O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


-§.Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə34/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

3.7-§.Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari.


SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning qo‘shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga:

  • Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop qilish qurilmasi;

  • Disk (axborot taShuvchi qurilma) – axborotlarni ko‘chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma;

  • Plotter - chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma;

  • Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotni kirituvchi qurilma.

  • Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma;

  • Audio-video adapter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli video roliklarni ko‘rishni ta’minlovchi qurilma;

  • Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almaShuvini ta’minlovchi qurilma;

  • Multimedia - Kompyuter yordamida tovushli va rolikli multi-kinolarni ko‘rish imkoniyatini yaratib beruvchi qurilma;

  • Strimer - kompyuterning vinchesteridagi ma’lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun mo‘ljallangan qurilma.

Printer - kompyuter xotirasidagi axborotlarni (matnli va rasmli) qog‘ozga bosish uchun foydalaniladi. Printerlar ishlash tamoyillariga ko‘ra matritsali, siyohli va purkagichli, lazerli printer turlarga bo‘linadi.
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi bo‘lib ularni ko‘pincha temir yo‘l, aviya va bank kassalari va ishlab chiqarish zavodlarida uchratish mumkin.
Bu printerning ishlash qoidasi quyidagicha: Ignaning xarakati yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshqacha yozuv satri bo‘ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo‘yalgan lenta orqali qog‘ozga uriladi va natijada qog‘ozda belgi yoki tasvir hosil bo‘ladi. Ignalar soniga qarab bu printerlar bir-necha turlarga bo‘linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48ignali. 9 ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatni oshirish uchun 2 yoki 4 yurishda bajarish kerak. 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi.


3.8-rassm. Ignali prinertlar.
Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha vaqt ketadi. Ba’zan zarbli printerlar ham deyiladi. Ignali matritsali printerlardan tashqari matritsali termoprinterlar guruhi ham bor, ular bosuvchi ignali kallak o‘rniga termomatritsali kallak bilan jihozlangan va bosishda termoqog‘oz ishlatiladi

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə