O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə32/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Sichqoncha - ma’lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. SHKning asosiy qurilmalaridan biri bu sichqonchadir. Uning 3 xil turi bo‘ladi: standart, trekbol va sensor paneli. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor paneli bilan trekbollar esa notebooklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Sichqonchalarda tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo‘yicha farqlanadi. Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.

3.3-rasm. Sichqoncha.
Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan sharik bor, u stol bo‘yicha harakat qilganda maxsus roliklar va indiqatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga jo‘natiladi va ekrandagi sichqoncha ko‘rsatkichi (strelkasi) biz belgilagan yo‘nalishda harakatlanadi. Uning nomi tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan. Sichqoncha qo‘lga bemalol joylaShuvchi bir necha tugmachali bo‘ladi. Sichqoncha stol yoki maxsus yo’zada (gilamchalar) harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Menyuning birortasini bajarish uchun sichqoncha mos tugmachasi bosiladi. Ba’zi amaliy dasturlar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan.
Markaziy protsessor - kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya’niprotsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumoto‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma – protsessor deb ataladi. Markassiy protsesorni yana mikroprotsessor deb xam nomlanadi va u turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Uning tezligi megagerslarda (Mg) hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700.

3.4-rasm. Mikroprotsessor Intel.


Tezkor xotira - o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotsaqlaydi. Ma’lumotlardoimiy xotiradan tezkor xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zaruriy holda diskka yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.

3.5-rasm. Tezkor xotira.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə