O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


-§. Tibbiy qurilmali kompyuterlashgan tizimlar



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə25/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

3.3-§. Tibbiy qurilmali kompyuterlashgan tizimlar.


Maxsus tibbiyot axborot tizimlarini muhim turlaridan biri bu tibbiy qurilmali kompyuterlashgan tizimlar hisoblanadi. Hozirgi kunda tibbiyotni axborotlashtirish yo‘nalishlaridan biri bu tibbiy qurilmalarni kompyuterlashtirish hisoblanadi. Kompyuterlarni turli o‘lchov asboblari va boshqarish qurilmalari bilan birgalikda ishlatilishi, tibbiy amaliyotda bemorlar holati haqida ma’lumot yig‘ish va real vaqt oralig‘ida ma’lumotlarni qayta ishlash orqali uni holatini boshqarishni avtomatlashtirishni yangi effektiv usullarini yaratish imkonini bermoqda. Bu jarayon, tekshirishlarni qurilmali usullari va intensiv terapiyani yanada sifatli darajaga ko‘tarish imkonini beruvchi tibbiy qurilmali kompyuterlashgan tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarni o‘ziga xos bo‘lgan jihatlaridan biri bu – tekshirish ob’eklari bilan bilvosita birgalikda aniq vaqtlar oralig‘ida ishlashidir. Ular juda murakkab dasturiy-qurilmali jamlanmalardan iborat. Tibbiy qurilmali kompyuterlashgan tizimlar bilan ishlashda hisoblash qurilmalaridan tashqari maxsus tibbiy qurilmalar, asboblar, texnikala va mexanizimlar, aloqa vostialari ham kerak bo‘ladi.
Bunda tizimlarga eng oddiy misol sifatida operatsiyalar jarayonida bemorlarni holatini monitoring qilish tizimlari, kompyuter tomografiyasi, UTT, turli laboratoriya tahlillarini bajaruvchi qurilmalarni keltirish mumkin.
Tibbiy qurilmali kompyuterlashgan tizimlarni uchta asosiy qismilarga ajratish mumkin: tibbiy, qurilmali va dasturiy ta’minot.
Bunda tibbiy ta’minot tanlangan tibbiy doiradagi masalalarni tizim qurilma va dasturiy qisimlari bilan birgalikda yechish usullarini o‘zichiga oladi. Tibbiy ta’minotga bir qator metodlar ya’ni o‘lchanadigan fiziologik parametrlar va ularni o‘lchash usullari, bemorga ta’sir etuvchi usullar va ruxsat etilgan ta’sir chegaralari kiradi.
Qurilmali ta’minot deyilganda tizimni tibbiy-biologik mal’lumotlarni olish, davolash ta’sirini ko‘rsatish va hisoblash texnikasi vositalarini texnik qismlari tuShuniladi.
Dasturiy ta’minotga butun tizimni ishlashini ta’minlovchi tibbiy-biologik axborotlarni matematik qayta ishlash usullari, algoritmlar va dasturlar kiradi.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə