O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə36/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko‘chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter komandasi yordamida elektrlanadi. Bo‘yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo‘ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 sekunddan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko‘proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha chop etadigan purkagichli printerlar bor.





3.10-rasm. Lazerli prinerlar.

Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning elektrografik usuli ishlatilib, bu usul Shu nomdagi nusxa ko‘chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazerli printer o‘ta ingichka yorug‘lik no’rini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab qo‘yilgan yorug‘likka sezgir baraban sirtida ko‘rinmaydigan nuqtali elektron tasvir konto’rini chizadi. Elektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Elektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan maydonlarga yopishib qolgan bo‘yoq (toner) kukuni bilan bosish bajariladi. Toner barabandan qog‘ozga olib o‘tiladi va tasvirni qog‘ozda tonerni qizdirib, u erib ketguncha qotiriladi.


Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni ta’minlaydigan o‘tkazish qobililiyatli eng yuqori sifatli bosishni ta’minlaydi. Rangli lazerli printerlar ko‘p ishlatiladi. Masalan, tektonik (AQSH) firmasining Phaser 550 lazerli printeri gorizontal bo‘yicha ham, vertikal bo‘yicha ham millimetrda 48 nuqtali o‘tkazish qobiliyatiga ega. Rangli bosish tezligi minutiga A4 o‘lchamli 5 bet, monoxromli bosish tezligi - minutiga 14 bet. Printerlarning 1000 taga yaqin turli xil modifikatsiyalari bor.


Nazorat savollari:


  1. Tibbiyotda axborotni qanday belgilarga qarab tasniflash mumkin?

  2. Tibbiyot axborot tizimlarini tushuntirib bering?

  3. Shaxsiy kompyuterlar tarixini aytib bering?

  4. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy-mantiqiy asoslari nimadan iborat?

  5. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi usullarini tushuntirib bering.

  6. Kompyuterlarning rivojlanish yo‘nalishlarini tuShuntiring.

  7. Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari nimadan iborat?

  8. Shaxsiy kompyuterlar arxitekturasini tushuntirib bering?

  9. Shaxsiy kompyuterlarning asossiy qurilmalarini tuShuntirib beribdg?

  10. Shaxsiy kompyuterning sistemali blogini ichki qurilmalarini izoxlaab berring.

  11. Shaxsiy kompyuterning qaysi qurilmalari qo‘shimcha qurilma sanaladi?

  12. Chop qilish qurilmalarini turlari va ularni ishlash prinsiplarini tushuntirib bering?



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə