Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
69-
 sahifa
 
Kasbiy kompetentlik
– mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga 
oshirish uchun zarur bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalarning egallanishi va 
ularni amalda yuqori darajada qo„llay olinishi. 
Kasbiy-pedagogik burch
– mutaxassis sifatida o„qituvchi tomonidan kasbiy 
faoliyatda ado etilishi majburiy bo„lgan vazifa. 
Kommunikativ 
kompetentlik
– ta‟lim jarayonining barcha ishtirokchilari, 
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo„lish, ularni tinglay bilish, ularga 
ijobiy ta‟sir ko„rsata olish. 
Kompetentlik
(ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy 
bilimlardan samarali foydalanish, yuqoridarajadagi kasbiy malaka, mahorat va 
iqtidorni namoyon eta olish. 
Kreativ kompetentlik
– pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy 
yondoshish, o„zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish. 
Kreativlik
(ingl. “create ” – yaratish, “creative ” – “yaratuvchi”, “ijodkor”) 
– individning yangi g„oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda 
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. 
Maxsus kompetentlik
– kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga 
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini 
real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo„lib, ushbu kompetentlik 
negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ 
kompetentlik ko„zga tashlanadi. 
Mahorat
(arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun 
zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san‟at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni 
yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o„ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan 
ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san‟atkorona 
tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko„nikma va malakalar majmui. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə