘rsatdi. Elementlarni birdagina plastinkaning ko‘pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin. Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko‘p qatlamli moddalar ko‘rinishidagi bunday sxema integral sxema nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral sxemelarda yo’zga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to‘la foydalanib bo‘lingani yo‘q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlashishi, o‘lchamlarning ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo‘llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bo‘lib, bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH,1965) va ES (Ediniya sistema) oilasiga mansub bo‘lgan ES-1022, ES-1035, ES-1055, ES-1060 kabilar kiradi.
To‘rtinchi avlod EHMlari – bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elburs-2 kabi EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub. O‘z vaqtida Toshkentdagi ―Algoritm zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elburs-2 EHM tarkibida har biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10 ta protsessori bor. To‘rtinchi avlod (1970 – 1980- yillar) EHMlarida bir kremniy kristallida o‘n minglab o‘tkazgich elementlar bo‘lgan katta integral sxemalar (BIS-Bolshaya integralnaya sxema) qo‘llaniladi. Bir kremniy kristalida butunlay joylashadigan EHM protsessorining yaratilishi XX asrning ajoyib yutug‘i bo‘ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi. Natijada bitta platada EHMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini joylashtirish mumkin bo‘lib, o‘ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EHMning o‘zi esa hajmi va narxi bo‘yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo‘llashga imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy EHMlar, cho‘ntak va stol mikrokalkulyatori paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig‘imi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan "Super EHM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunday EHMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda qimmatbaho, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli sohalarida tengi yo‘qdir.Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amalgacha bo‘lib, bunday EHMlar jumlasiga hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng qo‘llanilayotgan IBM, DX2-66, Power Macintosh, Pentium rusumli SHKlar va Respublikamizda ishlab chiqarilgan Toshkent, ta’lim muassasalarida keng foydalanilgan Agat, Praves kabilar ham kiradi.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə