O‘ZBÅÊist



Yüklə 451,11 Kb.
səhifə34/119
tarix20.02.2022
ölçüsü451,11 Kb.
#83955
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119
Birja ishi (1)

Andårraytingning turlari. «Qat’iy majburiyatlar asosidagi» andårrayting. Bunday sharoitda andårraytår aksiyalarning butun nashrini yoki uning bir qismini qat’iy narxlarda joylashtirish bo‘yiñha qat’iy majburiyatlarga ega bo‘ladi. Mazkur holatda, agar nashrning bir qismi sarmoyadorlar tomonidan sotib olinmasa, andårraytårning o‘zi ushbu qismni sotib olishga majbur. Agar bålgilangan narxlar bo‘yiñha birlamñhi joylashtirishning vaqti

ikkilamñhi bozorda kurslarning kåskin pasayishi bilan to‘g‘ri kålsa, u holda andårraytår katta yo‘qotishlarga duñh kålishi mumkin.



«Eng yaxshi harakatlar asosidagi» andårrayting. Bunday vaziyatda andårraytår qimmatli qog‘ozlar nashrining tarqatilmagan qismini sotib olish bo‘yiñha håñh qanaqa majburiyatlarga ega bo‘lmaydi. U faqat joylashtirishga intiladi, låkin agar u buning uddasidan ñhiqmasa, tarqatilmagan qimmatli qog‘ozlar emitåntga qaytariladi, andårraytår esa buning uñhun javobgarlikka ega emas. Joylashtirmaslik xatari emitåntning zimmasiga tushadi. Bunday andårraytår distribyutår dåb nomlanadi.

Invåstitsiya kompaniyalari tomonidan andårraytingning amalga oshirilishini quyidagi asosiy bosqiñhlarga bo‘lish mumkin:

  • qimmatli qog‘ozlarni muomalaga ñhiqarishga tayyorlash, shu jumladan, emitånt va bunga ko‘maklashuvñhi boshqa tashkilot- lar bilan hamkorlikda nashrlarni råjalashtirish, muomalaga ñhiqa- riladigan qimmatli qog‘ozlarni baholash, emitånt hamda nazarda tutilayotgan sarmoyadorlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va h. k.;

  • qimmatli qog‘ozlarni taqsimlash, shu jumladan, emissiya- ning bir qismini yoki butun summasini sotib olish, qimmatli qog‘ozlarni sarmoyadorlarga sotish, mazkur qimmatli qog‘ozni joylashtirish vaqtida uning bozor narxini qo‘llab-quvvatlash;

  • sotilgandan kåyingi davrda qimmatli qog‘ozning kursini ma’lum vaqt mobaynida qo‘llab-quvvatlash (odatda, bir yil);

  • shuningdåk, qimmatli qog‘ozning kurs qiymati o‘zgarishini tahlil va nazorat qilish, unga ta’sir etuvñhi omillarni aniqlash.

Andårraytingni amalga oshirish uñhun invåstitsiya kompaniya- lari emissiya sindikatlariga — qimmatli qog‘ozlar nashrini va uning kafolatli joylashtirilishini tashkil etuvñhi andårraytårlar guruhiga birlashishlari mumkin. Emissiya sindikatlari, odatda, muayyan vaqtga (joylashtirish davriga), xo‘jalik birlashuvi va yuridik shaxs maqomini ro‘yxatdan o‘tkazmagan holda tashkil etiladi. Bozor iqti- sodiyoti rivojlangan mamlakatlarda emissiya sindikatlariga kiruvñhi invåstitsiya kompaniyalarining soni bir nåñha yuztaga yåtishi mumkin.

O‘zbåkiston fond bozorining amaliyotida distribyutårlik shartnomalaridan «Toshkånt» Råspublika tovar-fond birjasi o‘zining 20 mln. rubllik o‘n mingga yaqin aksiyalarining ikkilamchi emissiyasi ñhog‘ida kång foydalandi (1992-y.). Emitånt birja va brokårlik firmasi o‘rgasidagi shartnomaning shartlariga ko‘ra brokårlik firmasi «Toshkånt» Råspublika tovar-fond birjasi aksiyalarining ayrim miqdorini muayyan davr iñhida birjaga sotuvdan kåyin, masalan, har bir aksiya uñhun 12 ming rublni qaytarish majburiyati bilan aholi omonatlari va mablag‘lari hisobidan shakllantirish) huquqiga ega.

Invåstitsiya kompaniyasining ustav fondi eng kam ish haqining 1500 barobaridan kam bo‘lmasligi, bunda yuqori likvidli aktivlari ustav fondining kamida 30 foizini tashkil etishi lozim. Invåstitsiya kompaniyalari iqtisodiy må’yorlari ko‘rsatkiñhi: N1 > 1; N2 > 1.

Xolding kompaniya biznåsning alohida shaxslar yoki mulk egalaridan alohidalashtirilgan tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xolding kompaniya (masalan, aksiyadorlar jamiyati) ishtirok- ñhilari uning majburiyatlari bo‘yiñha javob bårmaydilar va xolding kompaniya faoliyati bilan bog‘liq zarar uñhun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Xolding kompaniya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi korxona hisoblanadi.



Xolding kompaniyaning afzalliklari:

  • xolding kompaniya biznåsni tashkil etishning anñha mukammal shakli bo‘lib, yirikligi va faoliyat doirasining kångligi bilan xaraktårlanadi;

  • xolding kompaniyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiya va obligatsiyalarini sotish orqali ko‘plab uy xo‘jaligi egalarining mablag‘larini jamlash va ishlab ñhiqarishni kångaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo‘ladilar;

  • xolding kompaniya uñhun ñhåklangan javobgarlik xosdir, ya’ni uning mulkdorlari (aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos bo‘lgan miqdorda tavakkalñhilik qiladilar

(kråditorlar xolding kompaniya mulkdorlariga emas, yuridik shaxs sifatida uning o‘ziga da’vo qo‘zg‘atishi mumkin);

  • xolding kompaniya hajmining kattaligi inson råsurslaridan foydalanishda ñhuqur ixtisoslashuvni ta’minlash va ko‘proq samaradorlikka erishishga yo‘l oñhadi;

  • xolding kompaniya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bo‘lgani sababli mulkdorlardan biri yoki bir nåñhtasi aksiyalarini sotish orqali korxonadan ñhiqishi uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsat- maydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega.

Xolding kompaniyaning kamñhiliklari:

  • xolding kompaniyani ta’sis etish va ro‘yxatdan o‘tkazish yakka mulk egaligi yoki hamkorlikka nisbatan anñha murakkab jarayon hisoblanadi;

  • yakka tadbirkorlik va hamkorlikda mulk egalari korxonani boshqarish va qarorlar qabul qilish jarayonida båvosita ishtirok etish va uni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lsalar, xolding kompaniyada mulk egaligi va boshqaruv funksiyalari bir-biridan ajratilgan bo‘ladi, ya’ni aksiyadorlar korxonani boshqarish jarayoniga såzilarli ta’sir ko‘rsatolmaydi;

  • aksiyadorlar va yollanma boshqaruv apparatining man- faatlari har doim ham mos kålmasligi mumkin (masalan, aksiyadorlar foydaning ko‘p qismi dividånd tariqasida taqsimla- nishini yoki kålgusida korxonani rivojlantirish maqsadlarida qayta invåstitsiyalashni xohlasalar, boshqaruv xodimlari korxonaning daromadlari hisobidan lavozim maoshlari hamda turli mukofot- larni oshirishga moyil bo‘ladilar);

  • xolding kompaniya boshqaruvñhilari manfaatlari yo‘lida aksiyadorlar manfaatiga ziyon kåltiradigan qarorlar qabul qilishi ham mumkin va hokazo.

Xolding kompaniyalar ko‘proq yirik biznås uñhun xosdir va ayrim holatlarda ishlovñhi xodimlar soniga ko‘ra, kiñhik tadbirkorlik turiga (masalan, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari) kiritilishi ham mumkin.


Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə