Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogik dunyoqarash
– pedagog va ta‟lim oluvchilar o„rtasidagi o„zaro 
munosabatlari jarayonining mazmunini, natijalarini belgilovchi dialektik qarashlar 
va e‟tiqodlar tizimi
Pedagogik ijod
– pedagogning kasbiy jarayonni samarali tashkil etishga 
yo„naltirilgan yaratuvchanlik faoliyati Pedagogik intuitsiya (lot. “intueri” – 
“sinchiklab, diqqat bilan qarash”) – pedagog tomonidan pedagogik voqea-
hodisaning mohiyatini, o„quvchi xatti-harakatlari mazmunini tasavvur, empatiya va 
orttirilgan tajriba asosida his-tuyg„u, sezgi yordamida, ziyraklik bilan mantiqiy 
dalillarsiz bevosita anglash
Pedagogik kreativlik
(lot. “creatio” – “yaratish”) – pedagogning an‟anaviy 
pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta‟lim va tarbiya jarayonini samaradorligi 
ta‟minlashga xizmat qiluvchi yangi g„oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud 


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
71-
 sahifa
 
pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo„lgan tayyorgarligini tavsiflovchi 
qobiliyati 
Pedagogik loyihalash madaniyati
– pedagog tomonidan o„zining ichki 
imkoniyatlari bilan talab, xohish-istaklarni o„zaro uyg„unlashtira olgan holda 
maqsad, vazifalarni to„g„ri belgilay olish, pedagogik jarayonni bosqichlar bo„yicha 
rejalashtirish, rejani amalga oshirishda zarur vositalarni tanlab bilish malakasi 
egalikni tavsiflovchi sifat
Pedagogik madaniyatga egalikni ifodalovchi sifatlar
– o„qituvchida 
kasbiy xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko„nikma, malakalar 
mavjudligini ifodalovchi sifatlar
Pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlari
– o„qituvchining 
mutaxassis sifatida kasbiy madaniyati sifatlarini hosil qiluvchi tarkibiy element 
(unsur)lar (pedagogik loyihalash madaniyati; kasbiy bilimlarni puxta o„zlashtirish 
madaniyati; pedagogik dunyoqarash; fikrlash madaniyati; his etish madaniyati; 
baholash madaniyati; muloqot madaniyati; tashkilotchilik qobiliyati)

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə