Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
2.3.Pedagogning

Estetik tarbiya.
Estetik tarbiya ancha keng ma‟noga ega bo„lib, shaxsni 
tabiat va jamiyatdagi go„zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o„rgatadi. 
SHuningdek, estetik faoliyatga, voqelikni go„zallik qonun-qoidalari asosida 
o„zgartirishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi-o„quvchilar 
tanasidagi barcha a‟zolarni sog„lom o„sishini ta‟minlash barobarida ularni aqliy va 
jismoniy 
mehnatga, 
shuningdek, 
Vatan 
mudofaasiga 
tayyorlashdir. 
O„quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik 
boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida jarayoniy 
kamolot diagnostikasi muhim o„rin tutadi. Jismoniy kamolot jismoniy tarbiya 
saviyasi, fan tili bilan aytganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko„rsatgichidir. 
Agar diagnostika o„quvchilarning yoki biror-bir o„quvchining jismoniy va tibbiy 
ko„rsatgichlari pasayib ketayotganligini ko„rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy 
tarbiyadagi mavjud tizimni o„zgartirish kerak.
2-topshiriq.
 Mashg„ulotda “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi. 
“Aqliy hujum” savoli: 
1. Jismoniy tarbiya mashg„uloti jarayonida Siz qanday tarbiya usullaridan 
foydalanasiz? 
Javoblar tinglanadi va muhokama qilinadi. 
Mavzu bo„yicha mini-ma‟ruza o„tkaziladi.
Mini-ma‟ruza matni: 
Tarbiya usullari
 – bu o„quvchilarning ongi, irodasi, tuyg„ulari va xulqiga 
ta‟sir etish usullaridir.
Tarbiya maqsadi va mazmuni usullarni to„g„ri tanlashga imkon beradi. 


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
55-
 sahifa
 
Maqsad qanday bo„lsa, unga erishish usullari unga muvofiq bo„lishi zarur.
Tarbiya usullari bu tarbiyachi va jamoa tomonidan g„oyaviy-axlokiy e‟tikodlar, 
siyosiy bilimlar, xis - tuygu va odatlar, did, faxm -farosat, iymonni tarkib toptirish 
maksadida ko„llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatish usullaridir. 
SHuningdek, tarbiya usullari o„quvchining o„z shaxsini takomillashtirishga, xarakat 
kilishni xam nazarda tutadi.
Tarbiya usullarining quyidagi turlari mavjud: 

so„z orqali; 

ko„rgazmali; 

amaliy; 

namuna bo„lish: 

rag„batlantirish; 

jazolash. 
Bu usullar axlok, odob va tarbiyaning barcha tomonlarini o„zida 
mujassamlashtirgan. Xalk pedagogikasida turli xil tarbiya usullari, vositalaridan 
foydalanilgan. Bu usul va vositalar nixoyatda xilma - xil bo„lib, ko„p tomonlari 
bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik kiladi. CHunki, bu usullar ilmiy 
pedagogikaning shakllanishida xam o„z ta‟sirini o„tkazgan. 
O„quvchilarda o„z-o„zini tarbiyalashni shakllantirish ham muhim 
ahamiyatga ega. O„z-o„zini tarbiyalash - shaxsning o„z psixologik sifatlari, xulqi, 
yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay 
olishidir. 
O„z-o„zini tarbiyalash orqali o„ziga ta‟sir qilishning quyidagi usullari 
mavjud: 

o„z-o„zini ishontirish; 

o„z-o„ziga buyruq berish; 

o„z-o„zini majbur qilish; 

o„z-o„zini rag„batlantirish; 

o„z-o„zini jazolash, o„z-o„zini mashq qildirish. 
YUqorida keltirib o„tilgan asosiy tarbiya usullari ta‟lim-tarbiya jarayonida 
maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo„lib, bir vaziyatni boshqarish
o„quvchilarga pedagogik ta‟sir ko„rsatish va to„g„ri yo„lga yo„naltirish, jismoniy 
mashklar va sportda qiyinchiliklarni engib o„tishga mo„ljallangandir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə