O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə29/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Beshinchi avlod EHMlari – bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellectual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik tarzda yechishning dasturiy ta‘minoti va muloqot protsessori) borligi bilan farq qiluvchi, universal sun‘iy tafakkur mashinalaridir. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessorlarni kashf etilganidan boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE firmasi, keyinchalik (1984 y) esa, IBM firmasi mahsulotlari hisobiga kengayib bordi. Beshinchi avlod kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan almashtiriladi. Natijada kompyuterning to’zilishi ham tubdan o‘zgaradi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni emas, balki axborotni kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlaydigan axborotlarni ham bajarish imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega bo‘lmog‘i kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash tamoyili inson tafakko’rining faoliyatiga iloji boricha yaqinlaShuvchanligi lozim. Demak, ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi sun’iy intellektda tasvirlanishi kerak. Bundan ko‘rinadiki, beshinchi avlod EHMlarini faqatgina bizga ma’lum bo‘lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli sohalarida keng ko‘lamda qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ularning tezligi insonning intelektual tezligiga yaqin bo‘lib, bunday kompyuterlar loyihasi ichida Yapon loyihalari birinchi o‘rinni egallaydi.


3.6-§.Shaxsiy kompyuterlarning arxitekturasi.


Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida shaxsiy kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalangan bo‘lsa, hozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va chizmachilik ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz tassavur qilish mumkin emas.
Kompyuterning asosiy qismlari:

Sistema bloki. Monitor Klaviatura Sichqoncha
3.1-rasm. Shaxsiy kompyuterlarning assossiy qurilmalari.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə