O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


ijtimoiy pedagogning bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə28/35
tarix17.04.2018
ölçüsü3,62 Mb.
#38761
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35

ijtimoiy pedagogning bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi


bo’yicha faoliyati dasturi

Maqsadi: internat muassasi sharoitlarida shaxs rivojlanishi uchun ijtimoiy pedagogik sharoitlar yaratish.

Faoliyat ob’ekti: tarbiyalanuvchilar.

Vazifalari:

1. Dezadaptatsiya qilingan bolalarni aniqlash;

2. Bolalarning ijtimoiy dezadaptatsiyasi manbalari va sabablarini aniqlash;

3. Maktab va oilaviy nizolarni yengib o’tish bo’yicha ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi dasturlarini ishlab chiqish va ta’minlash, bolalar xulq-atvorlarini tuzatish, ularni o’quv faoliyati sub’ekti sifatidagi maqomlarini tiklash;

4. Reabilitatsion chora-tadbirlarning davomiyligi;

5. Bola mikromuhitida inqirozli holatni bartaraf etishda maslahat yoki boshqa yordam berish;

6. Bolalarning keyingi taqdirini hal qilishda bu masala bilan qiziqqan shaxslar bilan hamkorlik o’rnatish, ularning keyingi tarbiyalarining optimal variantini ishlab chiqish.

Kutilayotgan natija: shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi sifatida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasi.
Savollar:


  1. Oilaning bugungi kundagi muammolari haqida fikr yuriting.

  2. Demokratik jamiyatda oila funksiyalari nimalardan iborat?

  3. Oila maqomi tushunchasi va uning darajalari?

  4. Ijtimoiy pedagogning g’ayri ijtimoiy oiladagi faoliyati?

  5. Oilaga pedagogik yordam ko’rsatishning asosiy shakllari qaysilar?

  6. “Vasiylik”, “bolalikka olish”, “qaramog’iga olish” tushunchalariga ta’rif bering.

  7. Qabul qiluvchi oila nima?

  8. Ijtimoiypedagogning qabul qiluvchi oila bilan ishlashining asosiy metodlari qaysi?

  9. Ijtimoiypedagogning go’daklar uyidagi faoliyatining xususiyatlari.

  10. Ijtimoiypedagogning bolalar uyi va internatdagi faoliyatining mazmuni.


9-mavzu:

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR VA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PЕDAGOGIK FAOLIYAT.
Tayanch tushunchalar; Ochiq maktablar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, qo`shimcha ta'lim tashkilotlari, internetlar, ijtimoiy pedagogik faoliyat modeli, mikro(kichik) markazlar, valeologiya, sog`lom turmish tarzi.

REJA:


  1. Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida

  2. Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli. Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari
  3. ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi, tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.

  4. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borishi

  5. Spirtli ichimliklar istе'mol qiluvchi o`smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pеdagogik faoliyat. Giyohvandlik – dеviant xulq shakli sifatida

Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.

Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.

Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.

Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.

Bunday maktablar asosan;

▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish

▪ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:

▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi.

Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli

Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:

▪ bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,

▪ sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,

▪ nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.

qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,

ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.

Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:

1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.

2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.

3.Tabiatga mos yondoshuv

4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.

Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.

Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.


Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga bo`lgan ijtimoiy talab


Ijtimoiy pedagogic faoliyat (IPF) maqsadi va vazifalari




IPF tamoyillari



IPFning o`ziga xosliklari

IPF mazmuni

Shakillari



Metodlari

Ijtimoiy pedagogik


IPF


Vositalar

Dasturlar bosqichi




Bolalar va o`smirlar: ularning ijtimoiylashganlik va rivojlanganlik darajalari




Chiqish: Ijtimoiylashgan bola



Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikro-(kichik) markazlari.

Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi.

Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda.

Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi:



    1. Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish lozim edi., biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.

    2. Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish.

    3. Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish.

    4. Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.

Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda:

Maktab mamuriyati, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan oilalar farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf rahbarlarning bolaning oiladagi holatini o’rganishadi. qiyin bolalar bilan alohida shug’ullanishadi.

Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi. Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam berishadi.

Maktabda mavjud bo’lgan sog’liqni saqlash xizmati maktab o’quvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi.

Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari maktabning maktabgacha tarbiya muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi.

Ota-onalar qo’mitasi ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi.

Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi. Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo’pol munosabatda bo’lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, bola o’qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida shug’ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi.

Ko’pgina g’arbiy yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab kursini uzlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ro’yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi.

ijtimoiy pedagog o’quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o’z tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo’linmalar tashkil qiladi. ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og’ir bolalar bilan ish olib borishini tartibgs soladi. U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit to’g’risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.

ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi kerak. U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko’nikishlariga yordam ko’rsatadi. ijtimoiy pedagog dasr soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, ularning o’qish masalasini hal qiladi. U ko’p bolali oilalarning barcha imtiyozlaridan foydalanishlari, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari va sinf rahbarlari tumandagi oila va o’quvchilarni o’rganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e’tibor berishadi, tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam berishadi.



O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatida to’garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan indevidual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi.

Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o’rganib chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi.

Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. ijtimoiy pedagog bu hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim.



Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.

Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga kirishishdir. Bu munosabat bolalar bog’chasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va o’smirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va o’smirlar guruhlarida tengdoshlar orasida fuknsional, emotsional shaxsiy munosabatlar o’rnatiladi.

Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o’qish)da qayd etilgan bo’lib, kattalarning bevosita rahbarligi ostida guruhdagi xulq-atvor normalarini o’zlashtirish orqali shakllanadi. Tengdoshlar guruhhining hamma a’zolari ham yosh jihatdan teng bo’lmaydi. Bu guruhga har xil yoshdagi, biroq umumiy qadriyatlar, munosabatlar tizimi yoki qiziqishlari bilan birlashgan bolalar ham kirishi mumuikn. Tengdoshlar guruhi a’zolarining soni turlicha bo’lishi mumkin. O’rtoqlar guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 30-40 tagacha a’zo bo’lishi mumkin.

Tengqurlar guruhi odatda a’zolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy tashkilot(sinf,skautlar guruhi va boshqalar) borligi va guruh a’zolari urtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh a’zolarining xarakter va o’zaro ta’sirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo’ladi.

Birinchidan yetakchi ajralib chiqadi. Eksperimental tadqiqotlarda yetakchisi bo’lmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy yetakchilar ham bo’lishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilanmon yetakchi bo’lishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin:

Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga ko’ra tengqurlar guruhlari rasmiy, ya’ni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bog’liq bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga bo’linadi.

ijtimoiy psixologik maqomiga ko’ra ular ikkiga bo’linadi, ya’ni mansublik guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.

Faoliyat yuritishning barqarorligi va uzoq muddatliligiga qarab doimiy, vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.

Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari mumkin.

Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi.

So’nggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga yetayotgan avlod ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Avvalgi davrlarga qaraganda ularning o’rni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar o’z ta’siri ko’rsatdi.

Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, o’smirlar shaharlarda yashashyapti va u yerda ko’proq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega bo’lishmoqda. bu muomalani kattalar to’liq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va to’liqsiz oilalarning ko’payishi, oilalarning noto’g’ri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emotsianal aloqalarning yetishmovchiligini uydan tashqarida to’ldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Umumiy o’rta ma’lumot OAVlar shunga olib keladiki, voyaga yetayotgan avlod o’zlarining savodxonliklari va madaniy rivojlanishlari darajasiga ko’ra ancha tenglashib qolishdi. SHuningdek, bolalarning tengqurlar guruhlariga birlashishlariga nafaqat kiyim-kechak yoki turmak, balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.

Bolalar, o’smirlar va o’spirinlar bir vaqtning o’zida bir necha bir-birdan farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni, ularda shakllangan o’zaro munosabatlarning xarakteriga bog’liq ravishda ta’sir ko’rsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, o’spirinlar va o’smirlar ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi.

Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o’rgatadi, ya’ni ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga o’rgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni ko’rsatish, g’ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qo’llash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar va o’spirinlarning kattalar, xususan ota-onalar ta’siridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim o’rin tutadi. To’rtinchidan guruh o’z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo’lish imkonini beradi.

O’rtoqlar va og’aynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar jamiyatiga mos bo’lishga harakat qilishadi. SHu bilan bir vaqtda o’z mustaqilliklarini ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga qo’shmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini belgilab olish masalalarini yechishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh o’z a’zolari tomonidan “ekologik chuqurlik” sifatida qabul qilinadigan spetsifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.

Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh o’smirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funksiyasi tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda do’stlik rishtalari, simpatiya birinchi o’ringa ko’tariladi. Aslida ular ontogenezda ancha avval paydo bo’lishgan. Agar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.

SHaxsiy munosabatlar guruhdagi o’zaro bog’liqlik bo’lib, bunda bir bola xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon bo’ladi.

Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati–bu bolalarga jamiyatga ko’nikishlariga va o’z normalarini yaratishlariga ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.

Bolalar submadaniyati bolaning ilk ijtimoiylashuvi vazifasini bajaradi. O’smirlar, o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga ijtimoiy harakatning yangi shakllarini tuzish kiradi. Bu ijtimoiy pedagog tomonidan to’g’ri qabul qilinishi kerak. O’smirlar kichkina bolalardan ancha faollar va o’z o’rinlarini topishlari uchun yangi faoliyat va xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar. O’spirinlik davrining inqirozi ham ko’p borada yangi muqobil faoliyat normalarini yaratishga bog’liq. SHuning uchun o’spirin-o’smir submadaniyati nafaqat ijtimoiylashtiruvchi, balki konstruktiv ijodiy funksiyani ham bajaradi. O’smirlar va o’spirinlar submadaniyatini kattalar olamidan ajratib turuvchi omillar madaniy va texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarning qarama-qarshi ta’siri, ijtimoiy muhitning beqarorligi bilan bog’liq. Bu hollarda o’spirinlar va o’smirlar guruhlari turli g’ayri-ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin.

O’spirinlar va o’smirlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo’nalishi mavjud. Birinchisi u umumiy jihatlarga ega bo’lib, turli mintaqa va yo’nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning ta’siriga bog’liq. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, birq axloq umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. g’ayri madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.



Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borish

Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham o’smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir.

O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi

Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh o’smirlar yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin.

Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’zpirinda kattalik xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ham ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir.

SHunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni ajratsak bo’ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaslik, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to’g’ri baholay olmaslik, katta bo’lishga intilish.

O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o’rtasidagi davrdir. SHaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.

O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. SHuni ta’kidlash joizki, o’spirin o’z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi.



Tarbiyasi og’ir o’spirinlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdirlar, biroq ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o’z tengdoshlaridan o’qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.

Garchi ular o’zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o’zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli shug’ullana olishmaydi. Tarbiyasi og’ir o’spirinlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o’qishni xohlashmaydi, o’qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar. Maktabni tashlab ketishadi, o’zlarini omadsiz deb bilishadi, ular daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan o’spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo’rlik oqibatida o’z jonlariga qasd qilishadi.

O’spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yo’lga qo’yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek o’spirinni o’rab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik darajalari, yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi. Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa, ko’cha-ko’yda ularni boshqarib bo’lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. CHunki o’spirinlar bo’sh vaqtlarining aksariyati aynan ko’chada o’tkazishadi. U yerda ularning muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri shakllanadi. O’quvchi o’spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o’qishdir. Biroq o’qish tarbiyasi og’ir o’spirinlar uchun o’qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. SHuning uchun ular o’zlariga muhim bo’lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o’zi kabi o’spirinlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo’pollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi.

Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo bo’lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo’yicha maktab va barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. yagona reja buiycha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o’zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo’shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda bo’lishadi.

Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.

Pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ularning xulq-atvoriga ta’sirini o’rganadi. Ular bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:



  1. O’spirin bilan aloqa o’rnatish;

  2. O’spirin bilan yaxshi o’zaro munosabatlarni o’rnatish;

  3. Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o’rganish.

Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqarilgan pedagogik texnologiya ham samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o’spirin bilan aloqasining bir nechta bosqichlari ko’rsatilgan:

  1. Qarashlarida roziliklarning to’planishi;

  2. Uning qiziqishlarini bilib olish;

  3. O’smirlikning roziligi;

  4. Xususiyatlari va sabablarini tushunish;

  5. Uning shaxsiyatining salbiy xislatlarini o’rganish;

  6. YUrish-turish va o’zaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish6.

YU.V.Vasilkova tarbiyasi og’ir o’spirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondoshuvni ilgari suradi7:

    1. O’spirin bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish;

    2. O’spirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish;

    3. Pedagogik tarbiyasi og’irligining sabablarini aniqlash;

    4. Psixologik va ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish;

    5. O’spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash;

    6. Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o’spirin faoliyatini o’z-o’zini mukammallashtirishga qaratish.

Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv o’spirinlar guruhlari paydo bo’ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko’ra voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo’lib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha ko’pgina tafsiyalar indevidual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek ajratib olingan o’spirinning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat huquqbuzar o’spirinning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo’lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati, ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o’spirinlarni o’rab turgan mikro muhit bilan o’zaro aloqalarini o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz.

Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o’smir guruhlarning rejali qayta to’g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o’smir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.

Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib borish ommaviy so’rovnoma va anketa to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarining qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.

Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish joylar va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo’nalishi. Muomalaning bu parametrlarini bilsh tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi.

ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala qilish qiziqarli bo’ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi:


        1. Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;

        2. Tarbiyaviy ta’sirni to’g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to’g’ri tomonga yo’naltirish.

Guruhlarning o’rganilishi va taxlili qilinishi lozim bo’lgan mashg’ulotlarini ikki turga ajratsak bo’ladi-vaqt bo’yicha –doimiy va nodoimiy, yo’nalishi bo’yicha-ijobiy (mehnat, sport, san’at bilan mashg’ul bo’lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o’ynash).

Tarbiyasi og’ir o’smirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning uslublari va texnologiyalari quyidagilar:



Maktab yordamida:

-maktab va maktabdan tashqari o’smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir (seksiya, klub, to’garaklar);

-intizomli, a’lochi o’quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri. Bu yo’nalish bir-biri bilan do’stlashish xohishi, o’zaro muomalaga talab bo’lganda juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan shug’ullanish) yotadi. Bu yo’nalishning amalga oshirishning muvafaqqiyati ko’p borada o’qituvchi, sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog’liq.

-sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o’smirlarga ta’siri. Bunaqa birgalikdagi faoliyat (sayohatga chiqish, spartakiadalar, san’at festivallari, ko’rgazmalar, jamoaviy harakatlar)ni talab qiladi. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o’zlari uchun balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko’p narsa bog’liqligini anglab yetishadi. Bunaqa faoliyatlarda og’aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to’g’ri munosabat shakllanadi, yuksatilgan vazifa uchun mas’uliyat xissi ortadi;

-pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko’rib chiqilgan yo’nalishlari mikrotuman tarbiyaviy ishida maktab jamoasi bilan birgalikda va bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi.

Maktabdan tashqari o’smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirni tashkil qilishda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim:

-birinchidan to’garak, seksiya, klubda o’smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik lozim (akvariumistika yoki sport bilan shug’ullanish) balki mehnat, turli o’yinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik o’smirlarni atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim.

-ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko’rsata turib ularni rasmiy guruhga o’tishlariga erishsa bo’ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon o’smirlar uchun sezilmaydigan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.

Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o’smirlarni o’zi tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlanish, keyinchalik uni o’smirlarda bajarayotgan ishlari uchun mas’uliyat xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to’ldirib borish lozim.

Tarbiyasi og’ir bolalar yoki o’smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko’zda tutadi.

Qayta tarbiyalash-bola yoki o’smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o’tish yoki bartaraf etishdir. qayta tarbiya ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangiyulning istiqboli bilan qiziqishi lozim. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o’tmishi, bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim.

O’smirni qayta tarbiya yoki o’z-o’zini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:



  1. Tarbiyalanuvchini o’rganib chiqish;

  2. O’smirning yurish-turishini o’zgartirish uchun uning ruhiy tayyor qilish;

  3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to’plash;

  4. Inqirozdan chiqish, o’z-o’zini tarbiyalashga o’tish.

SHuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o’smir mansub bo’lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo’shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o’z o’rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo’naltiradi. O’smirlar bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o’xshash maqsadini qo’yadi. Bu axloqiy komil inson o’smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi.

Spirtli ichimliklar iste’mol qiladigan o’smirlar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish

Bolalar ichkilikbozligi va ayniqsa uning yoshlar o’rtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki o’rinda aniqlanadi. Tibbiy nuqtai nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste’mol qilishga yengib bo’lmas ehtiyoj tug’ilishida namoyon bo’ladigan surunkali kasallikdir. ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan ichkilikbozlikspirtli ichimlikka deviant patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shaxslaridan biridir.

Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog’liq. CHunki, birinchidan, u aniq ijtimoiypsixologik sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan odatda deviant xulq-atvor kabi g’ayri ijtimoiy hislatlarning kelib chiqishiga olib keladi.

Ichkilikbozlik namoyon bo’lishining ijtimoiypsixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratsak bo’ladi. SHaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va xaraktereologik xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko’rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi.

Ijtimoiypsixologik omillar shartli ravishdagina ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga ta’sir ko’rsatar ekan, ular yaxlit va kompleks tarzda o’rganilishi lozim.

YUqorida alkogollashuv darajasiga (bir oyda kamida bir marta iste’mol qilish) ega o’smirlar guruhida ijobiy ijtimoiy mikro muhitda shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlovchi shaxsiy xususiyatlar tizimi yaxshi rivojlangan.

Bolalar ichkilikbozligi bir qator xususiyatlarga ega:


  1. spirtli ichimliklarga tez ko’nikish

  2. ichkilikbozlikning tez rivojlanishi

  3. davolashning samaradorligi

  4. organizmning tez buzilishi jarayoni




YOsh

Sabablar

Oqibatlar

Bolalikning ilk davri

(0-3 yosh)



1. homila davridagi ichkilikbozlik

2. homiladorlikning ilk 3 oyida spirtli ichimlik iste’moli

3. emizish vaqtida spirtli ichimliklar iste’moli


Epilepsiya, aqli zaiflik

Jismoniy rivojlanish anomaliyasi

Aqliy rivojlanish anomaliyasi


Maktabgacha va kichik maktab yoshi (3-9 yosh)

1. ota-onalarning pedagogik savodsizligi

2. oilaviy alkogol an’analari



Organizmning alkogol zaharlanishi

Spirtli ichimlikliklarga qiziqish paydo bo’lishi



O’spirinlik va o’smirlik davri (9-18 yosh)

1. oiladagi noma’lum holat

2. o’zini namoyon qilish

3. OAVlaridagi reklama

4. bo’sh vaqdda band bo’lmaslik

5. ichkilikbozlikning oqibatlari haqida bilimlarning yo’qligi

6. shaxsning psixologik xususiyatlari

7. muammodan qochish


Spirtli ichimliklarga maylning shakllanishi

Spirtli ichimlik iste’mol qilish odatining shakllanishi

Alkogol xulq-atvorning steriotipining paydo bo’lmagan holatda huquqbuzarlik sodir etish.

Mast holatda g’ayri huquqiy harakatlarning oqibatini o’ylamasdan sodir etish.

Spirtli ichimlikni ruhiy muammolarni bartaraf etuvchi doping sifatida iste’mol qilish

Bolalarning spirtli ichimliklarga ko’nikishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o’smirlik davrida jadal kechadi.

Birinchi davr-bolalikning ilk davri bo’lib, unda bolalarning alkogollashuvi ixtiyorsiz xarakterga ega. Bu bir necha sabablarga ko’ra ro’y beradi-homiladorlik va emizish davria spirtli ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo’lish. Ichki organ va a’zolarning jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi-oyoq va qo’llarning rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar.

Homila alkogol oldida himoyasiz bo’lgani sababli u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida istisqo, aqli norasolikni kuzatsak bo’ladi. Bunday bolalar garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham butun umr aqli noraso bo’lib o’tadilar.

Ikkinchi davr-maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar- ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo’lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir.

Biologik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga o’tmaydi, faqatgina unga mayl o’tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga ota-onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Maktab sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, uning maktab hayotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik normalarga amal qilishdir.

Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqishmasa yoki nomiga qiziqsa (baholarni nazorat qilish surunkali tarzda ortda qolayotgan bola to’liqsizlik xissini boshdan og’ir kechiradi) maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi, so’ngra bolada ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.u o’zini namoyon qilishning boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda bu bola ko’cha guruhlariga qo’shilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan tanish bo’lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bo’lgan bo’lsa, bu o’rganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab hayotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola o’ziga o’xshagan bolalarning ko’cha guruhini afzal ko’ra boshlaydi.

Uchinchi bosqich-o’spirinlik va o’smirlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablarga oiladagi nomaqbul holat, o’zini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama, muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari haqidagi bilimlarning yo’qligi kiradi. Bu davrda ichkilikka ruju qo’yish ro’y beradi. ijtimoiy adabiyotlarda ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi aniqlangan:


  1. o’ziga yuqori baho bergan bolalar

  2. shafqatsiz va agressiv xulq-atvorli bolalar

  3. amaliy hayotga ko’nikmagan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan judo bo’lgan bolalar

  4. turg’unlikka tushgan bolalar

bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishiga tortilganliklarining bir nechta darajalari mavjud:

1. nolga teng daraja-juda kamdan-kam iste’mol qilish;

2. epizodik iste’mol darajasi-turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;

3. yuqori daraja-1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish;

4. namoyon bo’lgan ruhiy tobelik darajasi-mast bo’lishning ruhiy holatning istalgan holatga aylanishi, ichimlikka ruhiy qaram bo’lishning yuzaga kelishi;

5. ichimlikka jism tobe bo’lish darajasi-spirtli ichimlikni nazoratsiz iste’mol qilish;



SHaxsning alkogollashuvi-aroqxo’rga aylanishi.

ijtimoiy pedagogikaning ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishning asosiy yo’nalishlari:

1. Adaptatsion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlar rivojlantirish orqali bolaning adaptativ xususiyatlarini to’g’irlash.

2. Oilaviy- ota-onalarning ______________________

3. Profilaktik-bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabat shakllantirish.

4. Vositachilik-bola va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.

5. Reabilitatsion-alkogol tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitatsiya qilish.

O’z faoliyatida ijtimoiypedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.

ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhiz qo’yish bo’lib, bolaning spirtli ichimlik ichishga ruju qo’yishini oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to’plash, uning real shaxsiy xususiyatlarini o’rganish, bola oilasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash, bolaga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan manbalarni o’rganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o’rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini o’rganish orqali amalga oshiriladi.

Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qo’yilgan tashhiz asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib, ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.

Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bo’lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim bo’lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo’shliqlarni to’ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o’tish uchun lozim bo’lgan malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi.

Ijtimoiypedagogning to’rtinchi vazifasi-huquqiy himoya bo’lib, uning mohiyati shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda ko’riladi.

Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.

Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda ko’zga ijtimoiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida ko’pgina aloqalar o’rnatiladi.

Ettinchi vazifa-profilaktik funkyiya bo’lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlashni ko’zda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo’lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o’tkazish orqali amalga oshiriladi.

Ijtimoiypedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab o’z xususiyatlariga ega.

Maktabgacha va kichik maktab yoshi.

Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi ta’sirni ota-onalar ko’rsatishadi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagogning oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

1. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish, chunki faqatgina uyg’un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo bo’lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bo’lishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.

2. Bola hayotiy faoliyatining sog’lom muhitini shakllantirish.

Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sog’lom ijtimoiypsixologik yo’l-yo’riqlarni shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi lozim. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo’shilishlari ____ kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqida bilimlar targ’iboti quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:

1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to’liq shakllanmagan organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rgatishning axloqiy va huquqiy javobgarligi haqida.

2. Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik, psixofiziologik xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang’ich bosqichga ko’nikish qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi haqida, ta’lim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish.

3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog’lom hayot tarziga intilishni shakllantirish uchun ota-onalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkibozlik an’analarini kichik maktab yoshiga xos bo’lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan holda ko’rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo’lish, bolalarning bo’sh vaqtlarini o’tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy0maishiy nizolardan holiroq qilish.

SHuningdek, ijtimoiypedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo’sh vaqt, bayramlarni spirtli ichimliksiz o’tkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim.

Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida o’tkaziladigan oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi lozim. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini to’g’irlashga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o’z maqomini tiklashga qaratilishi lozim.

O’spirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Bu davrda uyg’un faoliyatning faollashuvi fanida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning kelishi bilan yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan davom etadi. Bola u uchun obro’li bo’lgan kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda o’spirin o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.

Aynan o’spirinlik davrida ichkilikka ruju qo’yishning ilk bosqichining shakllanishi boshlanishi mumkin. CHunki u o’spirin guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy ham salbiy ma’noda namoyon bo’lishi mumkin.

Katta bo’lish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa ijtimoiy salbiy ma’noda: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon bo’ladi.

O’spirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o’tkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda bo’lish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga ta’siri shuncha kam bo’ladi.

SHuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’nalishlari orqali amalga oshiriladi:

1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog’liq mavzularda baxs-munozaralar o’tkazish orqali amalga oshirsa bo’ladi. Bu mashg’ulotlar natijasi guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan guruh qarashining shakllanishi bo’lishi lozim.

Baxs-munozaradan tashqari rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanish, jamoaviy muomala malakalariga o’rganishga erishsa bo’ladi. Ijtimoiypedagog o’spirinlar guruhida shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olishdir.

Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bolalarni qo’rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

2. O’spirinlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish, chunki bo’sh vaqtni mazmunsiz o’tkazish o’spirin tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To’garak, seksiya, klub, bolalar va o’smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur. Ijtimoiypedagog o’spirinning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yordam berishi lozim.

Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish lozim. SHuni inobatga olish lozimki, deviant xulq-atvorli bolalar asosan intelektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi. SHuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar yaratib berish lozim.

3. Ijtimoiypedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlarni: sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini-shakllantirishga qaratiladi.

4. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiypedagog vazifasi hisoblanadi. O’spirin yoshidagi o’quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida ijtimoiypedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin.

O’smirlik davri.

O’spirinlikdan farqli o’laroq 17-18 yoshli o’quvchilarda tengdoshlari jamoasiga emotsional tobelik kuchli bo’lmay, birinchi o’ringa individuallik ko’tariladi. Hayotda o’z o’rnini qidirish, o’zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda o’z ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiypedagog o’z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o’smirlar bilan individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida individual konsultatsiyalar o’tkazish.

2. SHaxsni ijtimoiy tarbiyalash. ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o’smirga ijtimoiy ijobiy xulq-atvor normalarini o’zlashtirishga yordam beradi.

O’smirlarning ichkilikka qarshi metodlar asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi.

Asosiylari-suhbat jarayonida ijtimoiypedagog tomonidan o’z nuqtai nazari, dalillari, faktlarni monologik bayon etish, ma’ruzalar o’qish.

YOrdamchilar-kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o’tkazish va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari-jamoaviy, individual shaklda va turli mikromuhitlarda-oila, maktab jamoasi, do’stlar davrasida amalga oshiriladi.



Giyovanlik bolalar deviant xulq-atvorining shakllaridan biri sifatida

Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq tushuniladi. Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki bo’lishi holatidir. Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga balki jamiyatga ham zarar keltiradi.

Ijtimoiytibbiy sohada giyovand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1) giyovand giyovand moddalarni iste’mol qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin bo’lgan holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy pedagogik yo’nalishda o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani jismoniy yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi.

Giyovandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksikomaniyada giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar kiritiladi.

Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular o’z organizlarining zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar organizm zaharlanishi natijasida yo nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir etishadi. Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi.

Giyovandlik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi:

-o’smir yoshidagi giyovandlarning ommaviy ko’payishi.

-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol qilishning keng tarqalishi.

-giyovand bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi.

Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa, hozirgi kunda giyovand bolalar va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to’lib bormoqda. Bu oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan axloqiy normalar alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Mashhur dikotekalar, rok-yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli joylarga aylangan.

Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo’lsa ham kokoin, geroin, “ekstozi” tabletkalari kabi giyovand moddalarni iste’mol qilish katta xavf tug’dirmoqda. birinchi iste’mol qilish bosqichi “yarim giyovandlik” bosqichiga aylanib unda o’smir turli narkotik vositalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol qilgan o’smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. CHunki kerakli narkotik turi tanlangach giyovandning avval ruhiy, so’ngra jismoniy tobeligi boshlanadi.

O’smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smir guruhlar o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular:

-kattalarning g’amxo’rligiga qarshi chiqish

-tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi o’smir xulq-atvor reaksiyalari bilan bog’liq.

O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi:

1. shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari

2. ruhiy va jismoniy og’ishlar

3. uning shaxsiyatiga turli omillar ta’siri:

a) biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan bag’rikenglik, kasallik, charchoq munosabati bilan giyovand moddalar qabul qilish;

b) ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon qilishga intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi;

v) ijtimoiytengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri;

d) ijtimoiymadaniy va submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotning ajralmas bo’lagi deb hisoblashadi;

e) yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor qilmasliklari;

j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi, o’smirlarning g’arb madaniyati bilan qiziqib qolishlari;

z) narkotiklarga yetishish mumkinligi.

YOshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar o’smirlarning giyovand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular qaysi omillarni eng muhim deb hisoblashlariga ko’ra aniqlanadi.

Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.SHichko, E.I.Bextel, A.N.Mayurov, S.N.SHeverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani, A.I.Durandina, Dj.di Djennaro va boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi. Demak, o’quvchilarni informatsion va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish lozim.

Ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb ko’rsatishadi.

Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug’iladi-voyaga yetmaganlarning giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab bo’lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir shaxsga bog’liq.

Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki ashxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.

Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik, ijtimoiypsixologik va jinoiy.

Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko’rsatishning pasayishi, bola organizmining barbod bo’lishi kiradi.

Ijtimoiy psixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb xarakterlasak bo’ladi. Avval unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa qiziqishlari va ehtiyojlari pasayadi, so’ngra umuman yo’q bo’lib ketadi. Giyovand moddaga qiziqish butun hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand tomonidan giyovand moddalarni topishni va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi nuqtai nazardan baholanadi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan ajraladi, o’qishni xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori iste’mol qilinganda yuzaga kelishi mumkin.

Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiypsixologik oqibatlar bilan izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Giyovand o’z qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini tashlashi kerak. CHunki uning vaqti faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi. Ularni doimiy xarid qilishga mablag’ yetishmaganligidan giyovand ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish yo’llarini izlaydi (o’g’irlik, talon-taroj orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z maqsadiga yetishish uchun har nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi.

Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar bo’lgan o’simliklarni yetishtirish, narkotik iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil qilish bilan bog’liq jinoyatlar boshqa guruhga mansubdir.

Giyovand moddalarni iste’mol qiluvchi o’smirlarni aniqlash muayyan qiyinchilik tug’diradi, ularni bevosita davolash bilan tibbiy-narkologik xizmat ko’rsatuvchilar shug’ullanishadi, ijtimoiypedagogning maktabdagi asosiy faoliyati narkomaniya profilaktikasidir.

Milliy va xorij pedagogik adabiyotlarida zararli odatlar profilaktikasi masalalarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yosh avlodning giyovandlikka qarshi tarbiyasi masalasida ikki asosiy tendensiya kuzatiladi: axborot-faoliyat yondoshuvi (milliy adabiyotlarda) va axborot-faoliyat yondoshuvi (xorij amaliyotida).

Axborot-faoliyat yondoshuvi tarbiyalanuvchining o’zini giyovandlikka qarshi faoliyatga jalb qilish orqali giyovandlikka qarshi kurash yuritishni nazarda tutadi (A..N.YAkushev, K.R.Ismagilov).

Informatsion-emotsianal yondoshuvda axborot bilan bir qatorda ijtimoiypsixologik treningga ham katta e’tibor qaratiladi.

Xorij giyovandlikka qarshi tarbiyasida faol metodlarga yetakchi rol topshirilib ularning o’ziga xos xususiyati faoliyat, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilganlikdir. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiypedagog maktab o’quvchilari bilan birgalikda giyovandlikka qarshi dasturni ishlab chiqayotganida faol metodlardan foydalanishi lozim. Bunday zamonaviymetodlarga giyovandlikka qarshi treninglar, o’yinlar kiradi.

Falsafa, sotsiologiya va pedagogikada o’yin shaxs ijtimoiy individligini shakllantirish ususli hisoblanadi. O’yin nazariyachilari bolalar va o’smirlar yoshidagi o’yin hayotga tayyorgarlik usullaridan biri hisoblanishini tan olishgan. Uning faoliyati boshqalar tajribasini o’zida sinab ko’rishning tayyor modeli hisoblanib, shaxsning aqli va xissiyotiga ta’sir qiladi (A.S.Makarenko, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.N.Uznadze va boshqalar).

Uzoq muddatli o’yinlar rolli o’yinlarning maxsus turi hisoblanib, uning asosiy xususiyatlari ommaviylik, muddatining uzunligi, o’yinning real haqiqatlar bilan bog’lanib ketishidir. Uzoq muddatli o’yin darsdan tashqari tadbir sifatida o’tkazilib, giyovandlikka qarshi xulq-atvor, munosabat shakllantirishga qaratilgan. Bu o’yinni o’tkazishda ijtimoiypedagogning vazifasi rollarni tarbiyaviy effekti maksimal ta’minlaydigan qilib taqsimlashdir. Xususan pedagog yoki pedagoglar guruhi o’yinda qatnashishadi, yuqori sinf o’quvchilari pedagoglar va o’smirlar o’rtasida vositachi bo’lishadi.

Ijtimoiypedagog maktab ta’lim tarbiyasining turli yo’nalishlariga moslab o’yinni tashkillashtiradi.

Ona-tili va adabiyoti, tarix, davlat huquq asoslari, kimyo, biologiya darslariga o’quvchilar insho, bayon, diktant yozishadi, giyovandlikka qarshi kurash mavzusida nutq va referatlar bilan chiqish qilishadi.

Sinfdan tashqari faoliyatlarida ular giyovandlikka qarshi qaratilgan devoriy gazetalar, rasmlar tayyorlashadi. SHuningdek, intervyu metodi ham qo’llanilib, u nafaqat giyovand shaxslardan, balki ularning oila a’zolari, qo’shnilaridan ham olinadi. Sinfdan tashqari faoliyatda ijtimoiypedagog o’smirlarga mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi, ijtimoiy, tibbiy-narkologik muassasalar bilan aloqalar o’rnatishga yordam beradi. O’quvchilar militsiya va narkologik statistikani, tumandagi giyovandlik vaziyatni o’rganishadi, bolalar uylariga borishadi.

Barcha to’plangan materiallar pedagog-tashkilotchi qo’llariga to’planadi va uzoq muddatli o’yinni yakunlaydigan teatli sahna ko’o’rinishi uchun ishlatiladi. Uzoq muddatli o’yin o’quvchilarning giyovandlikka qarshi faoliyati bilan ham bog’liq. Unda o’quvchilar mustaqil ravishda giyovandlikka qarshi adabiyotlarni o’rganishadi, referat va dokladlar tayyorlashadi, giyovandlikka qarshi reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy giyovandlik holatini o’rganish bo’yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishadi.


Savollar:

  1. Maktab yoshdagi bolalar bilan ijtimoiy pedagog ish olib borishning xususiyatlari nimadan iborat?

  2. Maktabning ijtimoiy vazifalarini sanab bering?

  3. O’quvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida tengdoshlar jamiyati va bolalar submadaniyatining ahamiyatini ochib bering?

  4. “Tarbiyasi og’ir o’smirlar” ijtimoiy pedagogikasi muammo sifatida?

  5. Maktab va yashash joyida tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishda qayday bosqich va texnologiyalardan foydalaniladi?

  6. “Ichkilikbozlik” tushunchasiga ta’rif bering?

  7. Bolalar ichkibozligining xususiyatlarini ochib ko’rsating?

  8. O’spirin yoshdagi bolalarning ichkilikbozligi sabablari va oqibatlarini tushuntirib bering?

  9. Bolalarda ichkilikka ruju qo’yishni keltirib chiqaruvchi oilaviy xarakterdagi sabablarga nimalar kiradi?

  10. Ijtimoiypedagogning ichkilikbozlikka qarshi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va funksiyalari qaysilar?

  11. Bolalar va o’smirlarning antialkogol reabilitatsiyasi metod va shakllarini sanab o’ting.

  12. “Giyovandlik” tushunchasiga ta’rif bering?

  13. O’smirlar orasida giyovandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy sabablarini alohida ko’rsating.

  14. O’smirlar giyovandligi oqibatlarini sanab bering?



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə