O„qituvchining echimi 1. Zarifaning onasi tarbiyada bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini
inobatga olish, tarbiya jarayonida rag„batlantirish tamoyillariga zid ish qildi.
2. SHu kabi vaziyatlar Zarifaning tarbiyasiga salbiy ta‟sir o„tkazadi, asta-
sekin unda qo„rslik, befarqlik, o„z-o„zini past baholash, o„ziga va atrofdagilarga
ishonmaslik kabi xislatlar shakllanadi.
3-MIKROKEYS Ingliz tili darsida o„qituvchi ta‟lim oluvchilarga: “Bir-biringdan
ko„chirma!”, “O„zing yoz, birovlarning daftariga qarama!”, “Aqllaring bor -mi
o„zi, shu oddiy narsani xam yozib berolmaysanlar-a!” singari zaharxanda so„zlar
bilan bir necha bor qattiq tanbeh berdi.
Boshqa sinfda esa o„qituvchi darsiga yo„l-yo„lakay, albatta, ammo ta‟sirli
qilib: “Bolalar bir-biringizdan berkitmanglar, bu yaxshi emas, hech kim sizlardan
ko„chirayotgani yo„q!”, - dedi.
Savollar: Ta‟lim jarayonida individual nazorat topshiriqlarini har bir ta‟lim oluvchi
mustaqil bajarishi lozim.
1. Birinchi o„qituvchining ta‟lim oluvchilarga bu boradagi yondashuvi
to„g„rimi? Pedagogik talabni shunday tarzda qo„yish qanchalik to„g„ri?
2. Ikkinchi
o„qituvchi tomonidan pedagogik talab buzilmoqda.
O„qituvchining xatti-harakatini oqlash mumkinmi?
Tinglovchilarga tavsiya etiladigan material: “Pedagogik talab” va uning mohiyatini yoritishga oid materiallar.
Tinglovchilar uchun ko„rsatmalar:
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2. Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga
xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko„proq dahldor
bo„lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.