Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Mini-ma‟ruzadan so„ng, “Muammoli vaziyat” metodidan foydalaniladi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
2.3.Pedagogning

Mini-ma‟ruzadan so„ng, “Muammoli vaziyat” metodidan foydalaniladi. 
Tinglovchilar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi.
Har bir guruhga o„z ish faoliyatlarida o„quvchilar bilan duch kelingan 
muammoli vaziyatlar va ularni bartaraf etishda ma‟lum bir tarbiya usulidan qay 
ko„rinishda foydalanishganligini tushuntirib berishlari so„raladi. 
“Muammoli vaziyat” metodi – ta‟lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning 
sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo„yicha 
ko„nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. 
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi 
ta‟lim oluvchilarning bilim darajalari va tajribalariga mos kelishi kerak. 
“Muammoli vaziyat” metodi qo„llanilganda ta‟lim oluvchilar mustaqil fikr 


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
56-
 sahifa
 
yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini 
topishni o„rganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodi quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1. Ta‟lim beruvchi tinglovchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va 
shartlari bilan tanishtiradi. 
2. Ta‟lim beruvchi tinglovchilarni 6 ta kichik guruhlarga ajratadi. 
3. Kichik guruhlar berilgan o„z faoliyatlarida duch kelingan biror 
muammoli vaziyatni o„rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini 
aniqlaydilar va berilgan tarbiya usulidan qay tarzda foydalanganliklarini 
tushuntirib, taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so„ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
4. Barcha taqdimotdan so„ng fikrlar jamlanadi. Guruh ta‟lim beruvchi bilan 
birgalikda muammoli vaziyatlarni echishda tarbiya usullaridan foydalanish 
yo„llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. 
Kichik guruhlarga topshiriqlar: 
1-guruhga
topshiriq: “So„z orqali” tarbiya usulidan 3-4 yoshlilar guruhi 
bilan 
bo„ladigan faoliyatingizda qanday muammoni bartaraf etishda 
foydalangansiz?; 
2-guruhga
topshiriq: “Ko„rgazmali” tarbiya usulidan 4-5 yoshlilar guruhi 
bilan 
bo„ladigan faoliyatingizda qanday muammoni bartaraf etishda 
foydalangansiz?; 
3-guruhga
topshiriq: “Amaliy” tarbiya usulidan 5-6 yoshlilar guruhi bilan 
bo„ladigan faoliyatingizda qanday muammoni bartaraf etishda foydalangansiz?; 
4-guruhga
topshiriq: “Namuna bo„lish” tarbiya usulidan 6-7 yoshlilar 
guruhi bilan bo„ladigan faoliyatingizda qanday muammoni bartaraf etishda 
foydalangansiz?; 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə