O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə35/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Siyohli printerda tasvir qog‘ozga maxsus qurilma orqali purkalayotgan siyoh tomchilaridan yo’zaga keladi. Siyohli printer sifati purkagichli printerga yaqin narxi ham arzon. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik undan foydalanmoqda. Tezligi bir bet uchun 15 sekunddan 100 sekundgacha. Siyohli printerda bosuvchi kallakda ignalar o‘rniga ingichka naychalar - soplolarga (konus naychalarga) ega, u orqali qog‘ozga bo‘yoq rangning (siyohning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matritsasi odatda 12 tadan 64 tagacha soploga ega. Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga erishildi. Tasvirni shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog‘ozga siyoh tomchilarining yo‘naltirilgan portlatishga o‘xshash purkash - purkagichli bosishning «Pufakli» texnologiyasi deb ataluvchi usuli ishlatiladi.Purkash jarayoni texnikasi quyidagicha bo‘ladi. Soplo devoriga elektrik qizdiruvchi element o‘rnatilgan bo‘lib, uning harorati elektr impulsi berilganda 5-10 ms ichida keskin ortadi. Qizdiruvchi element bilan kontaktda joylashgan siyohning hammasi bir zumda bug‘lanadi, bu bosimning keskin oshishiga olib keladi, buning oqibatida siyoh soplodan qog‘ozga otilib chiqadi. «Otilgandan» keyin siyohlari kondensatsiyalanadi, soploda pasaygan bosim maydoni hosil bo‘ladi va unga siyohning yangi porsiyasi (ulushi) so‘riladi. Bu yangi texnologiya purkagichli printerlar va plotterlar olamida burilish yasaydi.


3.9-rasm. Siyohli prinerlar.

Bu esa ularning o‘tkazish qobiliyatini yana bir pog‘onaga (dyumda 600-1440 ta nuqtagacha) ko‘tarish imkonini berdi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda purkagichli printerlar millimetrga 50 tagacha nuqtali o‘tkazish qobiliyatini va sekundiga 500 tagacha belgini bosish tezligini ta’minlaydi va bunda bosish sifati o‘ta yuqori bo‘ladi. Purkagichli printerlar yozuvchi kallakda katta miqdordagi soplolarni ishlatib, rangli bosishni ham bajaradi, lekin bunda o‘tkazish qobiliyati oq-qoraga nisbatan taxminan ikki marta kamayadi (lekin Epson firmasi o‘tkazish qobiliyati 400 dpi bo‘lgan, rangli bosish tezligi sekundiga A4 o‘lchamli 4 betni tashkil etgan noyob rangli purkagichli Stylus 600 printerini yaratgan). Rangli tasvirni yaratish uchun odatda, poligrafiyada qabul qilingan SMYK rangli sxema ishlatilib, u o‘z ichiga to‘rtta bazaviy (asosiy) rangni oladi: Syan - havo rang, Megenta - to‘q qizil rang, Yellow - sariq rang, Key - yetakchi (qora rang). Murakkab ranglar bazaviy ranglarni aralashtirib hosil qilinadi. Bosish sifati juda ajoyibdir - to‘liq rangli plakat deyarli bosmaxonaniqidan farq qilmaydi. Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari:


soplo ichida siyohning qurib qolish xavfi, bu ba’zida bosuvchi kallakni almashtirish zarurligiga olib keladi, sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyoh uchun balonchaning, ayniqsa, agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa (bunday to’zilish keng tarqalgan).

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə