O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə26/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

3.4-§. Tibbiy diagnostika.


Tibbiyotda axborot tizimlarini joriy qilish va ishlab chiqish juda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shaxsiy kompyuterlarni tibbiy massasalarda qo‘llanilishini tahlil qilish Shuni ko‘rsatadiki, asosan kompyuterlar matnli hujjatlarni yuritishda, saqlash va ma’lumotlar bazasini qayta ishlash, statistikada ishlatilmoqda. Bir qism kompyuterlar tashxis qo‘yish va davolash qurilmalari bilan birgalikda ishlatilmoqda. Bu sohalarni ko‘pchiligi kompyuterlarni ishlatishda standart matn muharriri dasutlari, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va hokazolarni qo‘llab kelmoqda. Shuning uchun hozirda zamonaviy muqobil aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash usullarni beruvchi tashkiliy-texnik axborot tizimlarini yaratish dolzarb masalalardan biridir.
Tibbiyotdagi tashxis qo‘yish masalasini xuddi kasallik belgilari (kirish ma’lumotlari) va tashxislar (chiqish ma’lumotlari) orasidagi bog‘liqliklar sifatida qarash mumkin. Muqobil aniq tashxis qo‘yish imkonini beruvchi tizimlarni yaratishda sun’iy intellekt usullaridan foydalanishni talab etadi. Tibbiy tashxis qo‘yishda foydalaniladigan ma’lumotlarni tahlil qilishda ular bir qator o‘ziga xosliklarni ya’ni axborotlarni sifat xarakteri, ma’lumotlarni tashlab ketish, oz miqdordagi ko’zatishlarni ko‘p hollarda qo‘llanilishi bunday usuldan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ko’zatuv ob’ektini (kasallik) sezilarli murakkabligi ya’ni ba’zida shifokor verbal shaklda ham tashxis qo‘yish jarayonini yoritib bera olmasligi keltirish mumkin. Tashxis qo‘yish va davolash jarayonida olingan tibbiy ma’lumotlarni interpretatsiya qilish neyronli tarmoqlarning mavhum bir yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Neyron tarmoqlar yordamida yechiladigi ko‘pgina masalalar hozirda unversal zo‘r tarmoq yaratish imkonini bermaganligi sababli, turli algoritimlar yordamida ishlaydigan maxsus neyron tarmoqlarini yaratishga majburlamoqdi. Neyron tarmoqlarni tibbiy tashxis qo‘yish masalalarini yechishdagi asosiy imkoniyati bu: paydo bo‘ladigan masalalarnini aniq bir formadagi matematik model va statistik usullardan foydalanish uchun aniqlikka tekshirish imkonini yo‘qligi; makon o‘lchamidan variantlarsiz sintez qilish metodi, neyron tarmoqlar o‘lchami va belgilari va boshqalardir.
Lekin tibbiy tashxis qo‘yish masalalarini yechishda neyron tarmoqlaridan foydalanish bir qator qiyinchiliklarga ham ega. Bunga tarmoqni sozlashda tarmoqqa nisbatan juda katta tanlashlar bajarilishi kerakligi, matematik qurilmani sonli o‘zgariuvchilrga qaratilganligini keltirish mumkin.
Kompyuter o‘zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyib kashfiyotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida shaxsiy kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalangan bo‘lsa, hozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va chizmachilik ma’lumotlari bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz tassavur qilish mumkin emas.
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo‘tadil tashkil qilingan axborot infrato’zilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almaShuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat Shu kompyuter tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga aylanmoqda.
Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo‘nalishlarini qayd etish mumkin.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, o’zatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, bo’zib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo‘lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo‘lishiga olib keladi.



Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə