Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
2.3.Pedagogning

Diapazon
(yunon. “diapason” – “barcha (torlar) orqali”) – tovush hajmi 
bo„lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi.
Diksiya
(lot. “diction” – “talaffuz qilish”) – so„zlarning aniq talaffuz 
qilinishi. 
Jest
(gavda, qo„l va oyoq harakatlari) – muayyan hodisa yoki ob‟ektga 
nisbatan munosabatning gavda, qo„l va oyoq harakatlari yordamida ifodalanishi. 
Ijtimoiy kompetentlik
– ijtimoiy munosabatlarda faollik ko„rsatish 
ko„nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub‟ektlar bilan muloqotga 
kirisha olish. 
Individual rivojlanish dasturi
(IRD) – har bir shaxs yoki mutaxassisning 
o„zida ma‟lum sifat, BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish 
ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur. 
Innovatsion kompetentlik
– pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta‟lim 
sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi 
g„oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish. 
Intuitsiya
(lot. “intuition” < “intueri” – “sinchiklab, diqqat bilan qaramoq”) 
– mantiqiy bog„lanmagan yoki mantiqiy xulosaga kelish uchun etarli bo„lmaganda 
qidiruv yo„nalishlari asosida masalani echishning tarkibini bo„lgan evrestik 
(unumli ijodiy fikrlash) jarayoni. 
Informatsion kompetentlik 
– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, 
foydali ma‟lumotlarni izlash, yig„ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, 
o„rinli, samarali foydalanish. 
Kasbiy bilimlarni puxta o„zlashtirish madaniyati
– pedagog tomonidan 
mavjud pedagogik bilimlarni puxta o„zlashtirish yo„lida amaliy harakatlarning 
tashkil etilayotganligini anglatuvchi sifat. 
Kasbiy ziyraklik
– o„quvchilar ruhiy holatlarini, dars, tarbiyaviy tadbirlarni 
o„tkazishga bo„lgan ishtiyoqlarini to„g„ri baholash, ularning o„zaro yoki 
pedagoglar bilan ziddiyatlarini anglash, o„quvchi va guruhga ta‟sir ko„rsatishda 
qulay vaziyatini tanlay bilish. 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə