O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə21/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Ma`lumotnoma axborot ko’proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob`yеktlarning qancha barqarorligi bеlgilarini tavsiflaydi va ma`lumotnomalar(spravochniklar)tizimi shaklida namoyon bo’ladi. Xorijiy ma`lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz ko’payib bormoqda.

  • Tavsiyanoma axborot uz navbatida bosma nashrlarda e`lon kilingan va tijorat ma`lumotlar bazalaridagi ma`lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o’tkazish natijalariga ko’ra shakllanadi.

  • Mе`yoriy axborot asosan ishlab chiqarish soxasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elеmеntlari rеjali, miqdoriy o’lchovini tavsiflovchi ilmiy va tеxnik asoslangan mе`yorlar tizimini aks ettiradi.

  • Signalli axborot muhitdagi ob`yеktlar faktik xolatining rеjasidan chеtga chiqishi paydo bo’lganda yuzaga kеladi. CHеtga chiqish sabablari aniqlangandan sung ularni bartaraf etish tadbirlari ko’riladi.

  • Taqdim etish usuliga ko’ra axborot matn, jadval, matrisa, grafik va dinamik qatorlarga bo’linadi. Matn axboroti eng ko’p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun xozirgi paytda gipеrmatn dastur tizimi ko’rinishida maxsus dasturiy vositalar qo’llanilmoqda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma`lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun muljallangan.

  • Axborot o’zining barqarorligiga ko’ra o’zgaruvchan, shartli - doimiy va doimiyga bo’linadi. O’zgaruvchan axborot ob`yеktlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o’lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o’zgarmas bo’lib qoladi.

    2.5-§. Texnika havfsizligi.


    Texnika havfsizligi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; i.zchdagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doir tashkiliy va texnik tadbirlar qamda vositalar majmui. Ularni yaratish va ichiqoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriy texnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻl yoʻriqlar berish, ichki sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonun qoidalarini ishlab chiqish va ichiga tatbiq qilish.
    Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang , gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning o’zellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqlagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni o’zoqdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasining muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Har bir korxonada xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
    Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqalar hisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqa Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Xavfsizlik texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash bilan o’zviy bogʻliq boʻladi.
    Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamida ishlaydi. Elektr toki esa juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishni talab etadi. Kompyuter sinfidagi qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish yong‘in chiqishi, baxtsiz hodisalar ro‘y berishi va buning natijasida inson salomatligiga zarar yetishi hamda kompyuter jihozlarining bo’zilishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz talab etiladi.
    Xavfsizlik texnikasi qoidalari quyidagilar:

    1. o‘qituvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan kompyuterlarni ishga tushirish;

    2. kompyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib o‘tirish;

    3. elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegish;

    4. o‘zboshimchalik bilan kompyuterda sozlash ishlarini olib borish;

    5. ishlab turgan kompyuter ekraniga qo‘l bilan tegish;

    6. kompyuterlarda tozalash ishlarini olib borish;

    7. o’zoq vaqt davomida ishlab turgan kompyuterlarni nazoratsiz qoldirish;

    8. kompyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish;

    9. kompyuter yonida ovqatlanish, suv ichish;

    10. tez alangalanuvchi buyumlar va qurilmalarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish;

    11. klaviatura va kompyuter sichqonchasini ho‘l qo‘llar bilan boshqarish;

    12. klaviatura va «sichqoncha»dan foydalanganda kuch ishlatish;

    13. kompyuterni ruxsatsiz o‘chirib, ishni yakunlash ta’qiqlanadi.


    Yüklə 19,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə