Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
2.3.Pedagogning

O„qituvchining echimi 
1. Zarifaning onasi tarbiyada bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini 
inobatga olish, tarbiya jarayonida rag„batlantirish tamoyillariga zid ish qildi.
2. SHu kabi vaziyatlar Zarifaning tarbiyasiga salbiy ta‟sir o„tkazadi, asta-
sekin unda qo„rslik, befarqlik, o„z-o„zini past baholash, o„ziga va atrofdagilarga 
ishonmaslik kabi xislatlar shakllanadi. 
3-MIKROKEYS 
Ingliz tili darsida o„qituvchi ta‟lim oluvchilarga: “Bir-biringdan 
ko„chirma!”, “O„zing yoz, birovlarning daftariga qarama!”, “Aqllaring bor -mi 
o„zi, shu oddiy narsani xam yozib berolmaysanlar-a!” singari zaharxanda so„zlar 
bilan bir necha bor qattiq tanbeh berdi.
Boshqa sinfda esa o„qituvchi darsiga yo„l-yo„lakay, albatta, ammo ta‟sirli 
qilib: “Bolalar bir-biringizdan berkitmanglar, bu yaxshi emas, hech kim sizlardan 
ko„chirayotgani yo„q!”, - dedi.
Savollar: 
Ta‟lim jarayonida individual nazorat topshiriqlarini har bir ta‟lim oluvchi 
mustaqil bajarishi lozim.
1. Birinchi o„qituvchining ta‟lim oluvchilarga bu boradagi yondashuvi 
to„g„rimi? Pedagogik talabni shunday tarzda qo„yish qanchalik to„g„ri?
2. Ikkinchi 
o„qituvchi tomonidan pedagogik talab buzilmoqda. 
O„qituvchining xatti-harakatini oqlash mumkinmi?
Tinglovchilarga tavsiya etiladigan material: 
“Pedagogik talab” va uning mohiyatini yoritishga oid materiallar. 
Tinglovchilar uchun ko„rsatmalar: 
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2. Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga 
xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko„proq dahldor 
bo„lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə